Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 68 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyati hokimi Sh.M.G’anievning 2018 yil 11-15 sentyabr kunlari Marg’ilon shahrida to’rtinchi marotaba bo’lib o’tgan an’anaviy “Atlas bayrami”ning tantanali yopilish marosimidagi SO’ZI

 2018-09-17 14:34:09    534

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum, bayram tadbiri qatnashchilari!

Xonimlar va janoblar!

Hurmatli mehmonlar!

 

       Ko’hna va hamisha navqiron Marg’ilon shahrida bu yil to’rtinchi marotaba o’tkazilgan “Atlas bayrami” festivali milliy qadriyat va an’analarimiz, xalqimizning eng ezgu fazilatlarini dunyoga tarannum etish, yurtimizda sayyohlikni rivojlantirish, hunarmandchilik sohasida zamonaviy bilim va tajribani yuksaltirishda beqiyos hissa bo’lib qo’shilgani bilan ahamiyatlidir.

       Shu bois mazkur festivalni tashkil etishda hamisha faollik va fidoyilik ko’rsatadigan YuNESKOning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, janob Dandev Badarchga, tashkilotning tinchlik yo’lida elchisi, bangladeshlik dizayner Bibi Rassel xonimga chin qalbimizdan minnatdorchiligimizni bildiramiz.

       O’z navbatida YuNESKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, O’zbekistonning YuNESKO ishlari bo’yicha Milliy Komissiyasi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi, respublika “Hunarmand” uyushmasi va barcha-barcha hamkor tashkilotlarimiz rahbarlariga kattadan-katta rahmatlar aytamiz.

       Quvonarlisi, yildan yilga ushbu festivalning geografik chegaralari ham kengayib bormoqda. Bu yilgi festivalda Xitoy, Ispaniya, Rossiya, Frantsiya, Mongoliya, Qozog’iston, Tojikiston singari mamlakatlarning usta hunarmandlari, sayyoh va dizaynerlari qatnashib, yangi innovatsion g’oyalar, mintaqalarning rang-barang an’ana va uslublari bo’yicha o’zaro tajriba almashish imkoniyati yaratildi. Bu esa festivalning jahon miqyosidagi nufuzi har tomonlama tobora yuksalib borayotganidan dalolatdir.  

       Festivalda bu yil ilk marotaba xorijiy mutaxassislar ishtirokida “Buyuk ipak yo’lida Sharq va G’arb madaniyatining o’zaro ta’siri: Xanchjou, Marg’ilon, Valensiya” mavzusida ilmiy konferentsiya tashkil etildi. Shu bilan birga “Buyuk ipak yo’li bo’ylab YuNESKOning interaktiv atlasi” loyihasi doirasida an’naviy to’qimachilik mavzusida ekspertlar kengashi bo’lib o’tdi.

       Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tashabbusi bilan bunyod etilgan muhtasham Ijodkorlar bog’ida yurtimizning barcha hududlaridan kelgan yosh hunarmandlarga an’anaviy kashtado’zlik, tabiiy bo’yash, liboslar dizayni, kigiz to’qimachiligi, hunarmandchilik sohasida moliyaviy savodxonlik, tadbirkorlik bo’yicha amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.

       Ishonamizki, festival doirasida o’tkazilgan osh sayli, dorbozlik va an’anaviy kurash tomoshalari, qo’g’irchoq teatri chiqishlari, askiya va kontsert dasturlari, modalar namoyishi hamyurtlarimiz hamda xorijlik mehmonlarga olam-olam quvonch, unutilmas taassurotlar tuhfa etdi. Bu esa, o’z navbatida, xalqimizning o’ziga xos turmush tarzi, asrlar mobaynida sayqallanib kelayotgan qadriyatlari, yuksak ma’naviyati va tafakkurini to’liq namoyon etish orqali mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.



Hurmatli mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

       Dunyoda globallashuv jarayonlari tobora chuqurlashib borayotgan bugungi kunda bu kabi festivallar milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o’zaro uyg’unligini ta’minlab, jahon hamjamiyati o’rtasida tinchlik, do’stlik, qardoshlik, ezgu maqsadlar yo’lida o’zaro ahillik va hamjihatlik tuyg’ularini tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Ishonchimiz komilki, vodiy durdonasi bo’lgan Marg’ilon shahri mezbonligida o’tkaziladigan “Atlas bayrami” festivali bundan buyon ham ana shu singari ezgu maqsadlarni ro’yobga chiqarishda barchamizning eng sevimli bayramlarimizdan biri bo’lib qolaveradi.


E’tiborlaring uchun rahmat!

17.25 KB