Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Aprel 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Axborot xizmati: FARG‘ONADA SMART CITY LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH UCHUN MEMORANDUM IMZOLANDI

×

 2019-04-19 18:03:13    681

PDF yuklash
Chop etish


 Farg‘ona viloyatida Janubiy Koreyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda “Aqlli shahar” quriladi. Ushbu loyihasiga Janubiy Koreya tomonidan 800 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha ishga tushgach, kelajakda ko‘plab investorlarni jalb qilish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Chunki bu region ilg‘or koreys Erkin Iqtisodiy Zonalari standartlariga muvofiq shakllantiriladi. Janubiy Koreya investorlari sifatida “Chxong-xe Injiniring” kompaniyasi vakillari Kim Yong Jun, Ryu Sang Gyun, Kim Tae Xyong, Lian Nikolaylar Farg‘onaga tashrif buyurdilar. Farg‘ona viloyati hokimligi va Janubiy Koreyaning “Chxong-xe Injiniring” aktsionerlik jamiyati o‘zaro hamkorligida Farg‘ona viloyatida Erkin Iqtisodiy Zona va Aqlli shahar rivoji va ushbu sohada zaruriy chora-tadbirlarni bajarish uchun memorandum imzolandi. Unga ko‘ra Uchko‘prik tumanida 250 ga yer maydonida “Aqlli shahar” loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Memorandumda hududlarning taqsimlanishi, SmartCore, ya’ni biznes markazlashtirilishi, ma’muriyat, yuqori texnologiyali industriya, R&DPlaza – AT vodiysi, oliy ma’lumot, shuningdek, yashash hududlarining markazlashtirilishi, aholini joylashtirish va chet elliklar oqimi kabi masalalar o‘z aksini topgan. Aqlli shahar qurilganidan so‘ng yangi investorlarni jalb qilish hisobiga 2 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.

Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati