Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Yoshlar Ittifoqi: FARG'ONADA YANA BIR "YOSHLAR MARKAZI" FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2019-05-19 13:55:21    137

PDF yuklash
Chop etish



Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, ularni ish bilan taʼminlash maqsadida Buvayda tumanida “Yoshlar markazi” tashkil etildi.

Marosimni viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev ochib berdi. Shuningdek, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Ahadjon Akbarov so’zga chiqib, markazning ochilishi tuman yoshlari uchun katta imkoniyat yaratishi, undan yoshlarimiz unumli foydalanishlari lozimligi haqida ta’kidlab o’tdi.

655 mln. soʻm mablagʻ evaziga bunyod etilgan ushbu “Yoshlar markazi”da kutubxona, koreys, rus va ingliz tillari, kompyuter savodxonligi toʻgaraklari, badiiy gimnastika hamda maqom toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, “Yoshlar” bogʻida 5 ta tashabbus boʻyicha madaniyat, sport, kitobxonlik, kompyuter savodxonligi hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash maqsadida 5 ta bekat tashkil etildi.

Yoʻnalishlar boʻyicha 12 ta loyiha asosida jami 480 mln. soʻmli imtiyozli kreditlar berilib, 266 nafar yoshlar bandligi taʼminlandi:

Yakka tartibdagi tadbirkorlardan Shahnoza Yuldasheva va Sarvar Meliyev kitob doʻkoni ochish uchun 60 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, 4 nafar yoshni; ikkinchi tashabbus boʻyicha Shokirjon Mamasodiqov va Eldor Hamroqulov jami 110 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, 12 nafar yoshni ish bilan taʼminladi. Uchinchi tashabbus boʻyicha “Qimmatxon dizayn” oilaviy korxonasi, Murodil Muhammadaminov va Nodirjon Meliyev jami 70 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, 6 nafar yoshni; beshinchi tashabbus boʻyicha Toxir Dehqonov, Ravshanoy Parpiyeva va Maftuna Sayidgʻoziyeva jami 220 mln. soʻm imtiyozli kredit olib, 80 nafar yoshni ish bilan taʼminladi.

“Yoshlar markazi”ning ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan yugurish marafoni 550 nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.

Elimiz ardog’ida bo’lgan san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar esa barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi