Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BU YILGI XALQARO CITY RUN YUGURISH MUSOBAQASI QO’QON SHAHRIDA BO’LIB O’TDI

×

 2024-05-05 16:21:14    4513

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’qon shahrida xalqaro City Run yugurish musobaqasi o’tkazildi. Qo’qon shahridagi O’rda maydonida start olgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, barcha tadbir ishtirokchilarini, sportchilarni ko’hna va navqiron, qadimiy shaharga tashriflari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Xalqimizning sog’lom turmush tarziga keng targ’ib qilishga katta hissa qo’shgan City run nomi bilan o’tkazilayotgan sport tadbiri juda katta ijtimoiy ahamiyatga egaligi, xalqimizga sportni targ’ib qilish, sog’lom turmush tarzi qanday deyilganda, har bir kishi o’zi amalda bajarib, namuna bo’lib ko’rsatishi kerakligi qayd etildi.

Ushbu yugurish musobaqasi ham barcha yurtdoshlarimiz uchun sog’lom turmush tarzini targ’iboti uchun katta hissa qo’shadigan tadbir bo’lishiga ishonch bildirildi.

Bugungi tadbirda professionallar bilan birgalikda havaskorlar shuningdek, oilaviy yugurishga chiqqan yurtdoshlarimiz ham ishtirok etishdi. Yugurish musobaqasiga 10 ta davlat, 55 ta shahardan 1400 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi.

Musobaqaning asosiy g’oyasi - eng yaxshi natijalarni ko’rsatish orqali o’z shahrini mashhur qilish, barcha havaskor va professional yuguruvchilarni noyob yangi shaharda birlashtirishdan iborat.

Yugurish dasturida ishtirokchilar 1, 5 hamda 10 km masofalarga yugurgan holda bellashdilar. Finish chizig’iga yetib kelgan har bir ishtirokchi qarsaklar va sovg’alar bilan kutib olindi.

Sport musobaqasi katta kontsert dasturi bilan davom etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram