Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

:Axborot xizmati:: 30 IYuN – YoShLAR KUNIGA BAG‘IShLANGAN MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

×

 2019-06-28 19:44:58    122

PDF yuklash
Chop etish




Barchamizga ma’lumki, iyun oyi – yurtimizda ilk marotaba “Yoshlar oyligi” sifatida belgilandi. O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 25 avgust kungi “Yoshlar kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-437-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyul kungi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, 1 iyundan 30 iyungacha “Yoshlar oyligi”ni o‘tkazish va 30 iyun – “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash maqsadida viloyatda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. 
Bugun 28 iyun kuni “30 iyun – Yoshlar kuni” bayrami munosabati bilan viloyatda o‘tkaziladigan chora-tadbirlar doirasida Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati tashabbusi bilan viloyatdagi jurnalistlar, yoshlar bilan ishlovchi hamkor tashkilotlarning axborot xizmati xodimlari, blogerlar uchun matbuot anjumani chaqirildi. 
Viloyat axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tgan ushbu matbuot anjumani Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi viloyat boshqarmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi, “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Fayzulla Qosimov, jurnalistlar uyushmasi rahbari Muhammadjon Obidov, Agentlik viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Jabborov, viloyatdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari – FarDU va Farg‘ona politexnika instituti prorektorlari va yoshlar vakillari ishtirok etdilar.
Matbuot anjumanini viloyat hokimligining matbuot kotibi Gulbahor Saidg‘aniyeva olib bordi. Viloyat hokimi o‘rinbosari F.Qosimov anjumanni ochib berdi. 
Anjumanda Yoshlar Ittifoqi viloyat kengashi raisi Ahadjon Akbarov ma’ruza qildi, Yoshlar Ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot berdi va bayram arafasida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Anjuman ishtirokchilari ittifoqning yoshlar hayotidagi o‘rnini belgilovchi jihatlari yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. 
M.Obidovning Surxondaryodagi afg‘on-o‘zbek markazida o‘qiyotgan yoshlarning Farg‘onaga kelib juda havas qilgani haqidagi fikrlari barchaga ta’sir qildi. Matbuot anjumanining birinchi qismi ushbu savol-javob va munozaralardan so‘ng yakunlandi. 
Tadbirning ikkinchi, amaliy qismida ishtirokchilar “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan loyihalar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini boshlagan ob’ektlarga press-turda qatnashdilar. Farg‘ona shahridagi klinik-diagnostika tadqiqotlari olib boradigan, eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan “Dentimo medikal” MChJ kattalar va bolalar diagnostika markaziga sayohat juda qiziqarli bo‘ldi. 
Shundan so‘ng shahrimizdagi “Aziya Fergana” mehmonxonasi majlislar zalida ushbu jamg‘arma bir yillik faoliyatining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jamg‘armaning Farg‘ona shahar filiali rahbari A.Shodmonov jamg‘arma mablag‘laridan imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafilliklar berish tartibi bo‘yicha ma’lumot berdi. Taqdimotdan so‘ng jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha jamg‘arma rahbarlari va xodimlariga savollar bilan murojaat qildilar.
Ushbu jamg‘arma tomonidan kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha Farg‘ona viloyati respublikada birinchi o‘rinni egallab turibdi. Bugungi kunga qadar 153 ta loyiha bo‘yicha jami 28 mlrd.so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilib, 1200 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ammo bu hali barcha mablag‘ to‘liq o‘zlashtirildi, muammolar hal bo‘ldi, degani emas. “Yoshlar - kelajagimiz” dasturi doirasida 2019 yil yakuniga qadar jami 6917 mingga yaqin yoshlarning bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.