Шрифт ўлчами Ранг Расм

ВИРТУАЛ ҚАБУЛХОНА

ИНТЕРАКТИВ ХИЗМАТЛАР

НОРМАТИВ ХУЖЖАТЛАР

Очиқ маълумотлар (бюджет)

ОЧИҚ МАЪЛУМОТЛАР

Фарғона вилояти ҳокими
Бозаров Хайрулло Хайитбаевич

Ижтимоий тармоқлар

Оилавий тадбиркорликни ривожлантириш мақсадида ажратиладиган имтиёзли кредит ҳисобидан фуқароларга маҳсулот етказиб берувчи таъминотчи корхоналарнинг рўйхати
<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

.

.

Фарғона вилояти инвестицион салоҳияти

Сайтни бахолаш




Янгиликларга обуна бўлиш

Ҳозир сайтда 93 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси
Ишонч телефонига берилган бахолар


"Ozodlik"ning mamlakatimizda majburiy obuna qilinayotgani haqidagi maqolasiga munosabat

×

 2019-12-06 14:11:08    65

PDF юклаш
Чоп этиш


Maqsadingiz ma'naviyatga tahdidmi? yohud chuchvarani xom sanabsiz

"Ozodlik"ning yaqinda ijtimoiy tarmoqda ma'lum qilgan xabariga qaraganda, emishki, O'zbekistonning hazinasi qurib qolgani uchun qo'shimcha soliqlar joriy etilib, undirish choralari ko'rilayotganmish. Yo, alhazar! Chetda turib O'zbekiston hazinasi ahvolini qaerdan bilib qo'yibdi havodan havoza yasayotganlar. Ha, aytgancha, axir ana shunaqangi shov-shuvli soxta ma'lumotlarni sotib kun ko'radilaru ular. Bu soxta "ma'lumot"ni endi qanchaga pulladingiz, birodar? Aslida munosabatga arzimasada, mamlakatda majburlab obuna qilinayotgani haqidagi maqola yuzasidan ayrim mulohazalar bildirish orqali "o'zini ma'lum qilishni istamaganlar"ning to'qimalari orqali xalqimizni o'zi tanlagan va dadil odimlayotgan yo'lidan chalg'itishga urinayotganlarga gap aytmoqqa chog'landik. Qabul qilinajak qonun loyihasi, Prezidentimiz qarorlarida majburiy obunaga yo'l qo'yilmasligi haqida aytilgani, jamiyatning eng ziyoli qatlami o'qituvchi yoki boshqa ma'rifatga intiladigan odamlar bosma nashrlarni o'qimasin, degani emasligini anglab olish uchun ortiqcha aql ham darkor emas. O'qituvchi o'z nomi bilan ziyoli, u birov majburlamasdan ham tumani, viloyati, respublikamiz, jahon ayvonidagi ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy, iqtisodiy jarayonlardan boxabar bo'lish, unga munosabat bildirish va ana shu jarayonlarda qaynayotganini his qilish uchun ham vaqtli nashrlarga obuna bo'lishi tabiiy hol. To'g'ri, hozirda boshqa ommaviy axborot vositalari ham bor: televidenie, radio, ayniqsa, yolg'on-yashiqlarni yamlamay, butunicha yutadigan internetning ayrim tarmoqlari. Ular orasida tahminlarga emas, real fakt va dalillarga suyanadigan, kerak bo'lsa, asrlar davomida saqlanadigan bosma nashrlarning o'rni beqiyos.
Obuna jarayonini pedagogik va boshqa jamoadagilarning o'z hohishlari asosida, arizalariga muvofiq uyushgan holda tashkillanishida nima yomonlik ko'ryapti ekan, "Ozodlik"dagilar? Yoki o'quvchilarni ota-onalarining roziligi bilan bolalarbop nashrlarga jamoaviy obuna bo'lishi majburiy obuna emasligini tushunish shunchalar qiyinmi? Xususan, Qo'shtepa tumanidagi nomini ma'lum qilishni istamagan, "o'n yildan buyon pul to'lab, qaysi gazetaga obuna bo'lganini bilmagan" o'qituvchi go'yoki tuman xalq ta'limi bo'limi mudirining buyrug'ini jo'natgan emish! Qani aytgan gaplari tuhmat yoki "Ozodlik"dagilarning to'qimasi bo'lmasa, uning nomini oshkor qilsin-chi. Ana shunda holatga oydinlik kiritish mumkin bo'ladi. Bizdagi qonunlarda ommaviy axborot vositalari orqali tuxmat uyushtirishga qonuniy javobgarlik belgilangan.
"Ozodlik"dagilar balki shu yo'l bilan xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy faolligini oshirishga, fuqarolik pozitsiyasi, tibbiy, huquqiy, ma'rifiy madaniyatini ko'tarishga xizmat qiluvchi bosma matbuot yo'liga g'ov tashlamoqchi, xalqni sarosimaga soluvchi shov-shuvlarga kengroq imkoniyat yaratmoqchi bo'layotgandir. Tarixga bir nazar tashlaylik. O'tgan asr boshlarida chor Rossiyasi o'lkamizga o'z mafkurasini zo'r berib olib kirayotgan bir paytda Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Mahmudxo'ja Behbudiy singari o'nlab ma'rifatparvar bobolarimiz milliy matbuotimizni tashkil etib, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashni boshlaganlar. O'z jonlaridan kechsalar-da, o'sha davrdayoq hurriyatimiz tamal toshini qo'yib ketganlar. Va davrlar o'tib, ana shu faqat o'zimizga xos milliy mafkura O'zbekistonni O'zbekiston qilib dunyoga tanitdi. Bunda matbuotning o'rni va roli beqiyos ekanligini vatandoshlarimiz juda yaxshi biladilar.
Yana bir gap. Ayrim amaldorlar "Ozodlik"ning safsatasini pesh qilib, Qo'shtepa tumanidagi maktab rahbarlaridan "majburiy obuna qilmaganman va bunday qilmayman", qabilida tushuntirish, kafolat xatlarini talab qilayotgani hayratingni oshiradi. O'z soyasidan ham qo'rqadigan bunday rahbarlarning qarashlari bo'yicha barcha bosma nashrlarni yopib tashlash kerakdir, balki?! Bu aslida shu maqsadni ko'zlayotgan "Ozodlik"chilarning tegirmoniga suv quyishdan boshqa narsa emas-ku! Shoirimiz bir paytlar "nima bizga Amerika!" deb yozganiday, "Ozodlik" biz uchun kim ekanki, ayrim rahbarlar uning bo'xtonlaridan shu qadar qo'rqadilar?!
Endi "Ozodlik"chilar chuchvarani hom sanamasinlar! Hamisha ma'rifatga intiluvchi o'qituvchi, shifokor, fermer, oddiy ishchi, hatto o'quvchi bundan buyon ham ixtiyoriy ravishda o'ziga kerakli, o'qishni istagan gazetasiga obuna bo'laveradi! Uyushgan holda obuna bo'lish esa ularga qulaylik tug'diradi. Obunani targ'ib etish va unga da'vat qilish majburiy obuna emasligini tushunib olish uchun juda katta idrokning hojati bo'lmasa kerak, gapimizga qo'shilmasligingizni iloji ham yo'q, to'g'rimi?!
Xadichaxon KARIMOVA, jurnalist.