Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKORLIKNING JADAL RIVOJLANIShI

 2017-04-27 15:38:57    84

PDF yuklash
Chop etish


o’z egaligidagi mulkni to’g’ri tasarruf etish va undan samarali

foydalanishni taqozo etadi

 

 Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 23 fevral kungi “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishda ijobiy natijalarga erishilganiga qaramay, ayrim tadbirkorlarning qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalana olmayotganligi tanqid va tahlil ruhida ta’kidlab o’tildi.

Bu borada mutasaddi idoralarga avval xususiylashtirilgani holda bugungi kunda foydalanilmay turgan mulklarni yalpi xatlovdan o’tkazish, ulardan samarali foydalanilishini yo’lga qo’yish maqsadida idoralararo komissiya tuzish va ushbu komissiya ishini tashkil qilish orqali qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bilan birgalikda ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlarini tashkil etish vazifasi yuklatildi. Yangi ish joylari yaratish bo’yicha investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun tadbirkorlar tomonidan ruxsatnoma hujjatlarini va tijorat banklarining kreditlarini olishda ularga yordam berish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Unga asosan davlat tomonidan xususiy mulk qilib berilgan (shu jumladan ustav kapitaliga berilgan, sotilgan va boshqa shaxsga berilgan) ko’chmas mulk ob’ektlari, keyinchalik mulkdorlar o’zgarganidan qat’i nazar, ilgari xususiylashtirilgan binolar, noturarjoy va qurilishi tugallanmagan ko’chmas mulk ob’ektlari sifatida e’tirof etilishi;

ilgari xususiylashtirilgan binolar va noturarjoy umumiy maydonining 50 foizdan ko’prog’i (bir bino yoki noturarjoy konturi doirasida) so’nggi 12 oy mobaynida tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish)da foydalanilmay kelingan bo’lsa, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari sifatida qayd etilishi;

qurilish loyiha-smeta hujjatida belgilangan normativ muddatlarda tugallanmagan, qurilishning belgilangan normativ muddati mavjud bo’lmagan taqdirda — qurilish boshlangan sanadan boshlab 24 oy mobaynida qurib bitkazilmagan hollarda ilgari xususiylashtirilgan ko’chmas mulk ob’ektlari qurilishi tugallanmagan ob’ektlar sifatida e’tirof etilishi ko’zda tutildi.

Qarorga muvofiq ilgari xususiylashtirilgan qurilishi tugallanmagan ob’ekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni negizida investitsiya loyihasi amalga oshirilmagan hollarda mulk va er solig’i navbatdagi hisobot yilidan boshlab ikki karra miqdorda oshiriladi. Ayni jarayonda har bir keyingi hisobot yilida ikki karra miqdorda, ammo olti karradan ko’p bo’lmagan oshirib boriluvchi miqdor qo’llanilishi belgilab  qo’yildi.

Hozirgi kunga qadar viloyatimizda  idoralararo ishchi komissiyasi tomonidan avval xususiylashtirilgan 3325 ta ob’ektlarning ahvoli xatlovdan o’tkazildi. Xatlov davomida foydalanilmayotgan yoki qisman foydalanilayotgan ishlab chiqarish bino-inshootlari egallagan er maydoni 2 ming kvadrat metrdan ortiq bo’lgan 136 ta ob’ektlarning mulkdorlariga ushbu ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida loyihalar ishlab chiqish bo’yicha yozma ravishda taklif bildirildi. Loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan imtiyozli kredit mablag’laridan foydalanish hamda yangi ish o’rinlari yaratish borasida ogohlantirish xatlari taqdim etildi.