Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 89 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

IQTIDORLI YoShLAR TAQDIRLANDI

×

 2019-07-22 20:48:38    116

PDF yuklash
Chop etish




Bugun 22 iyul kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida Farg‘ona viloyatidagi iqtidorli yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, viloyatdagi faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Viloyatimizda yoshlar aholining 60% ini tashkil etadi. Yoshlarning mehnat faoliyati, ijodiy faoliyatini tashkil etish, iqtidorini ro‘yobga chiqarish uchun Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida aniq chora-tadbirlar belgilanib, ularni amalga oshirish uchun sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Farg‘ona shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”, Buvayda tumanidagi “Yoshlar markazi”, Rishton tumanidagi “Yosh hunarmandlar markazi” hamda “Mehnat guzari”ning ochilishi so‘zimizning dalilidir.
Yoshlar kuni arafasidagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvida esa iqtidorli, bilimli yoshlar kashf etildi.
Yaqindagina Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev tashabbusi bilan Mustaqilligimizning 28 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ham yoshlar vakillari ishtirok etib, hokim ma’ruzasida Vatan so‘zining mazmuni, shiorning mazmun-mohiyatiga keng to‘xtalingan edi. Bunda qatnashgan yoshlarga tinch, osuda, farovon yashash nimaning evaziga kelganligi va ushbu barqarorlikni saqlab yoshlarimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish ham o‘z-o‘zidan bo‘lmasligi aytildi.
Taqdirlash marosimida Farg‘ona viloyati hokimi, Oliy Majlis senati a’zosi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqib, kelajakka, katta hayotga qadam qo‘yayotgan, oliy ta’lim muassasalariga kirishga chog‘lanib turgan yoshlarga o‘z dil so‘zlarini bildirdi. Tashabbuskor bo‘lish, doim oldinga intilish, maqsad sari borish kerakligi uqtirildi. O‘z so‘zi yakunida yoshlar vakillarini taqdirlash haqida viloyat hokimi farmoyishini o‘qib eshittirdi. 
Farmoyish bilan o‘z bilimi, iqtidori bilan faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh tashabbuskor yoshlar viloyat hokimining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. 16 ta kompyuter, 10 ta zamonaviy planshet mukofot tariqasida berildi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishdagi tashabbuskorligi va yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi hamda yoshlar bandligini ta’minlashda “Farg‘ona viloyati tajribasi”ni namunali tashkil etganligi uchun Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M.G‘aniyev ham O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi raisi Q.Quronboyevning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Tadbirda o‘z minnatdorchiliklarini hamda yangi g‘oya va takliflarini bildirish uchun Uchko‘prik tumani Yoshlar Ittifoqi bo‘limi sardori Asilbek Obidov, Toshloq tumanidan 11-sinf o‘quvchisi Husnora Ibrohimova, Rishton tumanidan yoshlar faoli, FarDU talabasi Zulxumor Mahmudjonovalar so‘zga chiqdilar.
Tadbir so‘ngida viloyat hokimi 5 muhim tashabbus doirasida yangi g‘oyalar, tashabbuslar bo‘yicha Yoshlar murojaatnomasini qabul qilib, shu bo‘yicha o‘z tashabbuskorligi, innovatsion g‘oyalari, amaldagi harakatlari bilan faol qatnashgan 5 nafar yoshlar vakillariga Farg‘ona shahrida yangi ochilayotgan Janubiy Koreya respublikasining Xalqaro Seojeong universiteti filialida bepul o‘qib ta’lim olish uchun yo‘llanma berilishini e’lon qildi. Tanlov 25 avgustda yakunlanadi. 5 ta bepul o‘qishga yo‘llanma, amaliyot uchun Koreyaga safar iqtidorli yoshlarni kutmoqda.

Gulbahor Saidg‘aniyeva,
Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari