Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONANING ISTIROHAT BOG’LARI

 2017-04-27 15:35:40    166

PDF yuklash
Chop etish


eng go’zal,  xushmanzara maskanlariga aylanadi

 

Farg’onaliklarning bunyodkorlik, obodonchilik, ko’kalamzorlashtirish borasidagi salohiyatini butun respublikamizga ibrat qilib ko’rsatsa arziydi.

Sohibkorlar endilikda navaqat mevazor bog’lar, balki noyob manzarali daraxtlar galareyalari, turli shakldagi gulzorlar yaratishda nom qozonishgan. Manzarali daraxt ko’chatlari, gul nihollari ekib parvarishlashda tajriba to’plagan bog’bon-ishchilarning sa’y-harakatlari bilan bugungi kunda viloyatimizda mavjud 11 ta madaniyat va istirohat bog’larida mutlaqo yangicha tabiat manzaralari barpo etilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabr kungi “2011-2015 yillarda madaniyat va istirohat bog’larining moddiy – texnika bazasini  mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi 322-sonli qarori ijrosi bo’yicha  viloyatimizda dasturga kiritilgan istirohat bog’larida bunyodkorlik,obodonlashtirish jarayonlari davom etmoqda.

2016 yil 29 dekabrda xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashining Marg’ilon shahridagi markaziy istirohat bog’ini “Erkin Vohidov nomidagi madaniyat va istirohat bog’i deb nomlanishi to’g’risida”gi qarori bu bog’ ijod ahlining diltortar go’shasiga aylanishiga mustahkam zamindir.

Shu kunlarda istirohat bog’ining 10,2 gektar maydonida qizg’in rekonstruktsiya ishlari boshlandi. Bog’ hududidagi nisbatan eskirgan, yaroqsiz holga kelib qolgan binolar, attraktsionlar ko’chirildi.  O’rniga yangi bosh rejaga asosan 600 o’rinli amfiteatr, yoshlar markazi, musiqali favvoralar, zamonaviy attraktsionlar qurish rejalashtirildi. Bu borada eng yaxshi namunaviy savdo tanlovlari o’tkaziladi. G’oliblarning loyiha takliflari o’rganib chiqiladi.

Shu kunlarda maskan katta hashar maydoniga aylangan. Shahardagi 54 ta mahalladan jonkuyar faollar, shahar xalq ta’limi, sog’liqni saqlash tizimi tomonidan biriktirilgan ishchi-hasharchilar birinchi bosqichdagi ishlarni nihoyasiga etkazishyapti. Bog’ hududidagi dekorativ daraxtlar majmuasiga shakl berildi. Yana uch ming tupdan ziyod noyob daraxt ko’chatlari o’tqazish, 6 turdagi mavsumiy gullar ekish uchun joy tayyorlandi.  Erkin Vohidov nomli muzey zali kapital rekonstruktsiya qilishga kirishildi.

Bog’ hududida osh markazi, kulgu xonasi zamonaviy qahvaxona, istirohat bog’iga monand o’rindiqlar maskan fayziga-fayz qo’shsa, tibbiyot punkti, qulay chiqindi qutilari aholi salomatligi va tabiat musaffoligini muhofaza qiladi.

O’zining ko’hna tabiat yodgorliklari lola, shafran, eman, qarag’ay daraxtlari bilan soya-salqin go’shaga aylangan viloyatimiz markazidagi Ahmad al-Farg’oniy oromgohida ham ta’mirlash, obodonchilik ishlari davom etyapti. Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosi asosida oromgoh hududida “Nuroniylar maskani” hamda “Nuroniy” jamg’armasi Farg’ona shahar bo’limi binosi barpo etildi. Bino qurilishiga 300 mln. so’m mablag’ sarflandi. Eng sara badiiy va ilmiy adabiyotlardan tarkib topgan kutubxona, zamonaviy jihozlangan tibbiyot punkti, trenajyorlar bilan ta’minlangan davolash-jismoniy tarbiya zallari, shaxmat-shashka klubi va choyxonaga tashrif buyurayotgan nuroniylar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Maskan hududida 600 tup manzarali daraxt ko’chatlari, 2 ming tup gul nihollari ekilib ko’kalamzorlashtirildi.

– Mazkur istirohat bog’i hududida bosh reja asosida  kapital ta’mirlash ishlariga kirishilgan ,– deydi majmua direktori G’anijon Bo’ronov.- Bog’ hududi chegarasidagi to’siqlar, ko’rimsiz savdo shoxobchalari olib tashlandi. Eski attraktsionlar ko’chirildi. Bog’ ichidagi yo’laklar qayta ta’mirlanishi, yangicha shaklda gulzor va maysazorlar yaratish, musiqali favvoralar qurish belgilandi.

Bog’lar tabiatning tirik obidasi bo’lgan yashillik olami bilan ko’rkam bo’ladi. Bu borada viloyatimizning barcha shahar-tumanlaridagi madaniyat va istirohat bog’larida ko’kalamzorlashtirish ishlari yaxshi yo’lga qo’yildi. Bog’lar hududlariga sosna, igna  bargli daraxtlar, yapon soforasi ko’chatlari ekildi. Navro’z bayramiga tayyorgarlik jarayonlarida 6 turdagi mavsumiy gul ekish va parvarishlash yumushlari yuqori darajada tashkillandi.