Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MEHNAT ZAFARINGIZ MUBORAK, AZIZ PAXTAKORLAR!

×

 2020-10-02 21:15:01    44

PDF yuklash
Chop etish


Dehqonning har bir kuni ish mashaqqati va mehnat zavqi bilan o’tadi. Ammo, yilda ikki kun borki, uning quvonchi va hayajoni o’zgacha. Biri – yerga urug’ qadagan kuni bo’lsa, yana biri – mehnatining mevasi xirmonga to’plangan palla. Bugun – 2020 yilning 2 oktyabr kuni tumanimiz fermerlari uchun ana shunday quvonchli kun. Omilkor fermerlarimizning ishbilarmonligi, ko’p yillik boy tajribaga ega dehqonlarimizning peshona teri, mehnatsevar pudratchilar va qiyin-qistovli kunlarda ularga yordamga kelgan fidoyi hasharchilarning hamjihatlikdagi harakatlari natijasida 16 700 tonnalik yuksak “oq oltin” xirmoni qad rostladi. YEtishtirilgan paxta hosili yuqori navlarga sotildi.

Albatta, hech bir zafar o’z-o’zidan yoki tasodifiy kelmaydi. Paxtachilikdagi bu mehnat g’alabasi davlatimiz tomonidan yer egalari uchun yaratib berilayotgan sharoitlarning mevasidir. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev boshchiligida bank-moliya sohasi, tabiiy va moddiy resurslar, texnika ta'minoti borasida o’ziga xos tizim yaratilgani fermerlarimizni yanada samarali ishlashga undamoqda.

Joriy yil erta bahordan 5950 gektar maydonga “Namangan 77” va “S-8290” navlardagi chigit qadagan dehqonlarimiz qulay ob-havo sharoiti hamda ekish ishlarining o’z vaqtida, sifatli o’tkazilishi natijasida dalalarda to’liq niholni yaratdilar. YEr bilan tillashadigan dehqonlarimiz g’o’za nihollarini yaganalash, begona o’tlardan tozalash, qator oralariga ishlov berish, sug’orish va sespenziya, oziqlantirish, chilpish, defoltsiya kabi agrotexnik tadbirlarni ham a'lo darajada amalga oshirdilar. Natijada dalalarimizda ko’zni quvontirgulik mo’l hosil yaratildi.

Bu yilgi paxta yig’im-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rildi. Mehnat unumdorligi va ish sifati birinchi navbatda ishchilar uchun yaratilgan qulay ish sharoiti va ularning salomatligi, moddiy va ma'naviy manfaatdorligiga bog’liq. Shu sababli ham joriy yilgi terim mavsumida terimchilarning ijtimoiy muhofazasi, ularga munosib mehnat sharoiti yaratish masalalari katta e'tibor qaratildi.

Tuman bo’yicha 98 ta terim otryadlariga birlashgan fermer xo’jaligi ishchilari, mahallalarning uyushmagan aholisi, fermer xo’jaligi a'zolaridan iborat jami 10 000 nafar terimchilarning qilgan mehnati samarasi sifatida bugungi yuksak xirmon yaratildi.

Terilgan paxtani tayyorlov punktlariga o’z vaqtida yetkazib berishni ta'minlash maqsadida zarur texnika vositalari jalb etildi. Terimda yonilg’i mahsulotlari ta'minotida uzilish bo’lmasligi uchun kerakli darajada zaxira yaratildi. Shuningdek, yonilg’i-moylash mahsulotlarini bevosita dalaning o’ziga yetkazib berish uchun yonilg’i tarqatish agregatlari ishga to’liq shay qilib qo’yildi. Baxtsiz xodisalar sodir bo’lishining oldini olish maqsadida yong’in va texnika xavfsizligi bo’yicha zarur choralar ko’rildi.

Hasharchilarni rag’batlantirish va ruhlantirish maqsadida mavsum davomida ilg’or terimchilarga tuman hokimligi va qator davlat, jamoat tashkilotlarining qimmatbaho sovg’alari berib borildi.

 “Oq oltin”ning har bir tolasi – boylik. U ertaga qayta ishlanib, eksport qilinsa yoki o’zimizda undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilsa, eng avvalo davlatimiz byudjetining yuksalishiga, qolaversa el-yurt farovonligiga hissa bo’lib qo’shiladi. Buni yaxshi tushungan tumanimiz paxtakorlari faqat shartnomani bajarish bilan cheklanib qolmay, daladagi hosilni so’nggi misqoligacha yig’ib-terib olishni niyat qilganlar.

Fursatdan foydalanib, halol mehnatni umrining mazmuni, Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shishni hayotining mazmuni deb bilgan rishtonlik barcha paxtakorlarni, dehqon va fermerlarni, hasharchi va yordamchilarni bugungi yuksak mehnat zafari bilan tabriklaymiz! Halol mehnatingizning rohatini ko’ring, aziz paxtakorlar!

G’alaba muborak, aziz tumandoshlar!

Sufhonjon Soliyev

Rishton tumani hokimi.