Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

"Hordiq.uz" Farg'ona viloyati hokimidan uzr so'radi.

×

 2019-10-18 11:43:39    262

PDF yuklash
Chop etish


“Farg'onada adolatsizlik! Hokim yana uzr so'raydimi?!” maqolasiga raddiya

2019 yil 15 oktyabr kuni saytimiz muxbiri Mohigul Diyorxo'jaevaning tajribasizligi oqibatida “Farg'onada adolatsizlik! Hokim yana uzr so'raydimi?! Hokimiyat buyrug'i bilan nogiron erkakning uyini buzib tashlab, oilasi bilan ko'chada qoldirishibdi. Yana hokim uzr so'raydimi endi?” degan xabar unga Oltiariq tumanidan bir fuqaroning videomurojaati ilova qilingan holda tarqatib yuborilgan.

Farg'ona viloyati hokimligi axborot xizmatidan ma'lum qilinishicha, ushbu videoda tilga olingan muammo aslida butunlay boshqacha bo'lgan.

Saytimizda noto'g'ri ma'lumot tarqatilishi yuzasidan tahririyat surishtiruvi o'tkazilganda, muxbir Mohigul Diyorxo'jaeva voqeaning asl mohiyatini, unga oid faktlarni tekshirib ko'rmasdan, videodagi gaplardan shoshilinch xulosa chiqarib bu maqolani e'lon qilganligi aniqlandi. O'z ishiga mas'uliyatsiz yondashganligi hamda jurnalistlik kasbi etikasi va qoidalariga rioya qilmaganligi uchun muxbir Mohigul Diyorxo'jaevaga intizomiy jazo qo'llandi. Tahririyatda bundan keyin saytda e'lon qilinadigan maqolalardagi fakt va dalillar oldin puxta o'rganilib, keyin chop etishga berilishi choralari ko'rildi.

Mazkur maqolaga Farg'ona viloyati hokimining surati noo'rin qo'yilganligi va u kishining sha'niga nomaqbul jumla qo'llanganligi uchun Farg'ona viloyati hokimi Shuhrat G'anievdan uzr so'raymiz va saytimizdan mazkur maqola olib tashlanganini ma'lum qilamiz.

TAHRIRIYaT

Yuqoridagi holat yuzasidan Farg'ona viloyati hokimligi Axborot xizmati tahririyatga quyidagilarni ma'lum qildi:

 

Oltiariq tumani Qaxramon MFY, Istiqlol ko'chasida yashovchi fuqaro Toshboev Xabibullo Nabijonovichning ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaati o'rganib chiqildi. Unda ma'lum bo'ldiki, Oltiariq tumani hokimining 2012 yil 18 avgust kungi 798-sonli qarori asosida auktsion savdolarida g'olib bo'lgan fuqarolarga, jumladan D.Normatova, Sh.Kupchakovalarga ham er maydonlariga egalik qilish huquqi asosida 800 m.kv maydon ajratib berilgan. Ammo, fuqaro D.Normatova aslida Sh.Kupchakovaga tegishli bo'lgan er maydoniga 1 xonali uy qurib yashay boshlagan.

Shundan so'ng, Sh.Kupchakova va D.Normatovalar o'rtasida er maydoniga egalik huquqi yuzasidan sudlov jarayoni bo'lib o'tgan. (Rishton tumanlararo, viloyat fuqarolik sudlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi qaror va ajrimlari mavjud).

Tegishli sudlarning ijro varaqasi asosida O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg'ona viloyati Oltiariq tumani bo'limi tomonidan 23.05.2019 yil kuni majburiy ijro harakatlari olib borilib, ijro hujjatida ko'rsatilgan noqonuniy qurilmalar majburiy tartibda buzib tashlangan.

Oltiariq tumani hokimligi ikki fuqaro o'rtasidagi nizoni murosa yo'li bilan hal qilishga ko'p bor harakat qilgan. Tuman hokimining 2019 yil 7 avgust kungi 4565-sonli qarori bilan arizachi 2-guruh nogironi ekanligini nazarda tutib, hozirda bo'sh turgan 27-, 36-raqamdagi har bir 400 kv.metrdan iborat er uchastkalariga ikki xonali uy qurish uchun homiylik hisobidan beton poydevor quyilishini va 8000 dona g'ishtni devor sifatida urilishini tashkil etdi.

Murojaatchi Xabibullo Toshboev bilan tushuntirish ishlari olib borildi va kelgusida uning oilasiga ajratilgan 27-, 36-raqamdagi er uchastkasida qurilishi boshlangan uyni bitkazib berishda yana qo'shimcha yordam ko'rsatilishi xaqida bildirildi.

Murojaatchining da'vosi ikki fuqaro o'rtasidagi nizo bo'lib, uning echimi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'atining ajrimi bilan qonuniy hal etilgan va bu nizoda Oltiariq tumani, Farg'ona viloyat hokimliklari va shaxsan Sh.G'aniev ishtirokchi emasligini bildiramiz.

Videomurojaatchi so'zlariga quloq soling. U biron marta ham hokimlik, yoki Farg'ona viloyat hokimi degan so'zni hatto yonida gap o'rgatib turishsa ham tilga olmagan. Aksincha, “2019 yil 19 may kuni MIB ijrochilari uyimni buzdi” deydi. Bu erda murojaatchi O'zbekiston Ruspublikasi Oliy sudi va quyi sud qaror hamda ajrimlari, MIBning sud hujjatlariga asosan o'z xizmat vazifasini bajarganidan norozilik bildiryapti.

So'nggi paytlarda internet tarmoqlarida hech qanday asossiz ravishda u yoki bu erda biron idora yoki shaxs yo'l qo'ygan xato-kamchilikni Farg'ona viloyati rahbarlari nomi bilan asossiz ravishda bog'lab sharxlash avj olganidan xavotirlik bildiramiz. Zero so'zga, axborotga ma'suliyatsizlik bilan yondashuv ayni chog'da boshqa shaxs sha'ni, xaq-xuquqiga nisbatan noxaqlikni keltirib chiqarishini unutmaslik lozim.