Shrift o'lchami Rang Rasm

Telegramm Youtube

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Xayrullo Xayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2020 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA MINGGA YAQIN XOTIN-QIZLARGA HIMOYA ORDERI RASMIYLASHTIRILDI

×

 2020-11-14 14:40:52    80

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligida gender tengligini ta'minlash va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobiga bag’ishlangan matbuot anjumani o’tkazildi.

Tahlil va tanqid ruhida o’tgan ochiq muloqotda xotin-qizlar murojaatlari bilan ishlash, jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy savodxonlik tadbirlari samaradorligini oshirish, mahallalarda tashkil etilgan jamoatchilik kengashlari faoliyatini yaxshilash hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligiga e'tibor qaratildi.

Ta'kidlab o’tilganidek, ayni paytda viloyat hokimi raisligida xotin-qizlar gender tengligini himoya qilish bo’yicha 11 kishidan iborat viloyat komissiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Viloyat hokimligi, 19 ta shahar-tuman hokimliklari huzurida hamda 200 dan ortiq korxona-tashkilotlarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo’yicha maslahat kengashi tashkil etildi.

Shu yilning o’tgan davrida zo’ravonlikka uchragan 914 nafar ayolga himoya orderi rasmiylashtirib berildi. Natijada 260 ta oila yarashtirildi, 504 ta oilaviy nizolar bartaraf etildi hamda 3 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo’llanildi. 1052 nafar og’ir sharoitda yashayotgan xotin-qizlarning turmush farovonligini yaxshilash chora-tadbirlari belgilandi. Tijorat banklari tomonidan 1908 nafar tadbirkor ayollarning biznes-loyihalari uchun 72 mlrd. 244 mln. so’m, xotin-qizlar va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan esa 541 nafar xotin-qizlarga 9 mlrd. 583 mln. so’m miqdorida kredit ajratildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Enaxon Siddiqova, viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Saidmurod Aminjonov, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Dilnoza Ergasheva, bir qator davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hisobotlari bo’yicha savol-javoblar o’tkazilib, kelgusida o’zaro hamkorlikda olib borilishi zarur bo’lgan ishlar kelishib olindi.

Matbuot anjumanida respublika va mahalliy OAV vakillari hamda blogerlarni qiziqtirgan savollarga tegishli mutasaddi idoralar rahbarlarining javoblari tinglandi.

Farg’ona viloyati hokimligi