Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Dekabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“Har bir oila - tadbirkor” dasturi To‘dalik tadbirkorlar

×

 2018-11-30 17:06:01    55

PDF yuklash
Chop etish



 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga asosan “Har bir oila - tadbirkor” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Rishton tumanida ham qishloq va mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga aholining bandligini ta’minlash, ishsizlikni kamaytirish maqsadida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilyapti.

Tumanda istiqomat qilayotgan 339 nafardan ortiq fuqaro tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashiga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun vakolatli banklardan imtiyozli kreditlar olishga amaliy yordam so‘rab murojaat qilganlar. Ularning biznes loyihalari kengashda bank, moliya, soliq va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus komissiya tomonidan atroflicha o‘rganilib, tumandagi banklarga tavsiya qilingan. 

- Ushbu fuqarolarning 10 nafariga “Mikrokreditbank” filiali tomonidan 133 million 900 ming so‘m, “Xalq banki” filiali tomonidan 29 nafar fuqaroga 299 million 500 ming so‘m va “Agrobank” filiali tomonidan 27 nafar fuqaroga 380 million 550 ming so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. - dedi kengash raisi Hasanboy aka Dehqonov. - SHulardan 45 tasi issiqxona, 7 tasi chevarchilik, 11 tasi chorvachilik (qo‘ychilik), parrandachilik va boshqa sohalarni rivojlantirish uchun. Bundan tashqari ko‘plab yoshlar shirinliklar tayyorlash mini korxonalarini tashkil qilish, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish turlarini yanada ko‘paytirish, elektr uskunalari ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishni maqsad qilganlar. Buning uchun yuqoridagi banklarning tuman filiallari mutaxassislari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazishib, faoliyatlarini yuritishlarida amaliy yordam berishmoqda.

“To‘raobod” MFYda yashovchi Baxtiyor Dehqonov o‘z xonadonida, tomorqasining 3 sotix eriga bundan 6 yil avval otasi, tajribali dehqon Hasanboy aka bilan maslahatlashib turmush o‘rtog‘i Kamolatxon bilan issiqxona tashkil qilgan va 60 tup “Me’yor” nomli sermeva limon ko‘chatlarini ekkan edi. Oila a’zolari o‘tgan 2017 yilda limondan 17 million so‘m daromad qildi.

Baxtiyor mazkur tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida bu yil “Agrobank” Rishton tuman filialidan 3 yil mobaynida to‘lash sharti bilan 8,5 mln. so‘m kreditni 7 foizli imtiyozli tarzda olib, yana bitta issiqxona tashkil qildi. SHu kunlarda issiqxonaning ustini maxsus plyonka bilan yopib, ichiga kuzgi-qishki rezavor ekinlar ekish taraddudini ko‘ryapti. Kelgusi yildan boshlab bu issiqxonada ham limon ko‘chatlari parvarishini boshlaydi.

 “Ariqbo‘yi” MFYda istiqomat qiluvchi G‘ayratjon aka Omonov ham tadbirkorlikni maqsad qilib, o‘tgan yili “Agrobank” tuman filialidan 8,5 mln. so‘m imtiyozli kredit olib, tomorqasining 2,5 sotix eriga issiqxona tashkil qildi. “Mikrokreditbank”dan esa 800 ming so‘m kredit olib, 24 tup limon ko‘chati ekdi.

-Bu yil yangi issiqxonaga bodring ekib, 4 million so‘m daromad qildik - dedi tadbirkor G‘ayratjon aka. – Hozir qishli-qirovli kunlarda aholi dasturxonini turli oshko‘klar bilan ta’minlash maqsadida ukrop, petrushka, kashnich kabi ekinlarni parvarish qilyapmiz.

G‘ayratjon aka turmush o‘rtog‘i Mo‘‘tabarxon opa va etti nafar qizlari bilan tomorqasidagi 13 sotix erdan unumli foydalanish xadisini olishgan. Daromad  ham shunga yarasha. 

Zaylobiddin YIGITALIEV,

“Farg‘ona haqiqati” maxsus muxbiri.

 

 

Suratda: YOsh tadbirkor Baxtiyor Dehqonov va uning turmush o‘rtog‘i Kamolatxonlar bu yil o‘tgan yilgidan ancha mo‘l hosil olishni rejalashtirib turibdilar.

 

Muallif olgan surat.