Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XOTIRA VA QADRLASH KUNI ARAFASIDA VILOYATIMIZDAGI IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARINING HOLIDAN XABAR OLINIB, ULARGA PREZIDENT TABRIGI VA SOVG’ALARI TOPSHIRILMOQDA

×

 2024-05-08 15:53:00    4579

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining joriy yil 7 maydagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi Farmoni asosida viloyatimizda ham 11 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar olinib, ularga Prezidentimizning bayram tabrigi, 20 million so’mdan pul mukofotlari, sovg’alar topshirilmoqda.

Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, general-mayor Oybek Saidov, viloyat Mudofaa va Xavfsizlik tizimlari rahbarlari, viloyat sektorlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari birgalikda Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g’alabaning 79 yilligi munosabati bilan Farg’ona shahrida yashovchi Tatyana Usmanova, Farg’ona tumanida yashovchi Tursunbek ota Isanbekov hamda Toshloq tumanida yashovchi Odiljon ota Zokirov xonadonlarida bo’lishib, faxriylarni va ularning oila a'zolarini bayram bilan tabrikladilar, Davlatimiz rahbarining tabrigi o’qib eshittirilib, pul mukofotlari, sovg’alar topshirildi.

102 yoshni qarshilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Tatyana Usmanova viloyat rahbarlarini ochiq chehra bilan kutib oldi. Onaxon ko’rsatilayotgan e'tibordan mamnun ekanini qayta-qayta ta'kidladi.

Tursunbek ota Isanbekov Xonqiz qishlog’ida yashaydi. Bu yil 98 yoshni qarshi oldi. Hozirda farzandlari, nabiralari ardog’ida umrguzaronlik qilmoqda. 

Odiljon ota Zokirov 101 yoshni qarshiladi. Turmush o’rtog’i bilan 4 o’g’il va 6 qizni voyaga yetkazib, ularni jamiyatga manfaat keltiradigan inson sifatida tarbiyaladilar. Hozirda 200 dan ortiq nabira, chevara va evaralarning duogo’yi bo’lib, doim ardoqda.

Viloyat rahbarlari bilan suhbat davomida faxriylar urush xotiralari, o’tgan davrlarning qiyinchiliklari, hayot tajribalari haqida so’zlab berdilar, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish kerakligini takror takror ta'kidladilar, Prezidentimiz tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ko’rsatilayotgan doimiy g’amxo’rlik uchun minnatdorchilik izhor qildilar.

Mustaqilligimiz, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik bardavom bo’lishini, oilalarda baraka, xalqimiz farovonligini so’rab duolar qilindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram