Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Marg’ilon shahrida o’tkaziladigan “Atlas bayrami” to’rtinchi festivalining ochilish marosimidagi tabrik so’zi

 2018-09-17 14:30:54    682

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, aziz mehmonlar!

Hurmatli yurtdoshlar! Xonimlar va janoblar!

 

Avvalambor, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan qadimiy va hamisha navqiron Marg’ilon shahriga xush kelibsiz, deyishga ijozat bergaysiz!

Barchamizga  yaxshi ma’lumki, har qanday millatning kelajagi uning tarixi va madaniy merosining qanchalik boy ekaniga qarab baho beriladi, xalq esa o’z qadriyat va an’analariga bo’lgan yuksak hurmati, e’tibori bilan ulug’lanadi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ham xalqimizning madaniy tarixini o’rganish, milliy qadriyat va an’analarimizni saqlash va kelajak avlodga etkazish masalalariga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilgan.

Va natijada milliy hunarmandchilikni rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda ham keng targ’ib qilish, usta hunarmandlar bilan tajriba almashish, mamlakatda turizmni rivojlantirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

 

Ta’kidlab o’tish joizki, atlas to’qish san’ati tarixi miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi va bu mustaqilligimizning keyingi davrlarida jadal rivojlandi.

2017 yil dekabr oyida Marg’ilon hunarmandlikni rivojlantirish markazi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosini saqlab qolish ilg’or tajribasi ro’yxatining “Atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyasini an’anaviy saqlab qolish” nominatsiyasiga kiritildi. Bunda albatta, Marg’ilonda o’tkazilayotgan “Atlas bayrami”ning ham o’rni beqiyos.

Hurmatli festival ishtirokchilari!

Bugun butun dunyoda bo’lgani kabi bizda ham qo’lda ishlanadigan yuksak badiiy buyumlarni tayyorlashning asriy an’analarini va o’ziga xos turlarini qayta tiklashga bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Ayniqsa, oilaviy korxona shaklidagi xalq amaliy san’ati buyumlari ishlab chiqaruvchi sub’ektlarga qator imtiyozlar joriy etildi.

Natijada, yildan-yilga o’zbek amaliy san’ati va milliy hunarmandchiligi namunalari ko’plab Xalqaro ko’rgazmalardan joy olmoqda, “Ustoz-shogird” maktabi vakillari esa Sharq xalqlarining barcha darajadagi qiziquvchilari e’tiborini tortib, ko’pchilikda havas uyg’otmoqda.

 

Mustaqillik yillarida aynan farg’onalik 3 nafar milliy hunarmandlarimiz “O’zbekiston Respublikasi Xalq ustasi” unvoniga sazovor bo’lishdi. Shuningdek, 20 dan ortiq xalq amaliy san’atining qo’li gul vakillari bir qator davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Ayniqsa, milliy hunarmandchilikning ustozoda vakili Abdug’ani Abdullaevga davlatimizning eng yuksak mukofoti – “O’zbekiston Qahramoni” unvoni berilishi soha vakillari qatori barchaga juda katta faxr-iftixor bag’ishladi.

Shuningdek, buyuk ustalarning bugungi munosib shogirdlari YuNESKO tomonidan tashkillanadigan qator nufuzli Xalqaro ko’rgazma va tanlovlarda eng yuqori baholarga loyiq topilayotgani, rag’batlantirilayotgani yurtimizda milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’atining kelajagi ishonchli qo’llarda ekanidan dalolat beradi.

Erishilgan yutug’lar zamirida esa bugungi tinch-osuda hayotimizga shukronalik va ertangi kunga bo’lgan ishonch yotibdi. Buning isbotini bugungi “Atlas bayrami” – Milliy matolar to’rtinchi festivalining yuksak saviyada o’tkazilayottanligida ham ko’rishimiz mumkin.

Bu yilgi festivalimizda ossiya, Xitoy, Ispaniya, Frantsiya, Mongoliya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning ustalari, rassomlari, soha mutaxassislari ishtirok etayotgani bizga mamnuniyat bag’ishlamoqda.

Festival kunlarida qadimiy Marg’ilon shahri atlasu adrasga burkanib, yanada navqiron malika-shaharga aylanganini, O’zbek an’anaviy matolari dunyoning turli qit’alari matolari qatorida yanada maftunkorlik kasb etib, millatlar o’rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga ma’naviy xizmat qilayotganini, men qatori, shu erda yig’ilgan xorijlik aziz mehmonlarimiz ham tasavvur etishyapti, deb o’ylayman.

Bu yil birinchi marta Buyuk ipak yo’li an’anaviy to’qimachiligi mavzusida ekspertlar kengashi, “Buyuk ipak yo’lidagi Sharq va G’arb ta’siri: Xanchjou, Marg’ilon, Valensiya“ mavzusidagi xalqaro ilmiy konferentsiya o’tkazilayotganligi festivalga ko’tarinkilik bag’ishlaydi, shubhasiz. Ayniqsa, malakali mutaxassislar tomonidan mahorat saboqlari, to’qimachilik ko’rgazmalari tashkil etilishi Yosh hunarmandlar uchun unutilmas saboqlar beradi. Shuningdek, “Hunarmandlar shaharchasi“ deb nomlangan amaliy san’at buyumlari yarmarkasi, O’zbekiston modelerlari shou-defilesi, kontsertlar, kurash musobaqasi, dorbozlar tomoshasi, qo’g’irchoq teatrlari chiqishlari ham barcha tadbir ishtirokchilariga olam-olam taassurotlar qoldiradi.

Aziz mehmonlar, xonimlar va janoblar!

Dunyodagi eng obro’li va ma’rifatparvar xalqaro tashkilotlardan biri hisoblangan YuNESKO tashkilotining vakilligi ishtirokida o’tkazilayotgan to’rtinchi festival o’z dasturiga ko’ra, xorijiy va mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari namoyishi, mavzular bo’yicha o’quv-amaliy mashg’ulotlar, mutaxassislar ishtirokidagi davra suhbatlari, ko’rgazmalar va dizanerlik ishlari namoyishi bilan ahamiyatlidir.

Fursatdan foydalanib, mazkur festival tashkilotchilari va hamkorlariga, YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga, Respublika “Hunarmand” uyushmasiga, shuningdek barcha mahalliy va xorijiy hunarmand ustalarimizga, ishtirokchilarga viloyat hokimligining minnatdorligini bildirmoqchiman hamda festival ishiga omad tilayman.

E’tiboringiz uchun rahmat!

21.23 KB