Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Farg'ona Filiali

 2017-04-17 15:35:34    5651

PDF yuklash
Chop etish


O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ - 91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligining 2005 yil 14 iyun 130-son "Oliy ta'lim muassasalari filiallari to`g`risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to`g`risida"gi buyrug`i hamda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Farg`ona shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.

Filialda jami 85 ta professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatib, shundan: 22 nafar fan nomzodi hamda 63 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo`lmagan pedagoglar faoliyat ko`rsatadilar. O`qituvchilar safida kafedra professorlari: dotsentlar D.Halilov, N.Usmonov va boshqalarning nomlarini alohida hurmatga sazovor bo`lib, talabalarga chuqur bilim beradilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bakalavrlar tayyorlaydi:

·         Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi)

·         AKT sohasida kasb ta’limi

·         Telekommunikatsiya texnologiyalari

·         Xizmat ko'rsatish texnikasi va texnologiyasi (elektron va kompyuter texnikasi)

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha magistrlar tayyorlaydi:

·         Kompyuter injiniringi (“Kompyuter injiniringi tizimlarini loyihalash”)

·         Kasb ta’limi (axborot va multimedia texnologiyalari bo'yicha)

Ilmiy - tadqiqot ishlari

Filialda 2010-2017 yillarga mo`ljalllangan ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash rejasi ishlab chiqilgan. Mazkur reja asosida ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari natijasi sifatida professor-o`qituvchilar tomonidan 25 ta elektron ishlanma, 29 ta elektron darslik, 40 lan ziyod taqdimot, virtual laboratoriya uchun 15 ta stend tayyorlangan. Bundan tashqari, 4 ta O`zbekiston Davlat patenti olindi, 2 ta ilmiy monografiya yozildi, 190 dan ziyod ilmiy maqolalar va maqola tezislari e'lon qilindi. Maqolalarning ko’pchiligi xorijiy davlatlar ilmiy nashrlarida chop etilgan.

Bituruvchilar ish faoliyati

Filialda 2012-2013 o`quv yili yakunlanishi bilan 279 nafar bitiruvchilarga hayotga yo`llanma berildi. Ular mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xalq ta'limi, oliy ta'lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, bank va moliya tuzilmalarida faoliyat yuritadilar.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg`ona filiali murojaat ma'lumotlari:

Direktor:Texnika fanlari nomzodi, Mirzakarimov Baxtiyor Abdusalomovich

Manzil: Farg'ona shahar, 150118, Mustaqillik ko'chasi, 185-uy

Telefon: 8 (373) - 226-82-09

Faks: 8 (373) - 226-82-09

Veb sahifa manzili: www.tatuff.uz

E-mail: info@tatuff.uz