Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Hurmatli tadbirkorlar va o’z faoliyatini kengaytirish istagida bo’lgan ishbilarmonlar!!!

 2018-12-25 16:26:21    367

PDF yuklash
Chop etish


 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 iil 25 avgustdagi “Farg’ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 672-sonli qaroriga asosan, Fargona viloyatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va kengaytirish uchun yana bir qulay imkoniyat yaratildi.

Marg’ilon shahar hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalari yagona boshqarish direktsiyasi” hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik sub’ektlariga, davlat ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to’lovi stavkasi bo’yicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan xolda, tegishli koeffitsientlarni qo’llamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Hokimliklar rahbarlari zimmasiga — sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofik, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklangan.

Endilikda, Marg’ilon shahridagi “Marg’ilon kichik sanoat zonasi’’ direktsiyasi balansida bo’lgan hududlarda barcha muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan uzluksiz ta’minlanadigan kichik sanoat zonasi tashkil etilib, u erda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko’zlangan, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratib, faoliyatini kengaytirish xarakatida bo’lgan tadbirkorlik sub’ektlari joylashtirilmoqda.

Tasdiqlangan joylashtirish sxemasiga muvofiq, Marg’ilon shahar kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direktsiyasi balansida bo’lgan sobiq “Ulgurji savdo bazasining bino va inshootlarida tadbirkorlik sub’ektlari uchun ajratilgan 5,6 gektar maydonda 4 lotlar tanlovga qo’yiladi. Tanlovda oziq-ovqat, charm-poyabzal, qurilish maxsulotlari, kimyo sanoat, farmatsevtika, mebel maxsulotlari, tikuvchilik va to’qimachilik maxsulotlari va xalq xo’jaligi uchun zarur bo’lgan ishlab chiqaruvchilar taklif qilinadilar.

6-lot Omborxona binosi va unga tutash xududlar, umumiy maydoni 907,20 kv.m, qurilish maydoni 907,20 kv.metr, bino balandligi 5,15 metr, bino qurish sharti bilan, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 20 ta;

12-lot Omborxona binosi va unga tutash xududlar, umumiy maydoni 884,52 kv.m, qurilish maydoni 884,52 kv.metr, bino balandligi 4,8 metr, bino kurish sharti bilan, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam mikdori 15 ta;

13-lot Omborxona binosi va unga tutash xududlar, umumiy maydoni 884,52 kv.m, kurilish maydoni 884,52 kv.metr, bino balandligi 4,8 metr, bino kurish sharti bilan, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 15 ta;

17-lot Bo’sh turgan maydon, umumiy maydoni 500,0 kv.metr, yangi bino qurish sharti bilan, yaratiladigan ish o’rinlarining eng kam miqdori 5 ta;

Eng yaxshi loyihalar sanoat zonasi xududiga tanlov asosida joylashtiriladi. Tanlov taklifini takdim etishda quyidagi xujjatlar albatta mavjud bo’lishi lozim:

- davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

- muxrlangan konvertga solingan bizies-reja, unda quyidagi ma’lumotlar albatta o’z aksini topishi lozim:

rejalashtirilayotgan ishlab chiqariladigan maxsulot xajmi va maxsulot turlari to’g’risidagi ma’lumot;

yaratiladigan yangi ish o’rinlari soni va kichik sanoat zonasi hududida ish faoliyatini boshlagandan so’ng qabul qiladigan ishchilar soni to’g’risidagi ma’lumot;

investitsiya majburiyatlarining taklif etilayotgan summasi, moliyalashtirishning aniq manbalari;

investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning turi, muddati va ularni bajarish shartlari;

ishlab chiqarishni tashkil etish uchun talab etiladigan xom-ashyo resurslarining manbalari, foydalanish imkoniyatlari mavjudligi;

maxsulot realizatsiyasi uchun mo’ljallangan bozorning egallanganligi, aniq xaridor yoki mijozlarning mavjudligi, eksport xajmi to’g’risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo’lsa).

Xurmatli tadbirkorlar, kichik sanoat zonasida tadbirkorlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi uchun shahar hokimligida Ishchi gurux tashkil etilgan bo’lib, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha muammo va tusiqlar tezkorlik bilan xal etiladi.

Bundan tashqari, kiritiladigan investitsiya xajmiga qarab, yuridik shaxslarning foyda solig’i, mulk solig’i va yagona soliq to’lovidan imtiyozlar ko’zda tutilgan.

Shoshiling, qulay imkoniyatni qo’ldan boy bermang.

Tanlov savdolariga xujjatlar 2018 yil 3 dekabr kunidan 2019 yil
3 yanvar kuniga qadar “Marg’ilon shahar kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direktsiyasi” tomonidan qabul qilinadi.

Qiziktirgan savollar yuzasidan Marg’ilon shahar hokimligining 253-73-22,            253-42-69 hamda Farg’ona viloyat Raqobat boshqarmasining 244-04-41, 244-04-43 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


43.50 KB