Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BAG’DOD TUMANIDA YANGI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI HAMDA 330 O’RINLI MAKTAB BINOLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-02-02 20:59:21    1016

PDF yuklash
Chop etish


Bag’dod tumani markazidan 15 km. uzoqlikda joylashgan Navbahor qishlog’ida yangi 120 o’rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi. E'tiborlisi, Smeta bahosi 5,5 mlrd. so’mga baholangan ushbu muassasa investitsion dasturlarsiz, qishloq aholisining hamjihatligi, tashabbuskorligi, tadbirkorlarning homiyligi hamda tuman rahbarlarining qo’llab-quvvatlashi, hudud joylashgan sektor rahbari – tuman prokurori Akmaljon Hasanovning say'-harakatlari natijasida hashar yo’li bilan bunyod etildi.

Ochilish marosimida ishtirok etgan Prezident maslahatchisi Shuhrat G’aniyev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, aholining birdamligi, hamjihatligi asosida mana shunday ko’plab xayrli ishlarni amalga oshirish mumkinligiga e'tibor qaratdilar.

Shuningdek, bugun tumanning Irg’oli qishlog’ida 330 o’rinli yangi, 62-maktab binosi ham tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

“Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida ajratilgan 900 mln. so’m mablag’ hisobiga maktab binosi qurib bitkazildi. Viloyat hokimi tomonidan viloyat mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismidan ajratilgan 1,5 mlrd. so’m mablag’ hisobiga maktabga 9mx18m hajmdagi zamonaviy sport zali ham qurib berildi. Maktab uchun tuman mahalliy byudjetining orttirib bajarilgan qismidan ham 360 mln. so’m mablag’ yo’naltirildi.

Avvallari qishloq yoshlari shu hududdagi 30-maktabning filialida boshlang’ich ta'limni olishgach, yuqori sinflarda o’qish uchun har kuni 2-3 km. piyoda yo’l bosib, qo’shni qishloqdagi maktabga qatnashgan. Bu esa ular va ota-onalar uchun noqulayliklar tug’dirar edi. Shuning uchun ham yangi binoning ish boshlashi qishloq ahlini sevintirdi.

Prezident maslahatchisi Shuhrat G’aniyev va viloyat hokimi Xayrullo Bozorov maktab binosini va sinfxonalarni ko’zdan kechirdilar, o’quvchilar va maktab jamoasi bilan suhbatlashdilar.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram