Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

O'zA: Aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish choralari ko‘rsatib o‘tildi

×

 2019-05-08 14:06:23    183

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Shavkat Mirziyoev Farg‘ona viloyati faollari ishtirokidagi yig‘ilishda aholini ish bilan ta’minlash, daromadlarini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 
«Har bir oila - tadbirkor» dasturi doirasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan oilalarni aniqlab, ikki-uch oy ichida ularga jami 486 milliard so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlarni to‘liq ajratish zarurligini ta’kidladi.
Farg‘ona – mohir hunarmandlar, usta dehqonlar yurti. Bu yerning ko‘nchilik, bog‘dorchilik an’analari – tayyor brend.
Bundan foydalanib, viloyatda charm va poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, «Charm-attorlik markazi»ni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Kelgusi ikki yilda Oltiariq tumanida 3 ming gektar maydonda uzumchilik, Quva tumanida 2 ming gektarda anorchilik, Quvasoy shahrida 2 ming gektar maydonda giloschilik klasterlari tashkil etilishi ma’lum qilindi. Ushbu klasterlar o‘zlari meva yetishtirish bilan birga aholidan ham sotib oladi. Buning uchun xonadonlarga 15 million dona uzum, 10 million dona gilos va 5 million dona anor ko‘chatlari yetkazib beriladi. Bu ham aholi daromadlarini, ham viloyat eksport salohiyatini oshiradi.
Yaqin yillarda Oltiariq tumanini to‘liq uzum yetishtirishga ixtisoslashtirish, ilmiy tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universiteti olimlarining tavsiyalari asosida bog‘ va tok qator oralarida bozorbop sabzavotlar yetishtirish rejalashtirilgani ta’kidlandi.

O'zA