Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg’ona viloyatining 2018 yil yanvar-iyun oylari davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy islohotlarning borishi to’g’risida ma’lumot

 2018-09-18 10:12:44    584

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi 9409,4 mlrd. so’m (103,3%) shundan,

-         sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish  5 535,2 mlrd.so’m (107%),

-         halq iste’moli mollari  1 571,1 mlrd so’m (103,7%),

-         yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari 3 577 mlrd so’m (100,5%),

-         qurilish ishlari  1 204,8 mlrd. so’m (107,7%),

-         jami xizmatlar  4 135,1 mlrd. so’m (105,7%),

-         chakana savdo  5 515,9 mlrd. so’m (103,7%)

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 2 590,3 ming so’mni (o’tgan xisobot davrida 2 165 ming so’m) tashkil etdi.

Xisobot davrida YaHM hajmida kichik biznes va tadbirkorlik ulushi
61,6 foizga teng bo’ldi.

Tashqi savdo aylanmasi 714,3 mln. AQSh dollarini tashkil etib, shundan 280,6 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar eksport qilindi.

Investitsiya va qurilish

2018 yil yanvar-iyun oyida viloyatda barcha manbaalar hisobidan
1564,0 mlrd.so’mlik mablag’lar o’zlashtirilgan.

Pudrat ishlari. Xisobot davrida pudrat ishlari hajmi 1204,8 mlrd. so’m yoki o’tgan yilning shu davriga nisbatan 107,7 foizni tashkil etdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevral kuni
“2018 yil uchun investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro’yhatini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3507-sonli qarorga asosan, Farg’ona viloyatida joriy yilda 717,9 mlrd.so’m mablag’lar o’zlashtirilishi evaziga 145 ta ob’ektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Viloyat bo’yicha jami 117 ta ob’ektlarda 252,0 mlrd.so’mlik mablag’ doirasida qurilish-montaj ishlari bajarilishi rejalashtirilgan bo’lib, 75 ta ob’ektlarga pudrat tashkilotlari aniqlanib pudratchilar tomonidan jami
90,2 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilidi, 76,0 mlrd.so’m mablag’ moliyalashtirildi. Jumladan:

32 ta maktab (54,3 mlrd.so’m) (15 ta Rekonstruktsiya kilish, 17 ta mukammal ta’mirlash) ob’ektlarida pudrat tashkilotlari tomonidan 37,2 mlrd.so’mlik (69%) qurilish montaj ishlari bajarildi va pudrat tashkilotlariga
32,7 mlrd.so’m (60%) mablag’ moliyalashtirilib berildi.

4 ta ob’ektlarda kurilish ta’mirlash ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi. (Furkat tumani 31-sonli, Kuvasoy shaxar 12-sonli, Besharik tumani 27-sonli, Buvayda tumani 15-sonli umumta’lim maktablari).

24 ta Sog’liqni saqlash (40,7 mlrd.so’m) (3 ta Tibbiyot Birlashmalari, 6 ta viloyat muassasalari, 15 ta Qishloq oilaviy poliklinika binolari) rekonstruktsiya qilish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 22 ta ob’ektlarda pudrat tashkilotlari tomonidan
26,8 mlrd.so’mlik qurilish montaj ishlari bajarilib, 23,3 mlrd.so’m mablag’ moliyalashtirib berildi.

5 ta ob’ektlarda qurilishi-ta’mirlash ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

13 ta Umumta’lim maktablariga sportzallar kurish 12,5 mlrd.so’m  (2 ta 9x18 metr o’lchamli, 10 ta 12x24 metr o’lchamli, 1 ta 18x30 metr o’lchamli) barcha ob’ektlar buyicha eng maqbul takliflar asosida tanlov o’tkazilib pudrat tashkilotlari aniqlanib 8,1 mlrd.so’mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. (3,7 mlrd.so’m mablag’ moliyalashtirildi)

11 ta Boshka ob’ektlari (41,5 mlrd.so’m) ob’ektlar buyicha pudrat tashkilotlari tomonidan 18,5 mlrd.so’mlik qurilish montaj ishlari bajarildi. (16,2 mlrd.so’m mablag’ moliyalashtirildi).

Arzon uy-joylar qurilishi bo’yicha:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 yanvardagi
PQ-3480-sonli qaroriga asosan Farg’ona viloyati qishloq massivlarida jami 2446 ta (373 mlrd.so’m) namunaviy uy-joylar qurilishi belgilandi.

