Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MILLIY HAYDOVChILIK GUVOHNOMASI

×

 2017-04-25 16:23:18    131

PDF yuklash
Chop etish


unda qanday afzalliklar bor va qachondan amaliyotga joriy etiladi?

2017 yil 2 martda Vazirlar Mahkamasining “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori e’lon qilindi.

Xo’sh, qarorga muvofiq yangi milliy haydovchilik guvohnomasi qanday ko’rinishda bo’ladi va qachondan amaliyotga joriy qilinadi?

Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi va avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma 1968 yil 8 noyabrda qabul qilingan Yo’l harakati to’g’risidagi Vena konventsiyasi tavsiyalariga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, ularni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni samarali tashkil etish maqsadida tayyorlangan. Ular maxsus himoya qatlamlariga ega. Konventsiya talablarida belgilangan majburiy ma’lumotlar lotin alifbosida, o’zbek tilida yozilgan.

Plastikdan tayyorlangan miliy haydovchilik guvohnomasining o’lchami 54x86 millimetrni tashkil etadi. Guvohnomada O’zbekiston Respublikasining nomi davlat tili hamda rus va ingliz tillarida yozilgan. Qalbakilashtirilishidan himoya qiluvchi mustahkam va mukammal himoya vositalariga ega.

Ma’lumki, hozirda amalda bo’lgan milliy haydovchilik guvohnomasida A, V, S, D va E toifalari aks ettirilgan. Bunda A – mototransport vositalarini boshqarish, V – A toifasiga kirmaydigan, to’la vazni 3,5 tonnagacha bo’lgan va haydovchi o’rnidan tashqari o’rindig’i 8 tadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish, S – D toifasiga kirmaydigan, to’la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo’lgan yuk avtomobillarini boshqarish, D – yo’lovchi tashishga mo’ljallangan, haydovchi o’rnidan tashqari o’rindig’i 8 tadan ortiq avtomobillarni boshqarish, E – tirkamali transport vositalarini boshqarishga ruxsat berar edi. Endilikda guvohnomada A, V, S, D, BE, CE va DE toifalari aks ettiriladi.

Yangi nusxadagi milliy haydovchilik guvohnomasida E toifasi uchga bo’lindi, ya’ni, VE – A toifasiga kirmaydigan, to’la vazni 3,5 tonnagacha bo’lgan va haydovchi o’rnidan tashqari o’rindig’i 8 tadan oshmaydigan avtomobillarni tirkama bilan boshqarishga, SE - D toifasiga kirmaydigan, to’la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo’lgan yuk avtomobillarini tirkama bilan  boshqarishga, DE – yo’lovchi tashishga mo’ljallangan, haydovchi o’rnidan tashqari o’rindig’i 8 tadan ortiq avtomobillarni tirkama bilan boshqarishga ruxsat berilishini bildiradi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. Haydovchi uni har o’n yilda almashtirib turishi kerak.

Milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo’lgan har bir haydovchiga 2017 yil 1 oktyabrdan 2018 yilning 31 dekabriga qadar eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangisiga, ularning berilgan sanasidan qat’iy nazar, egasining yozma arizasiga ko’ra ixtiyoriy ravishda almashtirib beriladi.  2019 yilning 1 yanvaridan 2020 yilning  31 dekabriga qadar esa eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari, ularning berilgan sanasidan qat’iy nazar majburiy tartibda yangisiga almashtiriladi. 2021 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi barcha haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb topiladi.

Ushbu yangi hujjat 1 oktyabr kunidan boshlab haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tamomlaganlarga nazariy va amaliy imtihonlardan o’tganlaridan so’ng beriladi. Eski nusxadagi haydovchilik guvohnomasi va uning talonini almashtirish uchun haydovchilar o’quv tashkilotini tamomlaganligi to’g’risidagi imtihon varaqasini, haydovchilik guvohnomasini va uning talonini, tibbiy ko’rik ma’lumotnomasini, to’lov chiptasini, transport vositasining qayd etish guvohnomasini, shaxsiy pasportini, korxona yoki tashkilotlarda haydovchi bo’lib ishlovchilar ish joylaridan ma’lumotnomani (agar avtomotransport vositasi ishonchnoma qog’ozi bilan boshqarilsa ishonchnomani) taqdim etishlari shart.

Yangi namunadagi avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma ham plastikdan tayyorlanib, o’lchami 54x86 millimetrni tashkil etadi. Unda avtomototransport vositasining davlat raqam belgisi, ishlab chiqarilgan yili, avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnoma berilgan sana, avtomototransport vositasining egasi to’g’risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasining bo’limi majburiy tartibda ko’rsatiladi.

Avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi guvohnomaning orqa tomonida avtomototransport vositasi to’g’risidagi ma’lumotlar majburiy tartibda ko’rsatiladi.

Avtomototransport vositasi ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risidagi eski namunadagi guvohnomalar ham 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Shu o’rinda qayd etish lozimki, yangi nusxadagi plastik guvohnomalarda avtomototransport vositasini texnik ko’rikdan o’tkazilganligini aks ettiruvchi belgi qo’yiladigan joy yo’q. Shuni inobatga olgan holda avtomototransport vositasi texnik ko’rikdan o’tganligi to’g’risidagi talon ham joriy etiladi. Texnik ko’rik natijasi ana shu talonda aks etadi.