Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O'zA: Bir yil Farg‘ona viloyatida sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish yili bo‘ladi

×

 2019-05-08 14:03:58    76

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahrida viloyat faollari, vazirlik va idoralar rahbarlari, nuroniylar, tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev so‘zining avvalida yig‘ilganlarni, butun xalqimizni Ramazon oyi hamda yaqinlashib kelayotgan Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.
2018 yili Farg‘ona viloyatida sanoat 8 foiz, xizmat ko‘rsatish 9 foiz, o‘zlashtirilgan investitsiyalar 1,5 barobar o‘sgani qayd etildi. Lekin aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi hududiy mahsulot respublika ko‘rsatkichidan ancha pastligi, Qo‘shtepa, Furqat, Oltiariq, Farg‘ona, Yozyovon tumanlarida sanoat rivojlanmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois viloyatni 2019-2020 yillarda rivojlantirish bo‘yicha umumiy qiymati 26 trillion 401 milliard so‘mlik 643 ta loyihadan iborat yangi hududiy investitsiya dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dastur doirasida 2,5 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtiriladi va 31 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. 
Masalan, Beshariq tumanida «Farg‘ona Yasin qurilish mollari» korxonasida 200 million dollarlik loyiha amalga oshirilib, joriy yilda 800 ming tonna va keyingi yildan 1,2 million tonna sement ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Qo‘qon shahrida «Indorama» kompaniyasining 70 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi hisobidan Qo‘qon superfosfat zavodi modernizatsiya qilinib, fosforli o‘g‘it ishlab chiqarish quvvatlari 100 ming tonnadan 375 ming tonnaga yetkaziladi. Uchko‘prik tumanidagi «Shaffof omadli sanoat» korxonasida jami 30 million dollar sarmoya hisobidan avtomobillar uchun yiliga 350 ming dona gaz ballonlari hamda 2020 yildan yuk ko‘taruvchi elektr karalar, mini-traktorlar va qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun uskunalar ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunday loyihalar ko‘p.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga dasturdagi har bir loyihani amalga oshirish bo‘yicha tarmoq jadvallarini tasdiqlab, ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi.
- Farg‘ona viloyati investitsiya olib kelish, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir yil favqulodda holatda ishlaydi. Kelgusi yil may oyigacha hokimliklar ham, tegishli vazirliklar ham hisobot beradi. Bir yil shu tizimda ishlasak, hammasi ayon bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoev.

O'zA