Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 165 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHIRKATLAR FAOLIYATIDAGI USTUVOR VAZIFALAR

 2017-05-11 15:44:07    115

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, shaharlarda aholining aksariyat qismi ko’p xonadonli, ko’p qavatli uy-joylarda istiqomat qilishadi. Shu bois bunday  uylarning holati yaxshi saqlash, ularning atrofida obodonlashtirish ishlarini muntazam tashkil etib borish eng dolzarb vazifalaridan biridir. Albatta, bu jarayonda uy-joy mulkdorlari shirkatlari zimmasiga katta mas’uliyat tushadi.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  shu yil 24 aprel kungi «2017-2021 yillarda ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash  va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’ri-sida»gi Qarori bu boradagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarib, shirkatlar faoliyatini takomillashtirishni ko’zda tutadi.

Farg’ona, Quvasoy, Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida uy-joy mukldorlari shirkatlari, bank muassasalari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishlarda ushbu qaror va undan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar haqida so’z bordi.

Yig’ilishlarda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shuhrat G’aniev ishtirok etib, xususiy uy-joy mulkdorlarining ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash borasidagi faoliyati hamda sohadagi ayrim muammolar haqida so’z yuritdi.

Jumladan, Mag’ilon shahrida o’tkazilgan yig’ilishda shahardagi 36 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari raislari, barcha bank muassasalari hamda tegishli korxonalarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda ta’kidlanganidek, Prezident qaroriga muvofiq, 2017-2021 yillarda ko’p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash dasturi tasdiqlandi. Ushbu Dasturda ko’p xonadonli uy-joy fondining umumiy tarzda foydalaniladigan infratuzilmalarini kapital va joriy ta’mirlash, hududlarni obodonlashtirish, lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish, shuningdek, ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash tizimini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar belgilandi. 

Viloyat markaziy banki rahbari Turobjon Jo’raev Prezident qaroridan kelib chiqadigan vazifalarga to’xatalarkan, tijorat banklariga «Ta’mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonasi va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilganligini qayd etdi.

Shuningdek, mazkur qarorda O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi huzurida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga shartnoma asosida buxgalterlik hisobini yuritish, konsalting xizmatlar ko’rsatish va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan majburiy badallar yig’ish xizmatlarini ko’rsatadigan “Yagona hisob-kitob markazi”, shahar hamda tumanlarda uning filiallarini tashkil etish nazarda tutilganligi ta’kilandi.

Yig’ilishda bank muassasalari rahbarlariga uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun ajratiladigan kredit mablag’larini tezroq o’tkazib berish vazifasi topshirilgan bo’lsa, shirkatlar rahbarlariga qaror talablarini so’zsiz bajarish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarni kuz oylariga qoldirmay, yoz faslining issiq kunlarida yakuniga etkazish bo’yicha aniq vazifalar yuklandi.