Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Farg'ona viloyati hokimligining tadbirkorlarga MUROJAATI

×

 2019-11-12 09:22:52    182

PDF yuklash
Chop etish


Aziz hamyurtlar!

O'zbekiston xalqi buyuk o'zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Dunyo nigohi bugun yurtimizga qaratilgan, chunki u yangi O'zbekistonni kashf etmoqda. Davlatimiz rahbari inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini eng buyuk qadriyatga aylantirishni, har bir fuqaro o'z hayotidan rozi bo'lib yashaydigan yangi jamiyatni qurishni muhim vazifa deb topshirganlar.



Shu asosda viloyatimizda 3 yildan buyon – “Yangi marralar”, “Yangicha fikrlash”, “Yangicha yondashuv” degan shiorni o'z oldimizga maqsad qilib olganmiz.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2019 yilning 6-7 may kunlari Farg'ona viloyatiga tashrifi chog'ida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, turmush tarzida ro'y berayotgan o'zgarishlar, echimini kutayotgan muammolar zamiridagi oliy maqsad - aholini ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning ish bilan bandligi, kam ta'minlangan qatlamni tadbirkorlikka jalb etish, turmush farovonligini yuksaltirish masalalariga jiddiy e'tibor qaratgan edilar. Bu vazifalarni bajarishda ishtirok etish har bir farg'onalik uchun fahr bo'lib qolmog'iga ishonaman.

 Azaldan bir aqida bor: “Avval iqtisod, keyin siyosat” degan. Bugunning yuqori avlodi “avval siyosat” hukmron bo'lgan jamiyat fojiasini o'z boshidan o'tkazgan. Shukurki, mamlakat mustaqillikka erishgach erkin iqtisodiy siyosatga ustuvorlik berildi.

Aholisi deyarli 4 million nafarga etayotgan viloyatimiz har jihatdan mamlakat miqyosida munosib o'ringa ega. Jumladan, tadbirkorlik borasida ham. Birgina tadbirkorlik sub'ektlarining viloyat sanoat mahsulotlaridagi ulushi 42,6 foizdan oshdi.

Tadbirkorlik yo'nalishida Davlat mukofoti bilan taqdirlangan - “Sayqal” ishlab chiqarish korxonasi rahbari Niyozov Abduraxmon, “Narimteks” O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi rahbari Aminova Nargiza, “Maxsus plast polimer” MChJ ta'sischisi Yo'ldashev Shavkat, “Agromaks dolina” xorijiy korxonasi ta'sischisi Mamatov Xakimnazar, “Straus Farm” qo'shma korxonasi ta'sischisi Xojiaxmedov Mamasabir, shuningdek, bugungi kunda faollik ko'rsatayotgan – “Mehrigiyo” MChJ rahbari Nuriddinov Xondamir, “Oltin vodiy” MChJ rahbari Yunusov Erkin, “Shaffof omadli sanoat” qo'shma korxonasi rahbari Toshmatov Ulug'bek, “Global tekstil” MChJ rahbari Razzoqov Muzaffar, “Moderna keramik indastris” qo'shma korxonasi rahbari Axmedov Dilmurod, “Ekspo kollor printeks” MChJ rahbari Abduqaxxor Jo'raboev kabi tadbirkorlarning nomi mamlakatimiz tashqarisida ham tanish. Ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yangi O'zbekiston brendini dunyoga tanitmoqda.

Ammo hali jamiyatimizda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, viloyatimizning barcha hududlarida yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir, zamonaviy va faol tadbirkorlar safini kengaytirishimiz zarur.

Shahar va qishloqlarimizning chiroyi, ijtimoiy sohalarning rivojlanib borishi va takomillashuvi, odamlar hayotining farovonlashuvi – bularning hammasida Siz, aziz tadbirkorlarning hissangiz katta. Siz to'layotgan soliqlar tufayli mamlakat byudjeti o'sib boryapti va bu mablag'lar Vatan ravnaqi, xalq farovonligiga yo'naltirilmoqda. O'zini shu yurt va xalqning asl farzandiman degan har bir tadbirkor faoliyatini kengaytirish mamlakatimiz istiqboliga xizmat qilishini anglab turganiga shubham yo'q.

 O'zbekistonda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning qonuniy asoslari yaratilishi tufayli mamlakatimiz dunyodagi eng yaxshi 20 ta islohotchi davlatlar qatoridan joy oldi.


Aziz farg`onaliklar!

Qadim-qadimdan xalqimiz ziyoli va tadbirkor bo'lgan. Tadbirkorlik qobiliyatini rivojlantirishda Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unga ko'ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida aholi bandligini ta'minlash maqsadida viloyatdagi 32 mingta fuqarolarga 563 mlrd.so'm imtiyozli kredit mablag'lari ajratildi. Tikuvchilik, chorvachilik, yog'ochsozlik kabi sohalarga ixtisoslashgan o'nlab oilalar elga tanildi. Ularda “Ustoz-shogird” loyihasi doirasida minglab yosh yigit-qizlar hunar o'rganmoqda.

Natijada yuzlab muhtoj oilalarda uy mehnati, kasanachilik va boshqa turdagi tadbirkorlik tashkil etildi. O'z navbatida shu yo'l bilan oilalarning qo'shimcha daromad manbai yaratildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, biz asosiy e'tiborni kafolatlangan ish o'rni tashkil etadigan va yalpi ichki maxsulot hajmi oshishiga ta'sir ko'rsatadigan tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratamiz.

Hurmatli tadbirkorlar!

Sizning faoliyatingizni rivojlantirish, samaradorligini oshirish, yangi ishchi o'rinlar yaratish borasidagi harakatlaringizni qo'llab-quvvatlash uchun viloyat, shahar va tumanlardagi 4 ta sektor rahbarlari hamda barcha darajadagi rahbarlarning kichik biznes sohasini rivojlantirish borasidagi ish uslubi tubdan o'zgartirilmoqda. Bundan buyon hokimlar va ularning birinchi o'rinbosarlari 70 foiz ish vaqtini tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga sarflaydi, haftaning dushanba, seshanba va chorshanba kunlari faqatgina tadbirkorlik masalalari bilan shug`ullanadi.  

Shu kunga qadar, 4 ta sektor rahbarlari va boshqarma, tashkilot rahbarlari tomonidan o'tkazilgan sayyor qabullar davomida hamda 15 mingga yaqin tadbirkorlar bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda tushgan 1960 ta murojaatlar, Bosh vazir qabulxonasiga tushgan 1361 ta muammoli masalalar ijobiy hal etildi (kredit ajratish, bino va er ajratish masalasida).

Buning uchun O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining viloyat, shahar va tumanlardagi Tadbirkorlarning murojaatlarini ko'rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlik faoliyatidagi mavjud muammolarni o'rganib boruvchi doimiy Shtablar faoliyati yo'lga qo'yildi.

O'rganishlar shuni ko'rsatdiki, viloyatimizda 4903 ta yuridik shaxslar va 4500 ta YaTTlar faoliyat ko'rsatmayapti. Biz birinchi navbatda ularning faoliyatini tiklashga ko'maklashish vazifasini oldimizga qo'yganmiz. Shu kungacha ularning 3793 tasi faoliyati qayta tiklandi. Ularga 3,4 mlrd.so'm kredit mablag'lari ajratildi, boshqa yuridik shaxslardagi debitor haqdorligini undirishga yordam berildi, mahsulotini ichki va tashqi bozorda sotishga, shartnomalar tuzishlariga amaliy ko'mak ko'rsatildi. 3192 ta tadbirkorlar bilan birma-bir suhbatlashilib, ularning elektr, gaz, suv, er va boshqa masalalardagi muammolarini hal etish orqali faoliyatlarini tiklashga erishildi.

Tadbirkorlar duch keladigan muammolardan biri ularga er-mulk ajratish bilan bog'liq. Muammo echimi yo'lida qo'yilgan dastlabki qadamlardan biri shuki, viloyatimizda bo'sh er uchastkalari elektron auktsion savdoga chiqarilmoqda. Shu yilning o'zida 34,3 gektar

495 ta bo'sh er uchastkalari elektron auktsion savdoga joylashtirildi.

Xalqimizning tayanchi bo'lgan tadbirkorlarga shuni aytmoqchimanki, bundan buyon xaqiqiy tadbirkor bo'lish istagida yurganlarga er ajratish ochiq-oshkora ravishda, barcha uchun teng sharoitlar yaratgan holda, elektron auktsion orqali amalga oshiriladi. Biron bir mansabdor kimgadir o'zgacha yo'l bilan er ajratishiga yo'l qo'yilmaydi. Shunday bo'lgan holda uning qarori bekor qilinib, o'zi javobgarlikka tortiladi.

Yana bir gapni aytmoqchi edim, shu paytga qadar kreditlar ayniqsa, imtiyozli kredit mablag'lari murojaat qilgan “muhtoj” tadbirkorlarga berib kelindi. Bundan buyon ish o'rinlari mavjud ishlab chiqarish tashkil etish “xohishi bor” tadbirkorga ustuvorlik beriladi. Maqsadimiz kredit mablag'laridan samarali foydalanishni yo'lga qo'yishdir.

Ma'lumki, shu kungacha tadbirkorga kredit ajratilishi masalasida banklar o'zining viloyat, respublika rahbariyati xulosa va tasdig'ini olishi zarur edi. Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlari asosida bundan buyon viloyat, respublika banklari vakolatlarini tuman, shahar banklariga berish yo'li bilan ortiqcha qog'ozbozlik va sarsongarchiliklarga barham beriladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Joriy yilni Farg'onada sanoatni rivojlantirish va investitsiya olib kirish yili bo'ladi va uni Farg'ona tajribasi deb ataymiz” degandilar.

Birgina raqam keltirmoqchiman, joriy yilning o'tgan davrida viloyat iqtisodiyotiga 332,5 mln. AQSh dollari miqdorida to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tadbirkorlar kiritdi.

 Bugungi kunda viloyatda 401 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Yil yakuniga qadar ularning sonini 500 taga etkazish bo'yicha ishlarni tashkil qilmoqdamiz. Siz aziz tadbirkorlarga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, har biringiz ana shu qo'shma korxonalarning muassislaridan biri bo'lish imkoniyatingiz bor. Viloyatimizga Rossiya, Xitoy, Koreya kabi ko'plab davlatlardan sarmoyadorlar mahalliy hamkorlarni izlab kelib turishibdi. Biz o'tkazayotgan “Biznes forum” va yarmarkalarda faol ishtirok etib, o'zingizga horijiy hamkor tanlab, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalari bunyod etishingizni hamisha quvvatlaymiz.

Tadbirkorlik faqat sanoat korxonalari bilangina belgilanmaydi. Kelgusi yildan Farg'ona viloyati paxta etishtirishda 100 foiz klaster usuliga o'tadi.

Ilgarilari paxta xom-ashyosi eksporti ustuvor yo'nalish bo'lgan bo'lsa, endilikda uni chuqur qayta ishlash yo'lga qo'yilmoqda. Bu esa to'qimachilikdan tashqari oziq-ovqat, qurilish materiallari, hatto farmatsevtika sanoatini tashkil etish imkonini beradi.

Shaxsan men, viloyat hokimi viloyatimiz tadbirkorlarini tashkil etilgan va etilayotgan klasterlar bilan shu sohalarda hamkorlik qilish borasida tashabbus ko'rsatishlarini iltimos qilaman.

Farg'ona viloyatida 2019-2020 yillar davomida Oltiariq, Quva tumanlari va Quvasoyda jami 7 ming gektar maydonda uzum, anor va gilos bog'lari tashkil etilishi lozim. Maqsad faqat meva etishtirish emas, uni saqlash, qayta ishlash, qadoqlash kabi tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq yo'nalishlarni ham tashkil etishdir. Ishonamanki, siz, mening tadbirkor do'stlarim bu sohada ham faollik ko'rsatasiz.

Shuni alohida ta'kidlamoqchimanki, shaxsan mendan tortib, barcha sektor rahbarlari, xizmat ko'rsatish idoralari, xatto jamoat tashkilotlari ham tadbirkorga xizmat qiladilar. Har bir idoraning kun tartibida ustuvor masala – tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolarini hal qilish bo'ladi.

Bundan buyon tadbirkorlar jamiyatda eng asosiy etakchi kuch ekanini his qilish lozimga. Barcha mahalliy davlat idoralari faoliyatiga baho berishda ular eng avvalo tadbirkorlar manfaatiga qanday xizmat qilayotganiga qaraladi. Ularning bu boradagi faoliyati ustidan ta'sirchan jamoatchilik nazorati o'rnatiladi.

Viloyatimiz shahar va tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishda har joyning o'z xususiyatidan kelib chiqqan holda ixtisoslashuvni tashkil etish zaruratga aylandi. Viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarish o'rtacha 3,9 mln.so'mni tashkil etmoqda. Ammo Farg'ona, Qo'shtepa, Uchko'prik tumanlarida bu raqam 1,0 mln.so'm atrofida. Demak, bu tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga qo'shimcha shart-sharoit yaratishimiz zarur.

Beshariq, O`zbekiston tumanlari viloyatning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati markaziga aylanmoqda. Ammo bilamizki, qishloq xo'jaligi, bog'dorchilik va polizchilik, ayniqsa pillachilik uchun ham qulay sharoitlar va an'analar mavjud. Tadbirkorlarga o'z maxsulotlarini qayta ishlaydigan loyihalar tuzishi va amalga oshirishida ko'makdoshmiz.

Furqat, Dang`ara tumanlarida to'qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika va charm-poyafzal sanoati, baliqchilik hamda chorvachilikni rivojlantirishda tadbirkorlarga suyanamiz. Ular shu yo'nalishlarda tashkil etgan faoliyati doimo bizning e'tiborimizda bo'ladi.

Buvayda sholikorlari, Uchko'prik to'qimachilari, Bag`dod mebelsozlari el tiliga tushgan. Endi bu tuman tadbirkorlari engil sanoat, baliqchilik, farmatsevtika, meva-sabzavotni qayta ishlash kabi sohalarda ham ibrat ko'rsatadilar, deb ishonaman.

Kulolchilik va bog'dorchilik markazi bo'lgan Rishton hamda Oltiariq tumanlarida meva-sabzavot va go'sht-sut mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari sanoati yo'nalishida korxonalar, logistika markazlari tashkil etishga ustivorlik beriladi.

Yozyovon va Qo`shtepa yaqin vaqt ichida farmatsevtika, to'qimachilik-trikotaj sanoati rivoj topgan tumanlarga aylanadi. Tadbirkorlarning bu sohalarni yaratish va kengaytirish borasida olib borayotgan ishlari tahsinga loyiq.

 So'x tumanida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, intensiv usulda pistazorlar tashkil etishga alohida e'tibor qaratiladi.

Quvaa tumanida mevani qayta ishlash korxonalari tashkil etish, logistik markaz ochish uchun qulay sharoitlar mavjud. Toshloqda engil sanoatni chuqurlashtirish, plastmassa buyumlar ishlab chiqarishning yangi, zamonaviy kichik texnologiyalariga asoslangan korxonalar faoliyatini yo'lga qo'yish, Farg'ona tumanida esa hamon Toshkentdan keltirilayotgan pardoz g'ishtlari va cherepitsa plitalar ishlab chiqarish, turizmni rivojlantirish imkoniyatlari haligacha ishga solinmadi. Mavjud tadbirkorlik sub'ektlari, endi faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan tadbirkorlar bu sohalarga jiddiy e'tibor berishlarini so'raymiz.

 Tadbirkorlar Quvasoyda masalan qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmoqlari qulay imkoniyatlaridan hamon samarali foydalanmayaptilar. Biz shu borada o'z ishini yuritaman degan har bir tadbirkorga eng qulay sharoit yaratib beramiz. Shuningdek, mevalarni qadoqlashni yo'lga qo'yish ham ustivor vazifalardan. O'ylaymanki, quvasoylik tadbirkorlar bu masalada o'z takliflarini kiritadilar.

Qadim-qadim tarix Marg'ilon va Qo`qon shaharlaridaa zargarlik, charm-poyabzal va albatta hunarmandchilikning ipakchilik bilan bog'liq turlari etti iqlimga dong taratganini yozadi. Bugunga kelib shaharda zargarlik, milliy oyoq kiyimlari kichik korxonalarini tashkil etishni taqozo qilmoqda. Tadbirkor do'stlarim aynan shu yo'nalishga alohida e'tibor qaratsalar ayni muddao bo'lardi.

O'zbekistonda kimyo va neft sanoati taraqqiy topgan shaharlardan biri – shubhasiz Farg`onadir. Bu ikki yirik sanoat tarmoqlarida hal etilishi zarur bo'lgan masalalar juda ko'p. Ta'minot, qadoqlash, xom-ashyodan ikkilamchi mahsulot ishlab chiqarish, ularni eksport qilish... Bular tadbirkorlarni kutmoqda. Eng muhim jihatlardan yana biri – tarmoq rahbariyati hamkorlik qilaman degan tadbirkorlarni kutmoqda.

Bu borada, 2019-2020 yillarda “Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJda 450 mln. dollarlik, “Beshariq Yasin qurilish mollari” qo'shma korxonasida 120 mln. dollarlik “Kvarts” AJda 71 mln. dollarlik, “VNBM” qo'shma korxonasida 50 mln. dollarlik, “Qo'qon super fosfat zavodi” AJda 20 mln. dollarlik, loyihalar amalga oshiriladi.

Bilaman, har qanday ishlab chiqarish yoki tadbirkorlikning boshqa yo'nalishlarini amalga oshirish gaz, suv, elektr ta'minoti kabi masalalar bilan chambarchas bog'liq. Mamlakatimizda bo'lgani kabi Farg'ona viloyatida ham bunday resurslar bilan eng avvalo tadbirkorlik sub'ektlari ta'minlanmoqda. Ishoning, men viloyat hokimi sifatida bu masalada tadbirkorlik faoliyatini boshlagan insonlarning eng yaqin ko'makchisiman.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 iyun kuni “Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan viloyatimiz shahar va tumanlaridagi barcha kichik sanoat zonalari viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo'yicha yagona direktsiyasi” tasarrufiga birlashtirildi.

Ayni damda viloyatimizda umumiy maydoni 103 gektardan iborat 14 ta kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan, qiymati 800 mlrd. so'm bo'lgan 91 ta loyihalardan bugungi kunda 125 mlrd.so'mlik 46 ta loyihalar ishga tushirildi.

Hali bu kichik sanoat zonalarida o'zlashtirilmagan quvvatlar, imkoniyatlar tadbirkorlarni kutmoqda.

Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi xaqida batafsilroq to'xtalmoqchiman. Chunki u viloyat tadbirkorlik sub'ektlari uchun imkoniyatgina emas, balki tajriba maktabi hamdir.

Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi Farmoniga asosan tashkil etilgan. U jami 3 ta hududdan iborat bo'lib, 709,3 gektar er maydonda joylashgan.

Qo'qon erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan loyihalarda 60 mln.dollar miqdorida investitsiya o'zlashtirildi, shundan 15 mln.dollar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etdi. Xususan: “Do'st tekstil” MChJ shaklidagi O'zbekiston-Turkiya qo'shma korxonasi, “Shaffof omadli sanoat” MChJ shaklidagi O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasi, “Xat Dekor” xususiy korxonasi, “Imkon plast sez” MChJ shular jumlasidan.

Amalga oshirilgan loyihalar doirasida Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchilari tomonidan yanvar-oktyabr oylarida 475 mlrd.so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan va 4,7 mln.dollarlik mahsulotlar Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Afg'oniston va shu kabi boshqa davlatlarga eksportga yo'naltirilgan.

Yuqorida ta'kidlaganimdek, Qo'qon erkin iqtisodiy zonasi 3 ta hududdan iborat bo'lib, katta maydonni ekallagan gektar maydonni egallagan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yo'lga qo'yilgan. Tabiiy gaz, elektr, ichimlik va oqava suv tarmog'i, avtomobil yo'llari, aloqa bilan ta'minlash ishlari hal etilgan. Kuni kecha quvvati 50 ming kVa bo'lgan 29 mlrd. so'mlik transformator punkti o'rnatildi, temir yo'l tarmog'iga ulanish borasida qurilish-montaj ishlari yakunlanmoqda.

Qo'qon erkin iqtisodiy zonasiga yana yuzlab tadbirkorlar o'z loyihalarini joylashtirishlari, yaratilgan qulay sharoit va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. Bilib qo'ying, har bir loyiha shaxsiy nazoratimiz ostida bo'ladi. Loyihani ishlab chiqishdan, to uni amalga oshirishgacha bo'lgan barcha jarayonda bevosita ko'mak berish birinchi galdagi majburiyatimizdir.

Bir narsani anglashimiz kerak: Sizning loyihangiz – viloyatimizning ertangi kelajagi va aholimiz farovonligining kafolatidir. Siz tufayli viloyatda ishsizlik qisqaradi, daromadlar oshadi, oilalarimiz, ayollarimiz va farzandlarimiz turmushidan minnatdor bo'lib, o'z yurtida halovat topadi.

Kelayotgan 2020 yilga rejalarimiz yanada katta. Har bir hududni jadal rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiramiz.

Shu o'rinda men xalqimiz bunyodkor deb ardoqlaydigan qadrli quruvchilarga murojaat qilmoqchiman. 2020-2024 yillarda Qo'qon shahrida 156 ta 12 ming kvartirali, Marg'ilon shahrida 123 ta 10 ming kvartirali, jami 279 ta 22 ming kvartirali 9,12,16 qavatli uylar quriladi.

Shahar, tumanlarda ishlab chiqarish korxonalaridan tashqari o'nlab ijtimoiy, xizmat ko'rsatish inshootlari, turar-joylar qurish vazifasi turibdi. Viloyatda pok niyatli “Fayz binokor Oltiariq” MChJ, “Baraka fayz invest” MChJ, “426-XKMK” MChJ, “296-XKMK” MChJlar kabi tadbirkor-quruvchilar jamoalari shakllangan. Ishonamanki, qurilish sohasida o'z qobiliyatini namoyish etish niyatida bo'lganlar hali talaygina va ular bizning qanotimiz, hurmatimiz va doimiy ko'magimiz ostida bo'ladilar.

Tadbirkorga davlat va huquq nazorat idoralari ilgari qanday ko'z bilan qaragani sir emas. Bunday munosabat ma'lum muddat odamlarda tadbirkorlikka qiziqishni susaytirdi. Ammo endi hech qachon bunday bo'lmaydi. Tadbirkorlikka ortiqcha aralashuvlarning oldini olish, davlat organlari bilan munosabatlar tekshirish emas, balki tadbirkorlikka faqat va faqat yordamlashish nuqtai nazaridan quriladi. Har bir tadbirkorning mulki dahlsiz, hech bir tadbirkordan turli sabablarni vaj qilib, asossiz ravishda uning mulki tortib olinmasligi yoki buzilmasligi kafolatlanadi.

Tadbirkorni o'z ishidan qoldirib majlisbozlik qilishga butunlay chek qo'yiladi.

Tan olish kerak. Ba'zida tadbirkorga uning ixtiyoriga qaramay homiylik qilish kabi vazifalar noo'rin ravishda yuklangan. Farg'ona viloyati hokimligi nomidan shuni alohida ta'kidlaymanki, bunday holatga hech qachon yo'l qo'yilmaydi. Tadbirkor mulki va mablag'ini o'z inon-ihtiyori bilan tasarruf etadi. Biron bir idora uni faoliyatiga aralashmaydi, uning amaliy-moliyaviy holatini noqonuniy tekshirishlariga batamom chek qo'yiladi.

 Muhtaram tadbirkorlar!

Innovatsion rivojlanish yo'lida ilg'or g'oyalar, “nou-xau” va aqlli texnologiyalarga asoslangan tadbirkorlik yo'nalishlarini kengaytiraylik.

Tashqi bozorga chiqarayotgan maxsulotlarimiz sifatliligi bilan yurtimizga ko'proq investitsiya jalb etilishiga munosib hissa qo'shaylik.

Prezidentimizning “Ikkita ish o'rni yaratgan tadbirkorni boshimga ko'taraman” degan so'zlari har biringizga kuch-quvvat bo'lsin.

Sizlarni bugungidek yangi jamiyatni shakllantirish davrida faollik ko'rsatishga chaqiraman.

Yuqorida ta'kidlaganimdek viloyatning barcha boshqaruv idoralari mas'ullari, men – viloyat hokimi sizlarning eng yaqin ko'makdoshingiz va yordamchingiz bo'lamiz deb kafolat beraman. Butun kuch, bor bilim va tajribangizni tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflang! Biron bir muammo, taklif tug'ilganida mening va barcha o'rinbosarlarimning eshigi Siz uchun hamisha ochiq, telefon orqali ham murojaat qilishingiz mumkin.

Farg'onani yangi O'zbekistonning eng rivojlangan hududiga aylantirish yo'lidan birgalikda boraylik!

Tadbirkorlarning murojaatlari uchun telefonlar:

Farg'ona viloyatining hokimi:

Shuxrat G'aniev  998 93 979-06-52

Viloyat hokimining birinchi o'rinbosari:

Farxod Toshpo'latov  998 94 660-41-30,  998 73 244-02-22

Viloyat hokimining o'rinbosari:

Muxsinxo'ja Abdurahmonov  99890 976-14-28