Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK TADBIRKORLAR UCHUN QORAQALPOG’ISTONNING BO’ZATOV TUMANIDA YANGI LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH IMKONIYATI KENGAYMOQDA

×

 2024-02-02 12:56:08    1167

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Bo’zatov tumani hokimi Kamal Allaniyazov ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishga Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy shaharlari, Rishton, Oltiariq, Qo’shtepa, Yozyovon, Farg’ona, Toshloq va Quva tumanlari hokimlarining birinchi o’rinbosarlari hamda investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, viloyat tijorat banklari rahbarlari, tadbirkorlar taklif etildi.

Viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov Hukumatimiz tashabbusi bilan viloyatimizga biriktirilgan Bo’zatov tumanida aholi turmush darajasini oshirish, qishloq xo’jaligi, sanoat, xizmat ko’rsatish yo’nalishlarini rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash borasida Farg’ona viloyati ko’magida amalga oshirilgan ishlarga to’xtaldi, shuningdek, tadbirkorlar uchun tumanda yaratilgan imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish kerakligini ta'kidladi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi shimoliy tumanlari aholisining turmush darajasini oshirish maqsadida ushbu hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, jumladan, qishloq va suv xo’jaligi sohalarida tadbirkorlik sub'ektlarini tashkil etish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish va boshqa masalalarni hal etish uchun O’zbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahrini ushbu hududlarga biriktirish vazifalari belgilab berilgan.

Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida Farg’ona viloyati mutasaddi tashkilotlari, tadbirkorlik sub'ektlari va fermer xo’jaliklari viloyatimizga biriktirilgan Bo’zatov tumanida keng ko’lamli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar viloyat hokimining qarori bilan tashkil etilgan, Bo’zatov tumanida doimiy faoliyat olib borayotgan “Farg’ona-Bo’zatov tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash” direktsiyasi tomonidan muvofiqlashtirilib borilmoqda.

2022-2023 yillarda viloyatimiz hisobidan Bo’zatov hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish investitsiya loyihalari hamda irrigatsiya-melioratsiya va qishloq xo’jaligi tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 63,2 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. Ijtimoiy sohaga 2023 yilda 19 mlrd. so’m mablag’ yo’naltirildi, xususan, 11 mlrd. so’m mablag’ hisobiga 7 ta ijtimoiy ob'ekt qurib bitkazildi, ta'mirlandi.

Viloyatimiz tadbirkorlari tomonidan umumiy qiymati 202 mlrd. so’mdan ortiq bo’lgan 37 ta investitsiya loyihalari, shu jumladan, sanoat yo’nalishidagi 101,8 mlrd.so’mlik 20 ta, qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi 99,7 mlrd.so’mlik 16 ta hamda xizmat ko’rsatish yo’nalishidagi 0,5 mlrd. so’mlik 1 ta loyiha shakllantirilgan bo’lib, 2023 yilda umumiy qiymati 48,8 mlrd. so’m bo’lgan 5 ta loyiha amalga oshirildi.Buning natijasida 200 dan ziyod doimiy ish o’rni yaratildi.

Shuningdek, 19 ta viloyatimiz tadbirkorlik sub'ektlariga Bo’zatov tumani hududida paxta-to’qimachilik, bog’dorchilik va poliz mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish maqsadida tuman hokimligining bo’sh turgan zaxira yer fondidan jami 7 ming 553 gektar yer maydoni auktsion orqali ijara huquqi asosida ajratildi. Bundan 1 ming 701 gektar yer maydoni o’zlashtirilib, qayta foydalanishga kiritildi, qolgan qismini o’zlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Bu jarayonda 168 km. uzunlikdagi ariq va zovurlar tozalanib, 65 dona gidrotexnik inshootlar ta'mirlandi hamda 4 dona suv nasosi o’rnatilib, 2 km. elektr tarmog’i tortildi.

Tadbirda so’z olgan Bo’zatov tumani hokimi Kamal Allaniyazov tumanning ijtimoiy-iqtisodiy holati, bo’sh turgan davlat bino-inshootlar, foydalanilmay kelayotgan yer maydonlari, qishloq xo’jaligi tarmoqlari, mavjud zaxiralardan samarali foydalanish hamda yangi tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish bo’yicha yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar haqida ma'lumot berdi. Tadbirkorlarni yangi investitsiya loyihalari takliflari asosida hamkorlikda ish tashkil qilishni taklif qildi.

Yig’ilish davomida ushbu imkoniyat va imtiyozlar haqida shahar va tumanlardagi tadbirkorlarga ham keng doirada yetkazish bo’yicha ko’rsatmalar berildi. Kelgusi hafta yangi tadbirkorlik loyihalarini joylashtirish istagida bo’lgan tadbirkorlar ishtirokida Bo’zatuv tumaniga tashrifni tashkillashga kelishib olindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram