Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“HUNARMANDCHILIK FESTIVALI” GA TAYYORGARLIK

×

 2018-11-21 16:54:03    93

PDF yuklash
Chop etish



 

Xalqaro “Hunarmandchilik festivali”ga tayyorgarlik bo‘yicha tashkiliy  ishlar qizg‘in sur’atlarda davom etmoqda.  Tashkiliy ishlarga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish 19 noyabr kuni Qo‘qon shahridagi festival Bosh shtabi – “Tadbirkorlar markazi”da bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat hokimi SHuhrat G‘aniev olib bordi.

Yig‘ilishda Qo‘qon shahri hokimi M.Usmonov, viloyat huquq-tartibot organlari rahbarlari, viloyat tashkilotlari rahbarlari, festivalni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh a’zolari va mutasaddilar ishtirok etdilar.

Festivalni o‘tkazish bo‘yicha viloyatda 15 ta ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, har bir guruh rahbarlari o‘z faoliyatlari borasida hisobot berdilar. Jumladan, qurilish-rekonstruksiya ishlari bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosari D.Hojiahmedov Qo‘qon shahrida festival o‘tadigan kunlargacha ob’ektlarda bajariladigan ishlar yuzasidan qisqacha axborot berdi. Unga ko‘ra shaharda 10 ta yangi mehmonxona qurilishi, 10 ta bino rekonstruksiya qilinishi, 24 ta ko‘pqavatli uylar ta’mirlanishi, 10 ta tarixiy obida rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Mehmonxonalar qurish bo‘yicha, kuzatuv kameralari o‘rnatish, “Hunarmandlar bozori” qurish bo‘yicha tuzilgan xaritalar muhokama qilindi.

Viloyat hokimi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi F.Qosimov  mehmonlarni kutib olish, tadbirlarni o‘tkazish, madaniy tadbirlarni tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bo‘yicha axborot berdi.

SHuningdek, tadbirlar o‘tadigan dam olish maskanlarini tartibga keltirish, tadbirlar ssenariysini tuzish, ko‘chalar obodonligi masalalari bo‘yicha ham takliflar tinglandi, vazifalar belgilandi.

SHahar hokimi M.Usmonov 34 ta yo‘nalish bo‘yicha hunarmandlar mahsulotnii yaratish uchun sharoit tashkil etish, homiylar biriktirish, ularni kerakli materiallar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish kabi masalalarda o‘z takliflarini bildirdi.

SHu bilan birga yo‘l xavfsizligi, tibbiy xizmatlar, umuman, xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. “Xavfsiz shahar” hududini yaratish uchun kuzatuv kameralarini o‘rnatishga kelishildi.

SHu kuni festival Bosh direksiyasi tashkil etildi hamda festival logotipini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazish, Qo‘qon hunarmandchiligiga bag‘ishlangan        rasmlar, badiiy asarlar, insholar ko‘rik-tanlovlari, hunarmandlar tanlovlarini o‘tkazish rejasi tuzildi.

Ayniqsa, hozirdan targ‘ibot guruhi yaxshi ish olib borishi zarurligi, televidenie, radio, bosma nashrlar hamda elektron saytlar, ijtimoiy tarmoqlarda Xalqaro “Hunarmandchilik festival”i haqida materiallar e’lon qilib borishga katta urg‘u berildi.