Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Germaniya investitsiyasi – Farg‘onaga!

 2018-09-17 17:47:05    384

PDF yuklash
Chop etish


Aka-uka tog‘ injenerlari – Karl va Alfons dunyo sanoat tarixida qurilish materiallari ishlab chiqarib, mashhur bo‘lishgan. Endi bu oilaviy firmani ularning o‘g‘illari Nikolas va Baldvinlar boshqarmoqdalar. Dunyoning 35 dan ortiq mamlakatida 120 dan ziyod zavodlariga ega bu yirik kompaniya ishlab chiqarishdagi yangi texnologiyalar, tinimsiz izlanishlar tufayli yangi turdagi turfa mahsulotlar ishlab chiqarishi bilan jahonda etakchilik qiladi. Vengriya, Avstriya, Vena, Polsha, Belgiya, Italiya, va Shveysariyada firmaning yirik zavodlari faoliyat olib bormoqda. Gips, gipsokarton kabi turli qurilish materillari singari bu korxona mahsulotlariga talab juda katta.

1982 yilda  “KNAUF” oilaviy  savdo firmasi mukofotni qo‘lga kiritgan ilk qurilish materiallari ishlab chiqaradigan korxona sifatida “Oskar” tarixida qoldi.

Mustaqilligimizning 27 yilligi bayrami arafasida Prezidentimiz Germaniyaning “KNAUF” korxonalari guruhi ishtirokchilari Kengashi a’zosi Nikolaus Knaufga “Do‘stlik” ordenini topshirdi.

Kecha germaniyalik ishbilarmon Nikolaus Knauf Farg‘onaga tashrif buyurdi. Farg‘ona xalqaro aeroportida nufuzli mehmonni karnay-surnay sadolari ostida viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev va keng jamoatchilik kutib oldilar.

Xorij sarmoyadori O‘zbekiston tumanidagi Sho‘rsuv kichik sanoat zonasini borib ko‘rdi, chet el korxonasi quriladigan hududlar bilan tanishdi.

Germaniyalik biznesmen samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun viloyat hokimiga minnatdorchilik bildirdi. Unga Farg‘onaning hunarmandchilik, misgarlik namunalari topshirildi.

Agar O‘zbekiston tumanida gipsokarton va boshqa qurilish mahsulotlari ishlab chiqariladigan ushbu chet el korxonasi qurilsa, viloyatimizga Germaniya investitsiyasi kiritilsa, ko‘zlangan loyihalar amalga oshirilsa, tumandagi Oyimcha, Qaqir, Nursux kabi qishloqlar aholisi bandligi ta’minlanadi. Sanoatimiz rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shiladigan “KNAUF” mahsulotlari endi Farg‘onada ishlab chiqariladi.

16.94 KB