Jumladan, 15 ta tumanlarda 40 ta massivlarda 1808 ta fuqarolar uy-joylari, shundan, 1409 ta uy-joyga muhtoj fuqarolarga arzon uy-joylar, 92 tasi mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalar uchun, 306 tasi nogiron va mehnat faoliyati cheklangan fuqarolarga uy-joylar qurilishi belgilandi.

1808 ta fuqaro uy-joylari bo’yicha loiyha smeta hujjatlari ishlab chiqilib, tender tanlovlari o’tkazildi.

Bugungi kunda pudrat tashkilotlari tomonidan 1808 ta uy-joylar er ishlari, uy-joylarda poydevor ishlari, 1529 ta uy-joylarda g’isht terish ishlari, 513 ta uylarda plita yopish ishlari yakuniga etkazildi.

Yo’l transport infratuzilmasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevral kungi PQ-3507-sonli qaroriga asosan viloyat hududidagi 32 km uzunlikdagi 5 ta rekonstruktsiya ob’ektlarida
17821,0 mln.so’mlik ishlar rejalashtirilgan bo’lib 2018 yil yakuniga ko’ra
10 km uzunlikdagi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 2 ta ob’ektlarda shartnomalar rasmiylashtirilib, qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilib 2927.0 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1. A-373 "Toshkent-O’sh" avtomobil yo’lining 208-274 km qismini aylanib o’tishda 0-15 km qismini rekonstruktsiya qilish (Dang’ara tumani) ob’ektiga
2018 yil uchun 8906,0 mln so’m limit mablag’lari ajratilgan (pudratchi-Farg’ona KFUK), yil boshidan 2050,0 mln.so’mlik ishlar bajarildi. Joriy yilda avtomobil yo’lining 5 km qismi foydalanishga topshiriladi;

2. 4R-17e “A-373 aG’yo’lidan Qo’qon shaxar aylanma yo’liga” avtomobil yo’lining 4-9 km qismini rekonstruktsiya qilish (Qo’qon shaxri) ob’ektida 
2018 yilda 915,0 mln.so’m limit mablag’lari ajratilgan (pudratchi-Farg’ona YMFUK). Xisobot davrida 876,9 mln.so’mlik ishlar amalga oshirildi. Joriy yilda ob’ektni foydalanishga topshiriladi.

Ichki xo’jalik yo’llarini ta’mirlash to’g’risida

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevral kungi
“2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2775-sonli qaroriga asosan 2018 yilda Farg’ona viloyatida 263 km ichki yo’llar joriy ta’mirlanishi berilgan.

Xozirda “Farg’ona mintaqaviy yo’llarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan joriy yil uchun 263,2 km uzunlikdagi ichki yo’llarni ta’mirlash bo’yicha 28781,3 mln.so’mlik shartnomalar tuzildi.

Joriy yilning o’tgan davri mobaynida 112,03 km yo’llarda
9798,8 mln.so’mlik ishlar bajarildi. Jumladan 49,4 km yo’llarda asfaltlash va 62,7 km yo’llarda shag’allash ishlari bajarildi.

Viloyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida hisobot davrida jami 74,984 km masofada optik tolali aloqa kabellarini yotqizish, jami 35 ta 840 portga teng Switch qurilmalari o’rnatilib, ko’p qavatli uylarda keng polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

“O’zmobayl” milliy mobil aloqa operatori tarmog’ini tashkil etish borasida xisobot davrida viloyat bo’yicha jami 37 ta GSM tipidagi baza stantsiyalar qurulishi va montaj ishlari yakuniga etkazildi.

Sanoat ishlab chiqarish

Xisobot davrida 5535,2 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning mos davriga nisbatan 107,0 foizni tashkil etdi. (sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida yonilg’i sanoati ulushi 19,4 foizni, engil sanoat 31,4 foizni, oziq-ovqat sanoati ulushi 12,2 foizni, kimyo va neft-kimyo sanoati ulushi 11,1 foizni tashkil etdi).

Xududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 1366,9 mln.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Jami sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida hududiy sanoat korxonalarining ulushi 24,7 foizni tashkil etdi.

Qishloq xo’jaligida islohotlarni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish

Hisobot davrida qishloq xo’jaligi bo’yicha yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi amaldagi baholarda 3577,0 mlrd. so’mga yoki o’tgan yilning mos davriga nisbatan 533,1 mlrd. so’mga ko’p bajarildi. 

Shu bilan birga hisobot davriga kelib viloyatda qoramollar bosh soni
997,2 ming bosh, jumladan, sigirlar bosh soni 353,1 ming bosh, qo’y-echkilar
830,1 ming boshga, parrandalar bosh soni 6488,4 ming boshga etkazildi.

Shuningdek, go’sht ishlab chikarish 75,9 ming tonnani (105,7%), sut ishlab chikarish 431,8 ming tonnani (107,1%), tuxum ishlab chiqarish 266,6 mln. donani (114,7%), baliq etishtirish 1272,1 tonnani tashkil etdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlanishi

Xisobot davrida viloyatning tashqi savdo aylanmasi 714,3 mln. AQSh dollarini, shundan mahsulot eksporti 280,6 mln. AQSh dollarini, importi esa 433,7 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Viloyat xududiy tasarrufidagi korxonalar tomonidan 2018 yilda
189,0 mln. dollarlik, shundan 38,0 mln. dollarlik sanoat mahsulotlari va
151,0 mln. dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari (183,8 ming tonna) eksport qilinishi belgilangan.

Eksportga 14 turdagi yangi trikotaj, tikuv mahsulotlari, gipsokarton, polietilen turubalar, mator yog’lari, neft quyish taralari va boshqalar chiqarildi.

2018 yil xududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturidagi eksportbob mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishga tushish muddatlari va mahsulot ishlab chiqarish xajmlariga alohida e’tibor qaratilib, 84 ta yangi korxona 2018 yilda eksport qilish imkoniyatiga ega ekanligi aniqlanib eksportga jalb qilinmoqda.

Kichik biznesni rivojlanishi

Xisobot davrida kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi 61,6 foizni tashkil etdi.

2018 yilning 1 iyul holatiga 22038 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari (fermer va dehqon xo’jaliklarisiz) ro’yhatdan o’tgan.

Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarida kichik biznesning ulushi sanoat soxasida 32,1 foizni, qurilish pudrat ishlarida 93,9 foizni, xizmat ko’rsatishda
74,2 foizni, eksportda 52,9 foizni tashkil qilmoqda.

Ular tomonidan xisobot davrida 148,6 mln. doll. mahsulotlar eksport qilingan.

Shu bilan birga kichik biznes sub’ektlari tomonidan 5172 nafar ish o’rinlari yaratilgan.

Xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlanishi

Hisobot davrida jami xizmatlar hajmi 4135,1 mlrd.so’mdan iborat bo’lib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 105,7 foizga o’sishga erishildi. Jumladan, axborotlashtirish va aloqa xizmati 114,0 foizga, moliyaviy xizmatlar
123,2 foizga, ta’lim xizmatlari 116,7 foizga, sog’liqni saqlash xizmatlari
113,7 foizga, arxitektura xizmatlari 116,6 foizga ortdi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan xizmatlar hajmi esa 1138,3 ming so’mni tashkil etdi.

2018 yilning 6 oyi  davomida xizmat ko’rsatish yo’nalishida jami 1001 ta xizmat ko’rsatish sohasida yuridik shaxslar faoliyati yo’lga qo’yildi. Jumladan, savdo yo’nalishida 431 ta, tashish va saqlash yo’nalishida 86 ta yashash va ovqatlanish yo’nalishida 120 ta, axborot va aloqa yo’nalishida  53 ta, sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish yo’nalishida 68 ta, boshqa xizmat yo’nalishlarida 243 tani tashkil qilmoqda.

Hisobot davrida investitsiya dasturi doirasida xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan jami
9,2 mlrd.so’m miqdorida imtiyozli kredit mablag’lari  ajratildi.

Chakana savdo aylanmasi. Viloyatda hisobot davrida chakana savdo aylanmasi hajmi 5515,9 mlrd. so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati o’tgan yilga nisbatan 103,7 foizga teng bo’ldi. Aholi jon boshiga to’g’ri kelgan savdo hajmi esa 1513,3 ming so’mni tashkil etdi. Chakana savdodagi kichik biznesni ulushi
90,5 foizga etdi.

Mehnat va daromadlar. Viloyatda davr oxiriga doimiy aholi soni
3644,9,0 ming nafarni tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 57,3 ming nafarga yoki 101,6 foizga ortgan.

Iqtisodiy isloxotlarni jadallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida iqtisodiyotda band bo’lganlar soni o’sib bormoqda.
Bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 1,2 foizga o’sib, 1508,2 ming kishini tashkil qildi.

Viloyat statistika boshqarmasining xisobotlariga ko’ra o’rtacha ish haqi viloyat bo’yicha 1319,7 ming so’m bo’lib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan
9,2 foizga o’sganligi qayd etildi.

21.23 KB