Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 117 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYA, SINGAPUR VA MALAYZIYA KOMPANIYALARI VILOYATIMIZDA ISTIQBOLLI LOYIHALARGA INVESTITSIYA KIRITISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-02-21 14:51:34    2782

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yaponiya, Singapur va Malayziyadan tashrif buyurgan tadbirkorlar delegatsiyalarini qabul qildi.

Uchrashuvda ushbu yurt vakillari tomonidan viloyatimizda turizm, ta'lim, qurilish, qishloq xo’jaligi va axborot texnologiyalari sohasi kabi qator tarmoqlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalar hamda hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi.

Yuzma-yuz muloqotda Farg’ona viloyatiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirayotganligini qayd etgan bu yurt vakillari 10 yillik loyiha takliflari bilan kelishganini qayd etishdi.

Xususan, uchrashuvda turizmni rivojlantirish, ta'lim yo’nalishida o’quv markazlari tashkil etish, axborot texnologiyalari sohasida hayotga tatbiq etilishi rejalashtirilayotgan loyiha takliflari ko’rib chiqildi. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, ichimlik suvini qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etish, paxtadan tayyor materiallar tayyorlash, palma yog’ini tozalovchi zavod qurish singari loyihalarni amalga oshirish bo’yicha takliflar aytib o’tildi.

Muloqotda uch davlat sarmoyadorlari birgalikda Farg’onada xorijiy korxona sifatida ro’yxatdan o’tganligini ma'lum qilib, amaliy jarayonlarga kirishilganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar.

Yuksak ishonch bildirib, investitsiya kiritayotganligi uchun minnatdorlik bildirgan viloyat hokimi, har bir loyiha muhim ekanligini qayd etdi va ushbu takliflar ikki tomon uchun ham birdek manfaatli ekanligini bildirdi.

Samimiy suhbatda ilgari surilgan tadbirkorlik tashabbuslari ijrosini ta'minlash maqsadida ishchi guruh tuzish, amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifalarni belgilab olish hamda bu borada ishlab chiqiladigan “Yo’l xaritasi” asosida ish tashkil etishga kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram