Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

INSONLAR HAYOTIGA FAROVONLIK OLIB KIRISH – EZGU MAQSAD!

×

 2018-11-16 11:20:38    115

PDF yuklash
Chop etish



Viloyatimizda “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” Davlat dasturlarining bajarilishiga alohida e’tibor berilmoqda, ko‘plab hududlar yangidan chiroy ochmoqda. Ayni kunlarda Uchko‘prik tumanining Toshkentli guzar mahallasi, Farg‘ona shahrining Huvaydo mahallasi hamda Marg‘ilon shahrining Do‘stlik mahallalarida ish qizg‘in tus olgan.Qo‘qon shahrida esa Prezidentimizning PQ-3991-sonli qarori asosida keyingi yili sentyabr oyida o‘tkaziladigan “Hunarmandchilik festivali”ga katta tayyorgarlik va obodonlashtirish ishlari boshlanib ketgan.

Viloyat hokimi SHuhrat G‘aniev 15 noyabr kuni ana shu obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan ob’ektlarda bo‘ldi va mutasaddilar va mas’ullarga zarur topshiriqlarni berdi. Xususan, Toshkentli guzarda borayotgan ish sur’ati, uning ko‘lami, topshiriqning qay darajada sifatli bajarilayotganligini nazorat qildi.

Qo‘qon shahrida esa SH.G‘aniev festivaloldi tayyorgarligining muhim bir qismi sifatida “Hunarmandlar bozori”ni tashkil etish masalasida shahar hokimi M.Usmonovga ko‘rsatmalar berdi. Qo‘qon shahrining Navbahor va Usmon Nosir ko‘chalari kesishmasida joylashgan sobiq harbiy qism hududida “Hunarmandchilik savdo markazi” qurilishi rejalashtirildi.  Loyihani amalga oshirish yuzasidan mutaxassislar jalb qilinib, suhbatlashildi. “Hunarmandchilik savdo markazi”  loyihasi 75 o‘rinli mehmonxona, 2 qavatli savdo do‘konlari va hunarmandlar uylari, avtomobil turargohlari, hovuz va favvoralar qurilishini ko‘zda tutadi.

***

Farg‘ona shahrining Huvaydo mahallasida viloyatning yirik korxonalaridan “Azot” birlashmasi, Neftni qayta ishlash zavodi, Farg‘ona yog‘-moy kombinati, Mexanika zavodi, Issiqlik energiya markazi (TES), elektr tarmoqlari, gaz, suv idoralari rahbarlari, viloyat va shahar hokimliklarining mas’ul xodimlari dastur doirasida tez kunlarda bajarilishi kerak bo‘lgan  ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish uchun yig‘ildilar. Viloyat hokimi rahbarligida ushbu guruh mahalla hududiga qamrab olinadigan ishlar ko‘lamini chamaladilar hamda har bir tashkilot o‘ziga belgilangan topshiriqni oldi.

Dasturga ko‘ra mahallada ko‘pqavatli uylarning old fasad qismi, tomlari ta’mirlanib, eskirgan shiferlar metall profnastil qoplamalarga almashtiriladi. Maydonlar obodonlashtirilib, bolalar maydonchalari barpo etiladi, piyodalar yo‘laklari soz holatga keltiriladi, ichki yo‘llar ta’mirlanadi, elektr tarmoqlari, aloqa tarmoqlari normal holatda tartibga keltiriladi. SHuningdek, suv, gaz, kanalizatsiya tarmoqlari xizmat sifati yaxshilanadi. Avtomobil yo‘llar  ham ta’mirlanib, ko‘cha chiroqlari o‘rnatiladi.Ariqlar tozalanib, yangi manzarali daraxtlar ekiladi, ruxsatsiz qurib olingan, uylar, ko‘chalar husnini buzib turgan noqonuniy qurilmalar buzib tashlanadi.

Farg‘ona shahri hokimining o‘rinbosari SHarif Niyozmetov bergan ma’lumotga ko‘ra bu mahallada dastur bo‘yicha obodonlashtirish ishlarini olib borish uchun turli manbalardan jami 6 milliard so‘m ajratilgan.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A’zamjon Sangilov quyidagi ma’lumotlarni berdi:

-Mahallamizda 617 ta xonadon bo‘lib, 3820 ta aholi istiqomat qiladi. Hovli uylardan tashqari 18 ta ko‘pqavatli uy ham mahallamizga qarashli. 16 ta ko‘chamiz bor. Ichki yo‘llar bilan jami 18 ta ko‘cha hamda mahallamizdan tashqari ko‘pqavatli uylarni ham qo‘shganda 68 ta uy dastur doirasida obodonlashtirishga qamrab olindi. Albatta aholi bundan xursand, allaqachon katta ko‘lamdagi ishlar boshlab yuborildi. Mana bugun elektr tarmoqlari, aloqa tarmoqlarida ta’mirlash, yangi tarmoq simlari tortish ishlari boshlandi, umuman, mahalla obodligi uchun katta kuch tashlandi. SHu ishlarning boshida turgan davlatimiz rahbari Prezidentimiz SH.Mirziyoevdan minnatdormiz, qolaversa, viloyatimiz rahbari, shahar hokimligi, umuman hasharga kelib turgan korxona, tashkilotlar, quruvchilar, har bir hissasi qo‘shilgan insonlardan minnatdormiz.

***

Marg‘ilon shahriga yo‘l olamiz.

SHaharning Do‘stlik mahallasiga shu yilning yoz oylarida tahririyat xodimlari bilan kelib rejalar bilan tanishgan edik va maqola e’lon qilgandik. Mahallaning umumiy maydoni 27,75 gektar bo‘lib, aholi soni 4314 tani tashkil etadi. 414 ta xonadon va 776 ta oila bu erda istiqomat qiladi.

 Bugungi kunga kelib hududda ancha ishlar amalga oshirilgan.  Jumladan, MFY raisi Salimaxon Rustamova bergan ma’lumotlarga ko‘ra hozirgacha mahallaga qarashli 16 ta ko‘chadan 10 tasi asfaltlangan, 5 ta ko‘chaga kanalizatsiya tarmog‘i tortilgan, 78 ta elektr tarmoqlari simlari tayanchlari almashtirilgan. Qo‘rg‘ontagi, Qo‘rg‘ontagi tor ko‘chasi, Fidoyilar, Navbahor, Baxtiyorlik, To‘ralar ko‘chalariga yangi tayanchlar o‘rnatilib, yangi simlar tortilgan hamda ko‘cha chiroqlari qo‘yilgan. YAngi transformator punkti o‘rnatilib ishga tushirilgan. Mahalladan o‘tadigan Qo‘shariq soyi 300 metr uzunlikda ikki tomondan uch metrli yo‘lak ochilib, asfaltlangan.

Atrofga nazar solganimizda qurilish ishlariko‘zga yaqqol tashlanadi. Uchastka noziri uchun bino qurib bitkazilgan. 6 ta kam ta’minlangan xonadonga yangidan uy qurib berilgan. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi bitkazilish arafasida turibdi. Bu erda joylashgan tarixiy obidalar ro‘yxatida turuvchi “Mo‘yi muborak” masjidida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Hammom, sartaroshxonalar, tikuv sexi, muzqaymoq do‘koni, kafe kabi infratuzilmalar, 100 o‘rinli  davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, xususiy tibbiyot klinikasi, korzinka.uz savdo majmuasi qurilishi boshlanib, bino ko‘tarilgan.korzinka.uzning yuqori qismida non va non mahsulotlari sexi, pastki qismida esa bolalar uchun qishki sport maydoni joylashadi. Ayrim binolar bitish arafasida, pardozlash ishlari olib borilmoqda.

“Kaptarli mozor” qabristoni filialini ta’mirlash ishlariham boshlanib, bunga 20 million so‘m byudjetdan ajratilgan, shuningdek, homiylar tomonidan ham mablag‘ sarflanmoqda.

-Mahallalarimiz obodligiga bo‘lgan e’tibor uchun Prezidentimizga rahmat, - deydi Marg‘ilon shahar hokimi huzuridagi jamoatchilik kengashi raisi hamda shahar XDP kengashi raisi Muhammadjon aka Mirzaev, - ayniqsa, mana dinimizga bo‘lgan yuksak e’tibor tufayli masjidlarimiz birinchi o‘rinda ta’mirlanmoqda, maydoni kengayib, rekonstruksiya qilinmoqda. Bundan keksalar xursand. Aholi ham hasharga chiqyapti, shuncha harakatga yarasha bizdan ham ozgina harakat bo‘lishi kerak. Asosiysi, xalq xursand, minnatdor. Xalqni hurmat qilsang, seni ham hurmat qiladi degan gap shu erda isbotinitopyapti. Mana shu mahallaga, rost gap, uzoq yillardan beri e’tibor qilinmagan edi.

Ish ustiga kelib qolgan shahar hokimi Mirzohid Ubaydullaevga savol bilan yuzlanamiz:

-Nima deb o‘ylaysiz, shu rejadagi ishlar yil oxiriga qadar bitadimi? 2018 yil rejasiga kiritilgan bo‘lsa kerak, ayrim binolar qurilishi oxiriga etkazilmagan.

-To‘g‘ri savol berdingiz, - deydi shahar hokimi, - suv, yo‘l bilan bog‘liq muammolar qolmagan. Hozir bajarilgan ishlar bo‘yicha mahalliy byudjetga bog‘liq hech qanday muammo qolgani yo‘q, viloyat hokimi hammasini hal qilib bergan.Ammo kredit masalasi oxirigacha hal bo‘lmayapti. Agar o‘z vaqtida banklar kreditni chiqarib bersa, yil oxiriga bormay, noyabr oyida ishni yakunlaymiz. Viloyat “Sanoatqurilishbank”, “Milliy bank” mutasaddilari qaror bo‘yicha imtiyozli kredit berish bo‘yicha o‘z vazifalarini bajarmayaptilar. Lekin baribir maqsad yo‘lida harakat qilish kerak, o‘z muddatida ishni yakunlaymiz.

Bir necha oy badalida barpo etilgan mahalladagi qurilishlaru obodonchilik ishlarini ko‘rib, shu ishlarga bosh qo‘shgan har bir insonga tasanno dedik. SHu bilan birga, ularning ishlariga omad tiladik. Bu yilgi ishlarni yakunlab, keyingi yil uchun reja qilish va yana ko‘plab odamlarning  hayotiga engillik, farovonlik olib kirish bu insonlarning hayotdagi maqsadlaridir.

Gulbahor Saidg‘anieva