Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

FARG‘ONA - XALQARO INVESTITsIYa FORUMI BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2019-08-07 09:00:05    81

PDF yuklash
Chop etish


“FARG‘ONA – XALQARO INVESTITsIYa FORUMI”

Kirish: VILOYaT HAQIDA

Farg‘ona – Markaziy Osiyoning gavhari, yirik industrial va madaniy markazlardan biri sanaladi. Viloyat aholisi 3,8 million nafarni tashkil etib, uning umumiy maydoni 6,8 ming kv.metrdir. Ma’muriy tarkibida 4 ta shahar va 15 ta tuman mavjud. Farg‘ona viloyati yer osti va yer usti tabiiy boyliklari, mo‘’tadil iqlimi bilan ajralib turadi. 
Hududda kon-metallurgiya, kimyo, energetika, neft-gaz, mashnasozlik va qurilish materiallari tarmoqlarining eng yirik sanoat korxonalari faoliyat olib bormoqda. Neft, uran, granit, marmar, gips kabi o‘ndan ortiq noyob tabiiy qazilmalari bilan mashhur. 1,2 million tonna neft mahsulotlari, 351,4 ming tonna turli kimyoviy mahsulotlar va mineral o‘g‘itlar, karbamid, selitra, superfosfatni yuqori darajada ishlab chiqarish salohiyatiga ega.
Farg‘onaning 136 ta arxitektura, 113 ta arxeologik, 38 ta turli madaniy yodgorliklari, 84 ta diqqatga sazovor joylari, yuzlab bebaho tarixiy obidalari dunyo sayyohlarini hamisha o‘ziga jalb etadi. Rishton kulolchiligi, Marg‘ilon ipakchiligi, Qo‘qon hunarmandchiligi jahonda dovrug‘ qozongan. 
Viloyatda to‘qimachilik, tikuv-trikotaj, mato ishlab chiqarish sanoati juda yaxshi rivojlangan. Yalpi hududiy mahsulot hajmi 2018 yilning so‘nggida 3 million dollardan ortiqni tashkil qilgan bo‘lsa, bunda sanoatning ulushi yuqori bo‘ldi. Mahsulotlar hajmi 536,5 million dollarga yetib, unda yengil sanoat mahsulotlarining hissasi kattadir. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari eskporti bo‘yicha Farg‘ona viloyati O‘zbekistonda yetakchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydon 564,4 ming gektarni tashkil etib, bog‘lar, poliz ekinlari, uzumchilik, kartoshkachilik, boshoqli ekinlar, sabzavotchilikka alohida ahamiyat qaratiladi.

HAMKORLIK ALOQALARI

Farg‘ona viloyati bilan Janubiy Koreyaning Inchxon, Gvanju, Rossiyaning Vologda, Perm, Orenburg, Ufa, Belarusiyaning Gomel, Latviyaning Riga, Xitoyning Xubey, Shansi, qo‘shni davlatlardan Tojikistonning So‘g‘d, Qirg‘izistonning Batken viloyatlari o‘rtasida yaqin iqtisodiy hamkorlik va do‘stona aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Xitoy, Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlarning yirik investorlari ishtirokidagi qo‘shma va xorijiy korxonalar ishlab turibdi. 
2019 yilda viloyatda 46 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar yangidan tashkil etilib, ularning soni 329 taga yetdi. Xorijiy investorlarning Farg‘onaga bo‘lgan ishonchining kundan kunga ortib borishi, xorijlik ishbilarmonlarga yaratilgan qulay muhit va imkoniyatlar natijasida keyingi 2 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etish hajmi qariyb 5 marotabaga o‘sdi. Hududning iqtisodiy salohiyati va investitsion jozibadorligi tobora ortib, atrofdagi biznes doira vakillari e’tiborini tortib ulgurdi.
Farg‘ona viloyatida 2019 yilning may oyidan 2020 yilning may oyigacha xorijiy investitsiyani jalb etishni keskin oshirish va sanoatni rivojlantirish bo‘yicha “Zarbdor yillik” e’lon qilinib, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish hajmini oshirish borasidagi vazifalar belgilab olingan.

BIZNES FORUM HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 iyuldagi farmoyishiga ko‘ra, viloyatning iqtisodiyot va investitsiya salohiyati yanada yuksaltirish maqsadida Farg‘ona shahrida joriy yilning 7-8 avryst kunlari “Farg‘ona – Xalqaro investitsiya forumi” bo‘lib o‘tmoqda. 
Bu Forumda Janubiy Koreya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Eron, Rossiya, Turkiya, Belorussiya va qo‘shni 28 ta davlatning yirik investorlari, 12 ta davlatning elchilari tashrif buyuradilar.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning ochiqligini ta’minlash va qulay investitsiya myhitini yaratish maqsadida xorijiy davlatlarning biznes hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar vakillari viloyatimizdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun mavjud salohiyat, imkoniyatlari bilan tanishtiriladi.
Forum davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda viloyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni ko‘zda tutadigan kelishuvlar imzolanadi. 
Ishtirokchilar e’tiboriga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilarning “Farg‘onada ishlab chiqarilgan” nomi ostida mahsulotlar ko‘rgazmasi, investitsiya loyihalari va foydalanilmayotgan, foydalanishga tayyor sanoat binolarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi. 
Mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga tashrif tashkil etilib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoni yaratiladi. Xorijiy mehmonlar ychun istiqbolli investitsiya loyihalarining, bo‘sh turgan bino, inshoot va yer maydonlarining taqdimoti o‘tkaziladi.
Investitsiya forumi doirasida Farg‘ona viloyati hokimligi rahbarlari ishtirokida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun manbuot konferensiyasi tashkil etiladi.
“B2G” va “V2V” formatlaridagi kooperatsion birjalar o‘tkazilib, kelishuvlar imzolanadi. Soha mutaxassislarining ma’ruzalari va Forumga tashrif buyurgan xalqapo moliya instituti vakili yoki xorijiy investorlar fikrlari tinglanadi. 
Farg‘ona viloyatining diqqatga sazovor joylari va hunarmandchilik an’analari bilan tanishilib, investitsiya forumi ishtirokchilari ychyn madaniy dastur va milliy liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. 
O‘tayotgan Forum mahalliy va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida biznes-moliyaviy hamda do‘stona aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash, yangi kelishuvlar va shartnomalarni imzolash jihatidan katta ahamiyatga ega. Ushbu xalqaro tadbir tomonlarga manfaatli hamkorlik va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyatdir.

8 avgust kuni Forum barcha uchun ochiq. Tadbirkorlar va aholi qatnashishlari mumkin.

Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati