Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QORAMOL BARAKA, SIGIR XISLAT

×

 2017-04-27 15:25:08    142

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onada qoramolchilik bo’yicha yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

 

Darhaqiqat, azaldan qoramol, sigir xalqimizning oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirib keladi. Ayniqa qishloq xonadonlarini chorva hayvonlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.        

Sigir qozonni qaynatadi,  novvos to’y o’tkazadi, degan xalqona ibora zamirida ham mahalliy aholining chorvachilik sohasiga bo’lgan e’tibori, qiziqishi yotadi. 

Keyingi yillarda chorvachilikni rivojlantirish borasida qarorlar va shu sohani takomillashtirishga mo’ljallangan Dasturlar qabul qilindi. Natijada  chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari rivojlandi, qoramollar mahsuldorligi oshdi.

Ta’kidlash o’rinliki, bugungi kunda chorvachilik respublikada ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari yalpi ulushining 42,2 foizini tashkil etadi. Shu bois keyingi uch yil ichida qoramollar bosh sonini ko’paytirish borasida sa’y –harakatlar qilindi. Qoramollarning nasl va mahsuldorlik imkoniyatlarini oshirishda naslchilik-selektsiya ishlarida ham muayyan izlanishlar olib borilmoqda.

Respublikamizda qoramolchilik yo’nalishida 1674 ta loyiha amalga oshirilib, bu loyihalar asosida 48 ming 395 bosh qoramollar boqish yo’lga qo’yildi. Shu bilan birga naslchilik fermer xo’jaliklari shakllantirildi.

Viloyatimizda bugungi kunda 357 ta chorvachilik fermer xo’jaliklari mavjud bo’lib, ularda 30 ming 561 bosh qoramol parvarishlanmoqda. Go’sht etishtirish 2015 yilda 148 tonnani tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilda bu raqam 158 tonnaga etdi. Sut ishlab chiqarish o’tgan yili 2015 yilga nisbatan 600 tonnaga ko’paydi. Hisob-kitoblarga ko’ra go’sht aholi jon boshiga yiliga 46 kilogrammdan (me’yor 40), sut esa 280 kilogrammdan (me’yor 140 kg) to’g’ri kelmoqda.

O’tgan yildan buyon viloyatimizda naslchilik toifasidagi xo’jaliklarda 80 ta loyiha amalga oshirildi.

Birgina misol. Quvalik tadbirkor Isaqjon Nasriddinov 2008 yilda “Safiya Sulton” qoramolchilik, parrandachilik, quyonchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaligiga asos solgan. O’sha yili ishbilarmon fermer Germaniyadan 72 bosh qoramol olib kelgan edi. Ikki yilda  qoramollar sonini 521 boshga etkazdi.

Aholi xonadonlari, fermer xo’jaliklariga qoramol etkazib berish bo’yicha tumanda peshqadamlardan biriga aylandi. Qoramolchilikni yanada rivojlantirish, naslli zotlarni ko’paytirish maqsadida Gollandiya, Germaniya, Ukraina davlatlariga borib malaka oshirdi. Shu kunlarda tumanning  M.Rahmatov-MTP hududidagi bo’sh maydonga 2 ta korpusdan iborat 700 bosh qoramolga mo’ljallangan zamonaviy bino qurilishi yakuniga etkazilyapti. Shu kunlarda Germaniyadan 60 bosh golshtin zotli qoramol, 500 bosh sog’in sigir, 600 bosh echki keltirilishi rejalashtirilgan.

Sun’iy urug’lantirish bo’yicha laboratoriya tashkil etish ishlariga ham kirishildi. Korpuslarda avtomatik tizim joriy qilinadi. Shu bilan birga 350 ming AQSh dollari hisobiga biogaz uskunasi sotib olindi. Mazkur loyiha asosida fermer xo’jaligida 150 ta ishchi o’rni yaratiladi.

Shu kunlarda xo’jalik qoshida veterinar xizmati bo’yicha o’quv markazi faoliyat ko’rsata boshladi. 60 nafar kollej o’quvchilari sohaga doir nazariy bilimlarini mustahkamlab amaliy mashg’ulotlarda ham qatnashmoqdalar.

– Veterinariya xizmati sifatini yaxshilash zamon talabi, – deydi Farg’ona tumani Davlat veterenariya bo’limi boshlig’i Muhiddin Mirzaev. – Chorva hayvonlarini kuydirgi,  qorason,  yashur, brutsellyoz va sil kasalligiga qarshi emlash ishlari muntazam ravishda olib boriladi. Hozirgi kunda tumanimizda 16 ta QFY da veterinar mutaxassislar faoliyati yo’lga qo’yilgan. Tumanda 15 ta chorvachilik fermer xo’jaliklari bo’lib keyingi ikki yil ichida chetdan naslli qoramollar keltirilib parvarishlanmoqda. “Yordon” fermer xo’jaligi nomi nafaqat viloyatimiz, balki butun respublikamizga tanilgan. Xo’jalik rahbari Ro’zixon Mullajonova sa’y-harakatlari bilan chorva ozuqasi xo’jalikning o’zida etishtiriladi. Birgina xo’jalikka qarashli “Shohimardonsut” ishlab chiqarish korxonasida bir kunda uch tonnaga yaqin sut qayta ishlanadi.

“Volida” chorvachilik fermer xo’jaligining tashkil topganiga 17 yil bo’ldi. Ayni paytda xo’jalikka Germaniyadan 450 bosh qoramol keltirildi. Chorvachilikni rivojlantirish hisobiga eng zamonaviy uskunalar bilan ta’minlangan sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ham ishga tushirildi. Korxona bir kunda 5 tonna sutni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lib, hozirgi kunda nafaqat tumanning o’zidagi balki Farg’ona shahridagi shifoxona, ta’lim-tarbiya maskanlariga sut mahsulotlari etkazib berishda etakchi o’rinda turadi.

Darvoqe, bugungi kunda dunyo olimlari sut va sut mahsulotlarining tarkibidagi kaltsiy moddasi inson organizmi uchun eng bebaho shifo manbai ekanini ta’kidlamoqdalar. Payg’ambarimiz (s.a.v.) “Sigir sutini ichinglar, zero u o’t-giyohlardan oziqlanadi” deganlar. Sigir suti shifo, buzoq go’shti g’izodir deydi tabiblar. Abu Ali Ibn Sino esa shogirdlariga  “Men sizlarga oddiy uy qatig’ini qoldirib ketyapman”, degan ekan.

Issiq jon, umrimiz davomida turli kasalliklar, ayniqsa tumov xastaligini boshimizdan kechirganmiz. Yoki kimdir kasallik asoratlaridan o’zini asrash uchun kimyoviy dorilardan foydalanadi. Kundalik hayotimizda turli tabletkalar ichib turishga odatlanganmiz. Dorilar organizmga ijobiy ta’sir ko’rsatgani bilan kimyoviy chiqindilar bizni tark etmaydi. Har qanday zaharli chiqindini esa oddiy uy qatig’i bartaraf eta oladi. Qatiq tarkibida kaliy, kaltsiy, fosfor, xlor, rux, marganets, xrom va boshqa foydali elementlar mavjud.

Demak, tuyog’i bor uyning yog’i bor, qora qozonni sigir qaynatadi,  chorvasi bor uyning barakasi bor, kabi xalq maqollarida insonning sog’lom turmush tarzini shakllanishi, mehnatga munosabatining yuksalishi uchun munosib hikmatlar yashiringan.