Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDAGI “SULAYMON” MAHALLASI “OBOD XONADON - OBOD KO’CHA - OBOD MAHALLA” MEZONLARI BO’YICHA VILOYATDA NAMUNA BO’LADI

×

 2024-03-30 21:11:27    6016

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan O’zbekiston tumanidagi “Obod xonadon - obod ko’cha - obod mahalla” mezonlari hayotga tatbiq etilgan “Sulaymon” mahallasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Qisqa davr mobaynida “Sulaymon” mahallasida ushbu mezonlar asosida turli ijtimoiy muammolarni hal qilish, ishsizlik va kambag’allikni qisqartirish, mahallani tadbirkorlik markazlariga aylantirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirildi.

Mahalladagi 638 ta xonadonda 3 ming nafardan ziyod aholi vakillari istiqomat qiladi. Umumiy hisobda 428 ta xonadonlar ta'mirlandi. 3 ta oilaga yangi uy qurib berildi. Mahalladagi 13 ta ko’chalarda 1,5 km yo’l shag’allashtirilib, 650 metr piyodalar yo’lagi barpo etildi, 5,3 km uzunlikdagi yangi elektr tarmog’i SIP kabellar tortildi, 2 ta yangi transformator o’rnatilib, 1 tasi ta'mirlandi, 295 ta temir-beton ustunlar o’rnatildi, 4 ta gaz taqsimlash punkti ta'mirlanib, 6,6 km gaz tarmog’i ta'mirlandi. 2,6 km uzunlikdagi yangi ichimlik suvi tarmog’i tortildi, 1 ta ichimlik suvi qudug’i qazildi, 2 km uzunlikdagi ariqlar betonlandi.

Bundan tashqari, mahallaning kirish joyiga yangi peshlavha qurildi va video kuzatuv moslamalari o’rnatildi. Maxalladagi bo’sh turgan eski bino o’rnida yangidan “Nuroniylar maskani, mahalla guzari” qurildi. 53-maktab joriy ta'mirlanib, yangi sport maydonchasi qad rostladi. Mahallada kitobxonlikni oshirish maqsadida bo’sh turgan maydonga yangi va zamonaviy “Book kafe” barpo etildi. Mahalla markazida joylashgan eski bino kapital ta'mirlanib, Jamoatchilik va nuroniylar maskaniga aylantirildi. Ushbu binoda aholiga hizmat ko’rsatish uchun tibbiyot va ijtimoiy markaz xonalari tashkil etildi. Mahalladagi bog’cha yoshidagi bolalarni tarbiyalanishlari uchun 50 nafar bolajonlarga mo’ljallangan 1 ta oilaviy uy bog’chasi tashkil etildi. Sportni keng targ’ib etish bo’yicha “Workaut” sport maydonchasi va mini stadion qurildi. Mahalladagi qabriston obodonlashtirilib, 200 metr yangi devor qurish ishlari bajarildi.

Viloyat rahbarlari mahalladagi amalga oshirilgan shu kabi ishlar bilan yaqindan tanishib, yangi ijtimoiy ob'ektlarning ochilish marosimlarida ham ishtirok etdilar.

Obodlikka yuz tutgan mahalladagi yangi bino-inshoatlarning foydalanishga topshirish marosimlari katta tantana va bayram sayllariga ulanib ketdi.

Mahalla o’yingohiga yig’ilgan minglab tuman ahli va sulaymonliklar obodlik tadbirlari ro’yobini katta shodiyona va ko’tarinkilik bilan nishonladilar. Arzonlashtirilgan qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi, tumanning har tomonlama salohiyat va imkoniyatlarini aks ettiruvchi ko’rgazmalar, sport musobaqalari xamda milliy o’yinlar, badiiy va folklor jamoalarining milliy kuy-qo’shiqlari, marosim va qadriyatlar aks etgan dasturlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tadbir avvalida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Sulaymon” mahallasi fuqarolari, tadbir ishtirokchilarini bahor ayyomlari hamda yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Prezidentimiz boshchiliklarida barcha sohalarda keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi, yagona maqsad "Inson qadri uchun" tamoyili asosida qilinayotgan ishlarning pirovard natijasi bugun har bir xonadonda to’kinlik, farovonlik bo’lishi, aholi o’zining yashash turmush darajasidan rozi bo’lishi uchun qilinayotganligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan "Obod xonadon - obod ko’cha - obod mahalla" yangi harakati boshlangani, obodlik eng avvalo qalblardan boshlanishi, har bir xonadonda obodonchilik boshlanib, ko’chalar, mahallalar obod bo’lsa, yurt obod bo’lishi, qayerda obodlik bo’lsa, o’sha yerda baraka bo’lishi ta'kidlandi.

Ushbu harakatni misoli sifatida “Sulaymon” mahallasida qilingan ishlarni ko’rib, xursand bo’linganligini qayd etgan viloyat hokimi, tuman sektor rahbarlari tashkilotchilikka ko’maklashgan bo’lsa, mahalla ahli, tadbirkorlarning birdamligi, ahilligi, tashabbusi bilan mana shunday ishlar amalga oshirilgani mamnuniyat bilan e'tirof etildi.

Qilingan ishlar, sa'y-harakatlar e'tirof etilib, barcha “Sulaymon” mahalla ahli va tashkilotchilarga minnatdorlik bildirildi. “Sulaymon” mahallasi nafaqat Farg’onada balki butun respublikada namunaga aylanishligiga ishonch bildirildi.

Shu kuni mahallani ana shunday ko’rkam va obod ko’rinishga kelishida munosib hissa qo’shgan jonkuyarlar, turli tanlovlar g’olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi. “Yoshlar daftari”dagi sulaymonlik bir guruh yigit-qizlar bandligini ta'minlash uchun zaruriy mehnat anjomlari subsidiya asosida bepul taqdim etildi.  

Elimiz ardog’idagi san'atkorlar tomonidan namoyish etilgan katta kontsert dasturi esa qatnashchilarga olam-olam zavq ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram