Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 141 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


XALQARO NOGIRONLAR KUNI KENG NISHONLANDI

×

 2019-12-04 10:42:18    86

PDF юклаш
Чоп этиш


Farg'ona shahridagi “Fayz” majmuasida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni viloyat hokimi o'rinbosari F.Qosimov ochdi va barchani bayram bilan qutladi. Mamlakatimizda nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash masalasi ustuvor vazifalardan biriga aylandi.
Ko'rsatilayotgan cheksiz g'amxo'rliklar ularning jamiyat faol a'zosi sifatida hamma jabhalarda salohiyatlarini namoyon etishlari uchun zamin yaratadi. Viloyatimizda 65 ming nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish, ularni texnik reabilitatsiya vositalari va ortopediya mahsulotlari bilan ta'minlash, etarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida yil davomida bir qator amaliy ishlar qilindi. Joriy yilda 302 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar yangi uylarga ko'chib o'tdi. Xayrli ishlar davom etmoqda.

-Tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo'lib ishlardim, bir necha yil avval chap qo'lim ishlamay qolib, uzoq yil davolandim,– deydi Rishton tumani nogironlar jamiyati a'zosi Qudratxon Teshaboeva. – Uy kasanachiligida qizlarim bilan faoliyat yurityapmiz. Meni davolashda o'z yordamini ayamagan, barcha sharoitlar yaratib berayotgan, bizga g'amxo'rlik ko'rsatayotgan Prezidentimizga, viloyat hokimimizga ming rahmat!


Tadbirda so'nggida ishtirokchilarga sovg'alar, eshitish moslamasi, qo'ltiqtayoq, hassa va to'rt nafariga nogironlik aravachasi topshirildi. Farg'ona shahar madaniyat uyi san'atkorlari kechaga fayz ulashdilar.