Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RESPUBLIKA ChEMPIONATI

×

 2017-04-25 15:19:55    107

PDF yuklash
Chop etish


 Shosse va treklar bo’ylab velosiped poygalari viloyatimizda ko’p yillardan buyon o’tkazib kelinyapti.

Mazkur sport turi bilan shug’ullanuvchilar soni ham  yildan-yilga ortib bormoqda.  Farg’onalik velosportchi  Sergey Lagutin jahon chempioni degan sharafga erishgan. Velosport bo’yicha birinchilardan bo’lib sport ustasi unvoniga 1960 yilda qo’shtepalik Mamatkarim Nurmatov sazovor bo’lgan. Sport ustalari To’lqin Isaqov, Aleksey Svortsov, Anatoliy Genrix, Nina Ishenko, Tohir Mo’minov, Anvar Yo’ldoshev, Sergey Lagutin, Viktor Pronin, Igor Djuraevlar velosport bo’yicha yoshlarga ustozlik qilmoqdalar.

Viloyatimizda joriy yilning 18-22 aprel kunlari velosportning shosse turi bo’yicha kattalar o’rtasida ko’p kunlik O’zbekiston chempionati musobaqalari bo’lib o’tyapti. Velosport poygasida Farg’ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri va Rossiya Federatsiyasidan 50 dan ortiq sportchi qatnashyapti.

Musobaqaning birinchi kunida Satkak-Chimyon yo’nalishi bo’yicha 20 kilometrli masofada yakkalik poygalar o’tkazildi. Ikkinchi kuni Quva-Arsif-Farg’ona yo’nalishida 100 km.li masofada, uchinchi kuni yana  Farg’ona-Arsif-Farg’ona yo’nalishida 132 km.li masofada guruh holida, to’rtinchi kuni esa Farg’ona shahridagi “Istiqlol” o’yingohida 70 km.li masofada yakkalik poygalari o’tkazildi.

– Shogirdim velosport bo’yicha ikki karra Evropa  chempioni, xalqaro toifadagi sport ustasi  Aleksandr Ilinov bilan musobaqada qatnashyapmiz, – deydi Rossiya Federatsiyasida xizmat ko’rsatgan murabbiy Georgiy  Zagrebin. – Chempionatga katta tayyorgarlik ko’rilibdi. Farg’onaga ko’p bor kelganman. Ammo bu safar viloyatingizning go’zal va betakror ko’chalaridan o’tib, juda katta bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilganining guvohi bo’ldik.

Musobaqalar bugun nihoyasiga etadi.