Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FINLYANDIYANING SETCLEANTECH KOMPANIYASI BILAN CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH SOHASIDAGI ILG’OR AVTOMATIK TEXNOLOGIYALARNI VILOYATIMIZDA JORIY ETISHDA HAMKORLIK BO’YICHA MUZOKARALAR O’TKAZILDI

×

 2023-08-15 17:49:47    214

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov chiqindilarni qayta ishlash va chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish texnologiyalari ishlab chiqarishda dunyoning eng old kompaniyalaridan biri bo’lgan Finlyandiyaning SETCleanTech kompaniyasi ijrochi direktori Youni Suomalaynen hamda kompaniyaning hamkori – Italiyaning Giunone Consult & Communications Pte. Ltd kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda SETCleanTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Tyrannosaurus qattiq chiqindilarni avtomatik ajratish va qayta ishlash liniyasini viloyatimizda joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Dunyoning eng ilg’or texnologiyalariga asoslangan ushbu liniya, bugungi kunda ko’plab xorijiy mamlakatlarda 200 dan ziyod chiqindini qayta ishlash korxonasida o’rnatilgan.

Eng ahamiyatlisi, ushbu texnologiya orqali yonmaydigan chiqindilar ajratib olingach, qolgan chiqindilardan asosan tsement zavodlarida foydalanishga mo’ljallangan SRF yoqilg’isi ishlab chiqariladi. Bu esa ushbu zavodlarning yoqilg’i xarajatlarini sezilarli qisqartirishga ko’maklashadi.

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohasida O’zbekistonda «nol chiqindi» (zero waste) tamoyillari joriy etilayotgani, barcha chiqindi poligonlarida chiqindilarni to’liq qayta ishlash yo’lga qo’yilayotgani qayd etilib, bu borada SETCleanTech kompaniyasi bilan hamkorlik muhim bo’lishi qayd etildi.

Ushbu texnologiyalarni SETCleanTech tomonidan mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlikda viloyatimizda joriy etish, bu borada YEvropa va jahon moliyaviy institutlarining kredit mablag’larini jalb etish bo’yicha birgalikda loyiha ishlab chiqish borasida hamkorlikning kelgusi qadamlari borasida kelishib olindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev va viloyat Ekologiya, atrof-muhitni mohofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshlig’i Bahromjon Jumanov ishtirok etdilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram