Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDA XALQARO HUNARMANDCHILIK MUZEYI OCHILDI

×

 2023-09-21 15:39:50    146

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahrida o’z ishini boshlagan Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida yangi tashkil etilgan Xalqaro Hunarmandchilik muzeyining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirda so’z olgan Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiy va Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov jahon hunarmandchiligida mamlakatimizning tutgan o’ziga xos o’rni va so’nggi yillarda yurtimizda bu borada amalga oshirilayotgan ulkan ishlarga to’xtalib o’tdilar.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o’z so’zida Davlatimiz rahbari tomonidan tariximiz, milliy o’zligimiz timsoli bo’lgan, qadimiy va boy an'analarga ega hunarmandchilik sohasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidlab, buning natijasida milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an'analarini saqlashga keng imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etdi.

O’zbek milliy hunarmandchiligi markazi bo’lgan Farg’ona viloyati Marg’ilonning atlas va adraslari, Rishtonning kulolchilik san'ati, Qo’qonning yog’och o’ymakorligi va naqqoshlik maktablari bilan dunyoga mashhur ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, 2019 yilda Qo’qon shahriga va 2022 yilda Marg’ilon shahriga “Jahon hunarmandlari shahri” maqomlari berilganligi Farg’ona viloyatining dunyo hunarmandchilik xaritasida munosib va mustahkam o’ringa ega ekanligining isboti ekanini ta'kidladi.

Xayrullo Bozorov Jahon hunarmandlar kengashi prezidenti Saad al-Qaddumiyga yuzlanib Markaziy Osiyo mintaqasining an'anaviy kulolchilik markazi bo’lgan Rishtonga ham kulolchilik yo’nalishida “Jahon hunarmandlari shahri” maqomini berish taklifini o’rtaga tashladi va bu ijobiy qabul qilindi.

Xalqaro Hunarmandchilik muzeyi jahon xalq amaliy san'atini asrab-avaylash va rivojlantirish, bu bebaho boylikni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, bu yo’ldagi sa'y-harakat va imkoniyatlarimizni birlashtirishda muhim o’rin tutishiga ishonch bildirgan viloyat hokimi, bugungi globallashuv va yuksak texnologiyalar asrida xalq amaliy san'ati davlat va jamiyat tomonidan shunday yuqori e'tibor, Davlat rahbarining alohida g’amxo’rligi bo’lgandagina bugungi kungacha saqlanib qolgan o’ziga xos hunarmandchilik maktablarining an'analarini davom ettirish mumkinligini bildirdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram