Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV DANG’ARA TUMANIDAGI YANGI LOYIHALAR, AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASH BO’YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-02-23 00:01:27    909

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Dang’ara tumanida bo’lib, yangi loyihalar, aholi bandligini ta'minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Dastlab Uvaysiy MFY hududida joylashgan “NIKA” xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan xalq iste'moli uchun uy-ro’zg’or buyumlari, maishiy texnikalar, avtomobil ehtiyot qismlari (plastik detallari) ishlab chiqarilayotgan korxona faoliyati ko’zdan kechirildi.

1,7 gektar maydonda tashkil etilgan korxonaning birinchi bosqichi uchun 10 mln. dollar mablag’ sarflandi. Korxonada uy-ro’zg’or buyumlari, maishiy texnikalar, avtomobil ehtiyot qismlari (plastik detallari) tayyorlanib, ichki bozorga talab asosida yetkazib berilmoqda. Hozirda korxonada 100 ga yaqin ish o’rni yaratilgan.

Korxona rahbari Muhammadjon Abdullayev viloyat hokimiga korxona faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishtirib, kelgusidagi rejalari xususida ma'lumotlar berdi. Korxonaning keyingi bosqichlarida forfor chinni buyumlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Tadbirkor tomonidan korxona hududida chorva hayvonlari ham parvarish qilinib, ishchilar go’sht, sut, qatiq mahsulotlari bilan ta'minlanmoqda.

Viloyat rahbari tadbirkor ishlarini yuqori baholab, ish o’rinlarini yanada ko’paytirib, jahon bozorlariga kirib borish kerakligini ta'kidladi. Kerakli ko’mak berilishi qayd etildi.

Navbatdagi manzilda “Real gold forvard” MChJ tomonidan amalga oshirilgan plastmassadan uy-ro’zg’or va qishloq xo’jaligida ishlatiladigan buyumlar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi.

Kamolxon Umarov rahbarligidagi ushbu korxonada 240 dan ziyod mahalliy aholi band qilingan. 60 ga yaqin ishchilar kasanachilik asosida faoliyat olib bormoqda. Mahsulotlar MDH davlatlariga eksport qilinmoqda.

Tadbirkor mahsulotlarni shourum qilish uchun joy so’rab murojaat qildi. Ushbu murojaat ko’rib chiqilib, ijobiy hal etilishi ma'lum qilindi. 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram