Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONLIK MARD YIGITNING JASORATI

 2017-05-10 13:57:36    98

PDF yuklash
Chop etish


Ming to’qqiz yuz qirq birinchi yil. Xalq boshiga kelgan urush navqiron otalar, er yigitlar, el koriga yarab turgan fidoyi insonlarni, ro’zg’or yumushi endigina gardaniga yuklangan yosh oila sohiblarini ham shavqatsiz front sari olib ketdi.

O’shanda Tojiali Boboev o’ttiz uch yoshli mohir to’quvchi, katta bir oilaning balogardoni edi. Marg’ilonning “Qo’shchi” artelida to’quvchilik qilar, ishdan keyin uyida kichkina ustaxonasida dastgohda bo’z to’qish bilan shug’ullanardi.  Sevgan hunarini tashlab yuzlab hamshaharlari qatori Gorchokovo stantsiyasidan poezdda olis yurt sari otlandi.

Ikkinchi jahon urushi tarixi sahifalarida bu insonning ismi sharifi alohida e’tirof etiladi. Tojiali ota Ukraina, Belorussiya erlarini, Boltiq bo’yi respublikalari shahar va qishloqlarini fashist bosqinchilaridan ozod qilishda alohida mardlik va jasorat ko’rsatdi. Matonatli o’zbek yigiti Berlinning Sileziya vokzalidagi eng baland binoga g’alaba bayrog’ini o’rnatishga musharraf bo’ldi.

1945 yilda u ko’ksiga shoda-shoda orden va medallarni taqib Qahramon degan yuksak unvon bilan ona shahriga yorug’ yuz bilan qaytib keladi.

Tinch qurilish yillarida xalq xo’jaligining turli sohalarida foaliyat ko’rsatdi. Oxunboboev tumanidagi (hozirgi Qo’shtepa) jamoa xo’jaliklarini boshqardi. El orasida rais buvo sifatida tanildi.  Shahardagi 4-umumta’lim maktabi qurilishiga bosh-qosh bo’ldi.  Marg’ilon hududini obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish borasida otaning salmoqli xizmatlari bor.

–Padari buzrukvorimiz darhaqiqat el ishiga fidoiy inson edilar, – deya xotirlaydi Tojiali otaning qizi Malikaxon opa. – Odamlardan xizmatini, mehr-muruvvatini ayamasdi, yiqilganni suyardi. Oilada talabchan va g’amxo’r ota edi. Onamiz Xosiyatxon Boboeva bu yil 83 bahorni qarshiladi. Urush yillarida, undan keyingi qahatchilik paytlarida ham o’zi tanlagan, ardoqlagan do’ppido’zlik hunarini qo’ldan qo’ymadi. Kasanachi – do’ppido’zlik bilan ro’zg’or tebratib to’qqiz farzand – to’rt o’g’il, besh qizni uylab-joylab, el qatoriga qo’shdi. Bugun 65 nevara 70 chevara davrasida umrguzaronlik qilyapti. Barchamiz bu qutlug’ xonadonga yig’ilsak xuddi to’yxonaga o’xshaydi. Lekin biz farzandlarning qalbida bir armon “yilt” etib o’tadi. Afsuski dadamiz mustaqillik nashidasini sura olmadi. Dorilomon kunlar, inson manfaatlari hamma narsadan ustun bo’lgan ajoyib davronni ko’rmay ketdi. 1984 yilda 76 yoshida olamdan o’tdi. Menga va jigarlarimga o’sha marg’ilonlik qahramon Tojiali Boboevning farzandi degan iftixor har qachongidan ham bugun tengsiz quvonch  bag’ishladi. Zero, biz keksalari e’zozlanayotgan yurtda yashayapmiz. Vatan aziz otajonlarimizni kaftiga ko’tarib ardoqlayapti.

Ha, o’tganlarni eslasak qalbda armon, ko’zlarda yosh qalqiydi. Biroq oramizda  tabarruk ota, mo’’tabar ona sifatida el mehrini qozongan nuroniylarimizning borligi hayotimizga o’zgacha fayz bag’ishlaydi. Bir so’z bilan aytganda Xosiyatxon momo kabi sadoqat, vafo, sabr, matonat timsollariga, alp va jasur sobiq jangchilarning ayollariga ta’zimlar qilamiz.