Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Axborot xizmati: Shuhrat G'aniyev Xitoy Xalq Respublikasida

×

 2019-05-30 10:28:10    141

PDF yuklash
Chop etish


XITOY XALQ RESPUBLIKASI. 29-may kuni viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya XXRga yetib keldi. Dastlabki uchrashuv “Shanxi Zongya Building Materials” kompaniyasi bosh ofisida bo’lib o’tdi.

 

 Mazzkur kompaniya Farg’ona viloyatida qurilish materiallarini ishlab chiqarish investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Uchrashuv davomida viloyat hokimi ushbu kompaniya tomonidan Farg’ona viloyatining sanoati rivojlanmagan hududlarida ham investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, mazkur kompaniya tomonidan qurilayotgan mehmonxonalar va qurib bitkazilgan mehmonxonalar faoliyati bilan tanishdi.

 

Kompaniya bosh direktori janob Gvan kelajakda Farg’ona viloyatida mehmonxona va turar-joy kompleksi qurilishi bo’yicha qator loyihalar rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Tomonlar kelgusida ham o’zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Ikkinchi uchrashun Shanxi provintsiyasi gubernatori janob Liu Guozhong bilan bo’lib o’tdi. U viloyatimiz hokimi Sh.G’aniyevni o’z qarorgohida qabul qildi. Gubernator janoblari Shanxi viloyatiga tashrif buyurganlaridan mamnun ekanligini aytib, ushbu tashrif XXR va O’zbekiston hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

 

Janob Liu viloyat hokimiga Shanxi provintsiyasining aholisi, iqtisodiyoti, geografik joylashuvi, provintsiyada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bo’yicha ma’lumot berdi. Shuningdek, XXR komiteti raisi Szan Zi Pin tomonidan ilgari surilgan “Bir makon, bir yo’l” tahsabbusi mamlakatlarimizni barcha jabhalarda yanada ko’proq o’zaro manfaatli hamkorlik qilishga muhim omil bo’lishini ta’kidlab o’tdi.

 

Viloyat hokimi Sh.G’aniyev o’z so’zida joriy yilning 25-27///kunlari Pekin shahrida o’tkazilgan “Bir makon, bir yo’l” Forumida yuqori martabali mehmonlar qatorida ishtirok etganlari hamda ushbu tashabbus barcha farg’naliklar tomoinidan qo’llab-quvvatlanganini ma’lum qildi.

Uchrashuv qatnashchilariga Farg’ona viloyatining imkoniyatlari, salohiyati, investitsion jozibadorligi, viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan Xitoy kompaniyalari bo’yicha ma’lumot berildi. Viloyatlar o’rtasida iqtisodiyot, ta’lim, fan, sog’liqni saqlash yo’nalishlarida hamkorlik qilish istiqbollari bo’yicha fikr almashildi. Farg’ona va Shanxi viloyatlari tadbirkorlari o’rtasida  hamkorlikni kuchaytirish, viloyatimizga Xitoy investitsiyalarini va now-howlarni olib kirishga alohida urg’u berish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur tashrif kelajakda viloyatlar o’rtasida birodarlik aloqalarini o’rnatish uchun tamal toshi bo’lganligi e’tirof etildi. Uchrashuv yakunida viloyat hokimi sharafiga rasmiy bayram dasturxoni tashkil etildi.