Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Aprel 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Farg’ona haqiqati": Ezgu tashabbus – amalda! YoSHLARGA E’TIBOR – KELAJAKKA E’TIBOR

×

 2019-04-19 16:24:23    620

PDF yuklash
Chop etish


 


 Beshta muhim tashabbus. Ularning har biri kelajagimiz egalarining ma’naviyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilganligi bilan e’tiborga loyiqdir.

Quvasoyda 90 ming 240 nafar ko‘p millatli fuqaro istiqomat qilsa, ularning 26 ming 360 nafarini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Demak, shuncha yigit-qizning ma’naviyatli bo‘lishi, kitobga do‘st tutinishi, san’atga, musiqaga yanada yaqinlashishi, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishi, bandligi ta’minlanishi, hunar o‘rganishi, kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanishi juda muhim masala.

Quvasoy shahrida, 1-sektor hududida tashkil etilgan “Vatanparvarlar” uyida ana shu besh ezgu tashabbusning amaldagi ifodasini ko‘rish mumkin.

Erta tongdan bu maskan viloyat, shahar hokimligi vakillari, keng jamoatchilik, Quvasoy ahli, yangi xonadonga ega bo‘lgan fuqarolar, san’atga shaydo yoshlar va sportchilar bilan gavjum bo‘ldi.

“Vatanparvarlar” uyi oldida Quvasoy shahar “Barkamol avlod” markazi o‘quvchilari o‘zlarining rassomchilik qobiliyatlarini namoyish qildilar. O‘g‘il-qizlar tasvirlarida bahor, ona Vatan, tariximiz mo‘yqalamlar orqali aks etdi.

SHahardagi 1-IDUM qoshidagi yoshlar drama teatri “Vatanparvarlar” uyining ochilish marosimiga “Amir Temur” spektaklini sahnalashtirib kelgan. E’tiborlisi, yosh aktyorlarga, tengdoshlariga  ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Izzatillo Nuriddinov  rejissyorlik qiladi.

Dastlab tadbir ishtirokchilari e’tiboriga ana shu spektakldan lavha namoyish etildi. Birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga jalb etishga oid dasturlar loyihasining mohiyatini 11-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan jonli ijro qilingan qo‘shiqlar jozibasi ochib bergandek bo‘ldi.

“Vatanparvarlar” uyining ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi SHuhrat G‘aniev davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus Quvasoyda amalga oshirilayotgani, yoshlar – kelajagimiz ekan, ularga qaratilayotgan e’tibor  ertaga albatta o‘z mevasini berishini ta’kidladi.

SHuningdek, shahar hokimligi qoshidagi “Vatanparvarlar” uyida yashash imkoniyatiga ega bo‘lgan 40 ta xonadon sohiblarini yangi uylar bilan qutlab, bu uylarda el xizmatiga kamrabasta farzandlar ulg‘ayishiga ishonch bildirdi. “Vatanparvarlar” uyida qilingan har bir ishga bosh bo‘lganlarga viloyat hokimligining tashakkurini yetkazdi.

Beshinchi tashabbus loyihalaridan tikuv-trikotaj  mahsulotlari  tayyorlaydigan tsexlar tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash  masalalari o‘rin olgan.

“Vatanparvarlar” uyining birinchi qavatida joylashgan davlat xususiy sherikchilik asosidagi tikuvchilik tsexida quvasoylik ishsiz xotin-qizlar qayta o‘qitilib, shahardagi kichik sanoat zonasidagi katta korxonalar uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beriladi.

 Asosan kam ta’minlangan, boquvchisi yo‘q xotin-qizlar bu tikuvchilik kurslariga jalb etiladi, – deydi tikuv tsexi boshlig‘i Nargiza Azizova. – Ikki oy muddatda bichish, tikish o‘quv jarayonlaridan o‘tgan chevarlarimiz shahrimizdagi qo‘shma korxonalarga mutaxassis sifatida ishga qabul qilinadilar. O‘qish mobaynida ularga stipendiyalar ham beriladi.

Ayollar bandligini ta’minlaydigan va quvasoylik xotin-qizlar chiroyiga yanada chiroy qo‘shadigan “Go‘zallik saloni” ham aynan “Vatanparvarlar” uyida ish boshladi.

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi to‘rtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan.

“Vatanparvarlar” maskanida shahar hokimligi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi hamkorligida aholi va yoshlarga xizmat ko‘rsatuvchi kutubxona tashkil qilindi.

– Dam olish kunisiz ishlaydigan bu mo‘’jazgina kutubxona fondida hozircha mingta kitob bor, ammo homiylar ko‘magida kun, soat sayin badiiy adabiyotlar soni ortib bormoqda, –deydi Quvasoy shahar axborot-resurs markazi rahbari CHinnixon Xolmatova. – Yoshlar gavjum bo‘ladigan joyda kutubxonaning faoliyat ko‘rsatishi muhim ahamiyatga egadir.

 “Vatanparvarlar” uyidan 1-sektor qabulxonasi, ona va bola xonalari, “Ziynat” mahalla fuqarolar yig‘ini, shahar ayollar ijtimoiy-moslashuv markazi ham o‘rin olgan.

Viloyat rahbari ana shu maskanlar va kutubxona faoliyati bilan tanishdi. Quvasoyliklarning beshta muhim ezgu tashabbusni amalga tatbiq etishdagi harakatlariga ijobiy baho berdi. Yoshlarga, Quvasoy ahliga xizmat ko‘rsatuvchi har bir joy davlatimiz rahbarining yoshlarga bo‘lgan e’tibori tufayli bunyod bo‘lganligini e’tirof etdi.

Darhaqiqat, uchinchi tashabbusda nazarda tutilgan, maskandagi kompyuter xonalarida yoshlar bu borada o‘z savodxonligini oshiradilar, o‘quv markazi quvasoyliklarning kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilimlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Quvasoy shahridagi Xalq qabulxonasida boshpanaga muhtoj fuqarolarning murojaatlari o‘rganib chiqilib, shu kuni xususiylashtirish huquqisiz, ijara shartnoma asosida xonadondan foydalanish imkoniyatini beruvchi  muddatli sertifikatlar uy egalariga topshirildi.

Viloyat hokimi SHuhrat G‘aniev yangi xonadonga ega bo‘lgan quvasoyliklar bilan suhbatlashdi.

Orzixon Qodirova va SHokirjon Qosimovlar sayyor qabullardan birida viloyat rahbariga uy-joy masalasida murojaat qilgan edilar. SHahar hokimiyati tomonidan ularga bir xonali uy ajratilishini eshitib, o‘shanda ishonmagandilar. Bugun orzu haqiqatga aylanib, ularga uy ajratildi, yashash huquqini beruvchi sertifikat taqdim qilindi.

–       Barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan, yasatilgan uyga chol-kampir kirib keldik, – deydi boshpanasi bo‘lmagan fuqarolardan biri Orzixon Qodirova. – Bu yerdagi sharoitni ko‘rib, judayam xursand bo‘ldik. Bu e’tibor uchun Prezidentimizga, viloyat  va shahar hokimiga minnatdorchilik bildiraman.

 Xuddi shu kabi o‘z kichik Vataniga bugun ega bo‘lgan Oydinoy va hech kimi yo‘q Sardorboy Sobirovlar yaqinda turmush qurishgandi. Bu yosh kelin-kuyovlar ham uyli bo‘lishdi. Qarindoshlar yosh oila vakillarining ota-onasidek g‘amxo‘r bo‘lgan davlatimiz, Prezidentimizga rahmatlarini chin dildan aytishmoqda.

Ta’kidlash o‘rinliki, “Vatanparvarlar” uyi hovlisida bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari mavjud.

18 aprel kuni ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha yugurish va velomarafonlar uyushtirilib, g‘oliblar munosib taqdirlanganliklari quvasoylik o‘g‘il-qizlar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Quvasoy shahar “Huvaydo” Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida esa beshta tashabbusni o‘z ichiga olgan “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi qurilishi avjida. Bu yerda fitnes klubi, zamonaviy kutubxona, kompyuter markazi, savdo majmuasi, tadbirkorlar uchun muzokaralar zali, ishbilarmonlar uchun ofis, 5 ta mehnat guzarlari tashkil etiladi. Velodrom, ko‘cha sportiga alohida e’tibor qaratiladi.

30 iyun – Yoshlar kuniga bitkazilishi mo‘ljallanayotgan markaz ish boshlashi bilan 100 nafarga yaqin quvasoylik yigit-qizning bandligi ta’minlanadi.

Beshta tashabbus bo‘yicha keng qamrovli ezgu harakatlar yoshlar bilan ishlash masalalarida namunali viloyatga aylantirilayotgan Farg‘onada boshlab yuborildi va bu izchil davom ettirilmoqda.

Sohiba ABDURAHMONOVA.

Suratlarni Muqimjon QODIROV olgan.