Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 317 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA XITOYNING UXAN SHAHRI O’RTASIDA KO’P TOMONLAMA HAMKORLIK YO’LGA QO’YILADI

×

 2023-11-24 21:30:58    2005

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Uxan shahar Xalq vakillari kengashi raisi Xu Lishan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati hamda Uxan shahri o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, ijtimoiy, turizm, ta'lim sohalarida o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida 12 milliondan ziyod aholi yashovchi va yillik yalpi hududiy mahsuloti hajmi 300 milliard dollardan ziyod bo’lgan, dunyoning 100 ta yetakchi moliyaviy markazlari ro’yxatida muqim o’ringa ega Uxan shahri bilan sanoat, qishloq xo’jaligi, turizm yo’nalishlarida katta salohiyatga ega, qulay geografik joylashuvi bilan mintaqaviy bozorda muhim o’rin tutgan Farg’ona viloyati o’rtasida keng ko’lamli aloqalarni rivojlantirishda katta imkoniyatlar mavjudligi ikki tomonlama qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, tibbiyot jihozlari, elektotexnika, elektromobillar, kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishda ikki hudud tadbirkorlari o’rtasida hamkorlikni tashkil etish, Farg’ona va Uxan shaharlari o’rtasida to’g’ridan to’g’ri aviaqatnovlarni yo’lga qo’yish va turizm sohasida Farg’ona viloyati salohiyatini Uxanda targ’ib qilish, Farg’onada yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va Uxanga eksportini amalga oshirishga mo’ljallangan yirik logistika markazini tashkil etish, 100 ga yaqin oliygoh mavjud bo’lgan ushbu shahar bilan oliy ta'lim sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, “Qo’qon” EIZ hududida tashkil etilayotgan Xitoy sanoat texnoparkida Uxan kompaniyalari loyihalarini ham joylashtirish kabi masalalarda ish tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv davomida muhokama qilingan hamkorlik masalalari bo’yicha birgalikda ish tashkil etishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida Farg’ona shahri hamda Uxan shahri o’rtasida 2024 yilga mo’ljallangan hamkorlik yuzasidan memorandum ham imzolandi. Hujjatni Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov hamda Xu Lishan imzoladilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram