Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONAGA 200 MILLION DOLLARDAN ZIYOD SARMOYA KIRITGAN XITOY KOMPANIYASI, VILOYATIMIZDA YANGI INVESTITSION LOYIHALARNI AMALGA OSHIRADI

×

 2023-09-25 21:12:57    266

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanida joylashgan “Farg’ona yasin qurilish mollari” O’zbekiston-Xitoy qo’shma korxonasi rahbarlari Guan Jong Vu hamda Erkin Mahmudovlarni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatiga 200 million dollardan ziyod to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar kiritgan Xitoyning “Shaanxi Xiangsheng Industrial Group Co. Ltd” kompaniyasi tomonidan o’zi hammuassisligidagi “Farg’ona yasin qurilish mollari” korxonasiga chegaradosh hududda qiymati 300 million dollar, quvvati 500 MVtlik quyosh fotoelektrik stantsiyasini qurish loyihasi muhokama qilindi. Shuningdek, Qirguli sport-baliqchilik xo’jaligi sifatida foydalanib kelinayotgan ko’lni zamonaviy turistik xizmatlar bilan boyitilgan, mehmonxonalarni o’z ichiga olgan cho’milish va dam olish zonasiga aylantirish loyihasi ham uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi.

Yirik tsement ishlab chiqarish quvvatlariga ega “Farg’ona yasin qurilish mollari” korxonasi, rejalashtirilayotgan quyosh fotoelektrik stantsiyasida ishlab chiqariladigan energiyasining kamida uchdan bir qismini o’z ehtiyoji uchun ishlatishini ma'lum qilgan korxona rahbarlari, loyihani tez muddatda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Xayrullo Bozorov tungi elektr ta'minotida kamayish bo’lmasligini oldini olish maqsadida bunday loyihalar energiya saqlash batareya stantsiyasini ham o’z ichiga olishi lozimligini qayd etdi va bu borada loyihani qayta ishlangan holda taqdim etilishiga kelishib olindi.

Qirguli hududidagi ko’lni zamonaviy turistik makonga aylantirish loyihasi o’zlari uchun jozibador ekanini va Xitoyda bu yo’nalishda qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirganliklarini bildirgan Guan Jong Vu, Xitoydagi kompaniya direktorlar kengashi bilan kiritiladigan investitsiya hajmini kelishgan holda investitsion taklifni qisqa muddatlarda taqdim etishini ma'lum qildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram