Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Yanvar 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O‘zA: Qishloqda ham malakali va sifatli tibbiy xizmat

×

 2019-02-24 19:05:31    60

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona viloyatida Investitsiya dasturi asosida 15 ta tibbiyot maskanida 50 milliard so‘mlikdan ziyod qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. “Obod qishloq” dasturi doirasida 5 ta oilaviy poliklinikada bunyodkorlik ishlari bajarilib, barcha sharoitlar yaratilishi rejalashtirilgan.

Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, bu borada yaratilgan sharoitlardan har bir insonning bahramand bo‘lishini ta’minlash, sog‘liqni saqlash tizimida o‘z echimini kutayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyatida ham keyingi ikki yilda tibbiyot sohasidagi islohotlar natijasida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati tubdan yaxshilandi. Eng chekka hududlardagi salomatlik maskanlarining ham moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, aniq tashxis qo‘yish va davolash imkoniyati yaratildi.

Oltiariq tumanida ham tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, oila salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, alohida ehtiyojli oilalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish kabi vazifalarga muhim ahamiyat qaratilmoqda. Ayni kunlarda hududda 8 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 5 ta qishloq vrachlik punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatayotir. Mazkur tibbiyot maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali kadrlar bilan ta’minlash doimiy e’tiborda.

O‘tgan yili “Obod qishloq” dasturi asosida 41- va 89-qishloq oilaviy poliklinikalari tubdan qayta ta’mirlanib, ishga tushirildi.

Poloson qishlog‘idagi 89-qishloq oilaviy poliklinikasi 20 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida klinik diagnostika xonalari, laboratoriya, EKG, UTT, markaziy sterilizatsiya, fizioterapiya bo‘limlari, shifokorlar uchun sanitariya me’yorlari talabiga javob beradigan zamonaviy xonalar, kunduzgi shifoxona tashkil etildi. Zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlandi. Jarroh, pediatr, akusher-ginekolog, stomatolog, umumiy amaliyot shifokorlari, ultratovush tekshiruvi mutaxassisi aholi xizmatida.

SHuningdek, “elektron poliklinika” ishga tushirilgani muhim yangilik bo‘ldi. Oilaviy poliklinikada markazlashgan ma’lumotlar bazasi, elektron ambulator kartalar va kasallik tarixiga ega tizim faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hududda istiqomat qiluvchi barcha yoshdagi aholi yashash joyi, salomatligi, qachon va qaysi masalada shifokorga murojaat qilgani, kasallik tarixi, tibbiy ko‘rik natijalari, shifokor tomonidan berilgan dorilar retsepti, bolaning emlangani va boshqa turli ma’lumotlarning elektron shakli yaratildi. Hudud aholisi internet orqali istalgan shifokorning qabul vaqti, bemorlar sonini aniq bilgan holda ro‘yxatga yozilishi mumkin. Muhimi, bu qulaylik tufayli aholi vaqtini behuda yo‘qotmaydi.

– 24 nafar patronaj hamshira har bir oilada bo‘lib, tibbiy madaniyat va sog‘lom turmush tarziga oid targ‘ibot tadbirlari olib bormoqda, – deydi mazkur qishloq oilaviy poliklinikasi mudirasi Marhabo Alieva. – Hududdagi 142 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar doimiy nazoratda bo‘lib, zarur tibbiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.