Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyat hokimi
G'aniyev Shuhrat Madaminovich

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

XUSHXABAR! FARG’ONA VILOYATI “YASHIL” HUDUDDA!

×

 2020-05-14 12:26:25    484

PDF yuklash
Chop etish


Koronavirus... bugun yer yuziga, aniqrog’i millati va kelib chiqishidan qat'iy nazar har bir insonni, mana man degan katta davlatlarni ham sarosimaga tushirib qo’ygan, hali hamon unga qarshi vaksina yoki davolaydigan dori topilmayotgan bir paytda Farg’onada bu “balo” ustidan g’alaba qozonildi.

Bugun 14 may kuni Farg’ona viloyatida davolanayotgan so’ngi bir nafar bemor ham sog’ayib, salomatligini tiklash uchun reabilitatsiyaga kuzatildi. 

2020 yil 15 mart kuni O’zbekistonga kirib kelgan koronavirusga qarshi kurashish borasida mamlakat Prezidenti va hukumat tomonidan ko’rilgan keskin chora-tadbirlar, Jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan ko’rsatilgan barcha tavsiyalar, xitoylik mutaxassislarning viloyatimiz tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda olib borgan sa'y-harakatlari, mazkur soha mutaxassislarining o’z kasbiga bo’lgan mehr-muhabbatlari bularning barchasi o’zining natijasini ko’rsatdi.

Shu o’rinda aytish kerakki, viloyatimiz aholisi va ijro hokimiyatining o’zaro hamkorligi va jipsligi sinovli kunlarda bilindi. Bu bizning, barchamizning koronavirus ustidan g’alabamizga sabab bo’ldi! 

Joriy yilning 13 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida karantin talablarini hushyorlikni oshirgan holda yanada yumshatish, iqtisodiyot tarmoqlarini bosqichma-bosqich ishlatish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig’ilishida belgilab bergan ko’rsatmalariga rioya etgan holda sog’lom turmush tarzini saqlab qolish bugun har birimizga bog’liq ekanligini aslo yoddan chiqarmaslik zarur.

Viloyatda shu paytga qadar 157 nafar bemor sog’aydi. Farg’ona viloyati “Yashil” hududga kirdi.

Ayni paytda mamlakat bo’ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog’ayganlar soni 2077 nafarni tashkil etmoqda.

         

Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati
          Facebook, Telegram, Veb sayt, YouTube