Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Farg’ona haqiqati": Samimiy muloqotlar VILOYAT HOKIMINING SAYYOR QABULI Samimiy muloqotlar VILOYAT HOKIMINING SAYYOR QABULI

×

 2019-04-02 21:46:49    191

PDF yuklash
Chop etish


 Yozyovon transport kasb-hunar kolleji binosida viloyat hokimi Shuhrat G’anievning sayyor qabuli o’tkazildi. Viloyat rahbari Yozyovon, Toshloq, Quva, Oltiariq, Qo’shtepa tumanlari va Marg’ilon, Quvasoy, Farg’ona, Qo’qon shaharlarida isti-qomat qiluvchi fuqarolarni qabul qildi. Jismoniy va yuridik shaxslar bilan o’tkazilgan ushbu ommaviy sayyor qabulga kelgan har bir yurtdoshimizning dardiga quloq tutilib, muammolarning echimiga e’tibor qaratildi. Hamyurtlarimizga moddiy va ma’naviy ko’mak berish uchun mutasaddi tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi. Sayyor qabulga kelgan fuqarolar orasida tadbirkorlik, qishloqdagi ko’prikni ta’mirlash, chorvachilikni rivojlantirish maqsadida er maydoni ajratish, uy ta’miri, bo’sh turgan binoni obodonlashtirish, ishga joylashish masalalarida amaliy yordam so’raganlar bo’ldi. Qabul davomida viloyat hokimiga avval uy-joy ajratish masalasi bilan murojaat qilgan farg’onalik Zilola Mamadalievaga Farg’ona shahar, Farg’ona ko’chasi, 128-uyning 44-xonadonida yashash uchun sertifikat topshirildi. – Uy-joyga oid muammoyim hal bo’lganligidan xursandman, – deydi Z.Mamadalieva. – Farzandlarim bilan endi bu uyda yayrab yashaymiz. Shuningdek, ommaviy sayyor qabulda avtokredit olish, turmush o’rtog’ining bemorligi sababli moddiy yordam ajratish, ariq va ko’chalarni tartibga keltirish, nogiron farzandini umrbodlik nafaqasiga chiqarish, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchasini qurib, tadbirkorlikni yo’lga qo’yish uchun er ajratish kabi qator boshqa masalalar ham ko’rib chiqildi. – Turmush o’rtog’im Ikromjon Samiev nogironligi sabab endoprotez olish uchun moddiy yordam so’rab viloyat hokimiga murojaat qildim, – deydi Quva tumani, Dasht qishlog’idagi Dehqonobod MFYda istiqomat qiluvchi Ra’noxon Samieva. – 2 million so’m moddiy yordam puli beriladigan bo’ldi, buning uchun oilamiz nomidan tashakkur aytaman. Sayyor qabulda mehnat yarmarkasi tashkil etilib, tashkilot va korxonalar tomonidan bo’sh ish o’rinlari taklif qilindi. Sohiba ABDURAHMONOVA. Sherzod QORABOEV olgan suratlar.