Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

“The Guardian”: O‘zbekistonga sayohat yo‘riqnomasi: Marg‘ilon ipagi, Qo‘qon holvasi, Rishton kulollari...

×

 2019-02-05 10:19:06    476

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk Britaniyaning nufuzli “The Guardian” gazetasida taniqli jurnalist Kerolayn Idenning maqolasi e’lon qilindi. Unda yurtimiz sayyohlik imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Quyida ana shu materialning eng muhim qismlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Nima uchun borish kerak?

“Buxoroning moviy gumbazlari, Qoraqalpog‘iston cho‘llari, Toshkentning betakror metropoliteni, Samarqandning tarixiy ko‘chalari — mana nima uchun O‘zbekiston sayyohlarni jalb qiladi?, — deb yozadi muallif. — Mamlakatning shonli tarixi o‘zbekona mehmondo‘stlik bilan uyg‘unlashib ketgan. Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar natijasida respublikaga sayohat qilish ancha osonlashdi, bu yo‘ldagi byurokratik to‘siqlar bartaraf etildi, ko‘plab tillarda so‘zlashadigan gid-tarjimonlar maktabi shakllantirildi, temir yo‘l, avtomobil va havo yo‘llari takomillashtirildi. Ko‘plab Evropa davlatlari fuqarolari uchun viza bekor qilindi. Masalan, Buyuk Britaniya fuqarolari 1 fevraldan e’tiboran 30 kun mobaynida O‘zbekistonda vizasiz bo‘lish imkoniyatiga egalar.

Marg‘ilondan Nukusgacha...

Mamlakatning qaysi nuqtasiga borish haqida fikr yuritar ekan, K. Iden sayohatni poytaxt Toshkentdan boshlashni tavsiya etadi. “SHahar markazidagi mahobatli Amir Temur haykalini tomosha qilib, so‘ngra “er osti mo‘‘jizasi” — metropoliten bo‘ylab sayr qilish mumkin. CHorsu bozorida rastalarning to‘laligidan boshingiz aylanib qolmasa, quruq mevalar va nonlardan qo‘yningizga siqqanicha oling, chunki bunaqasini boshqa o‘lkada topa olmaysiz.

Keyin Farg‘ona vodiysi tomon yo‘lga tushing. Ipak sanoatining markazi bo‘lmish Marg‘ilon sizni hayratda qoldirishi aniq. Bu erda ham bozorga kirib, xilma-xil mevalardan oling. Qo‘qonning tarixiy masjidlari, saroylari sizni go‘yo o‘tmishga etaklaydi. Qo‘qonning holvasidan tatib ko‘rishni unutmang. Rishtonda esa butun dunyoga mashhur kulollar yashaydi. Ularning san’at asarlari jahon muzeylarida namoyish etishga arziydi. Andijonga borib, u erning qovunlarini eb ko‘rsangiz, nega Bobur hazratlari Hindistondek ulkan davlatda qudratli saltanatga asos solganiga qaramay, bir umr Andijonni sog‘inib o‘tganini anglab etasiz.

Toshkentga qaytib, to‘g‘ri CHimyon tog‘lari tomon yo‘l oling. Bu erda yozda hammayoq gulga, qishda esa qorga burkanadi.

Samarqandni ko‘rmasangiz, O‘zbekistonga bormagan hisoblanasiz. Tezyurar “Afrosiyob” poezdi sizni ikki soatda u erga etkazadi. Samarqandning Registoniyu ulug‘vor masjid-madrasalari har qanday kishining e’tiborini tortadi.

Keyingi manzil Nurota — bu erda muqaddas buloqdan suv ichib, Buxoro tomon yo‘lga chiqasiz. Bu shaharni tomosha qilish uchun bir kun etmaydi, uni anglash va his qilish uchun esa bir umr ham kamlik qiladi.

Buxorodan Urganch hamda Xiva tomon borasiz. Xivaga nega “ochiq osmon ostidagi muzey”, deya ta’rif berishlarini bilasizmi? CHunki bu shahar butunligicha saqlanib qolgan. Bunaqasi dunyo amaliyotida kamdan-kam uchraydi.

Xivadan Nukusga uchib, u erda dunyoga mashhur Savitsikiy muzeyiga kiring. O‘zining tasviriy san’at namunalari bilan Savitskiy muzeyi Luvr muzeyidan kam emas.

O‘zbekistonda transport tizimi rivojlangan. Temir yo‘llar tarmog‘i kengayib, tarixiy shaharlar o‘rtasida yangi yo‘nalishlar hamda tezyurar poezdlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Avtomobil qatnovi esa sizga nihoyatda arzon tushadi.

Butun respublika bo‘ylab mehmonxonalar majmuasi qurilyapti. So‘nggi ikki yilda mamlakatga sayyohlar oqimi keskin ortgani sababli mehmonxonada joyni oldindan band qilib qo‘yganingiz ma’qul.

O‘zbeklar taom tayyorlashni san’at darajasiga olib chiqqan, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, milliy taom — palov respublikaning har bir nuqtasida o‘ziga xos usulda tayyorlanishiga qaramay, u hamma joyda birdek mazalidir. Bundan tashqari, osh bu shunchaki taom emas, balki o‘zbek madaniyati va mehmondo‘stligining bir qismidir.

O‘lkaning qaysi nuqtasida bo‘lishingizdan qat’i nazar, ishtahani ochuvchi iforlarni sezasiz. Qozonlarda pishayotgan ovqatlarning mazasi va ko‘rinishining o‘zi sizga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi!”.

Ingliz tilidan Anvar MIRZAEV (Xalq so'zi) tarjimasi.