Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FAXRIYLAR E’ZOZDA

 2017-05-12 16:44:26    117

PDF yuklash
Chop etish


Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Toshloq tuman kengashi Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi bilan hamkorlikda barcha ta’lim muassasalarida ishlab nafaqaga chiqqan va ishlayotgan faxriylarga alohida e’tibor bermoqda.

Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni dasturilamal bo’lmoqda.

Yaqinda “Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan faxriylar kengashining ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishdagi o’rni” mavzusida viloyat seminar kengashini o’tkazdik.

Ishtirokchilar guruhlarga bo’linib joylardagi o’rta ta’lim maktablari faxriylar kengashlari va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari ish faoliyati bilan tanishdilar. Bundan tashqari, 6-maktabda “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori”, 7-maktabda “Kamolot 16 yosh, hamisha bizga yo’ldosh”, 9-maktabda “Uch avlod uchrashuvi”, 12-maktabda “El ardog’idagi shoirlar”, 13-maktabda “Ustoz – otangdek ulug’”, 15-maktabda “Bu yorug’ olamda o’chmas chirog’im”, 22-maktabda “Xotira abadiy – qadr muqaddas”, 32-maktabda “Faxriylar e’zozda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy muloqotlar, uchrashuvlar, suhbatlar tashkil etildi.

Kengaytirilgan yalpi yig’ilishimizda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari N.Axmedov ta’lim muassasalarida o’qituvchilarining dolzarb vazifalari, viloyat faxriylar kengashi raisi T.Qurbonov ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda faxriylar kengashining o’rni, tuman XTMFMTTE bo’limi mudiri A.Soliev mahallalardagi uyushmagan yoshlarning bo’sh vaqtlarini tashkil etishdagi muhim vazifalar mavzusida so’z yuritdilar.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Sadda qishloq fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi Odiljon ota Zokirov, Dasht qishlog’ilik Akbar ota Turdalievlar xonadoniga borib 8 turdagi 300 ming so’mlik oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Tuman markazidagi “Oltin vodiy” tadbirlar majmuasida 400 nafar faxriy ustozlar uchun bayram dasturxoni yozilib, ularga qimmatbaho sovg’alar topshiriladi.

Barcha tashkiliy tadbirlarni uyushtirishda tajribali mutaxassis X.Muhammadjonova, 12-maktabdan kasaba uyushma faoli M.Toshboev, 15-maktabdan F.Sayfutdinova, 11-maktabdan O’.Ataxanova, 4-maktabdan A.Madumarov, 2-maktabgacha ta’lim muassasasidan M.Temirovlar tashkilotchilik ko’rsatishmoqda. Ilg’or kasaba uyushma faollaridan 4 nafarini kasaba uyushma hisobidan Samarqand, Toshkent, Buxoro shaharlariga bayram arafasida sayohatga yubordik.

Barcha boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarida “Eng namunali boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti” ko’rik-tanlovi o’tkazilmoqda.