Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TADBIRKORLAR MANFAATI – DAVLAT HIMOYASIDA

 2017-05-23 11:09:27    81

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 5 may kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakili institutini ta’sis etish to’g’risida”gi Farmonga imzo chekdi.

Farmonga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil ta’sis etilmoqda. Ushbu institut kelgusida tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organlari o’rtasidagi samarali muloqotning yangi mexanizmlarini joriy qilish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan davlat himoyasining qo’shimcha kafolatlarini yaratishga xizmat qiladi. 

Vakil mazkur sohada davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo’llab-quvvatlash vazifalarini bajaradi. Shuningdek, sohadagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro’yobga chiqarilayotganligini o’rganish, ularning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’sirini baholash, tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash vakil faoliyatining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi. 

Vakil Farmonda belgilangan o’z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo’lmagan tarzda amalga oshiradi. U Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda o’z faoliyatida Prezidentga hisobdor hisoblanadi. 

Farmon bilan vakilga o’z vazifalarini bajarishi uchun qator huquq va vakolatlar berilmoqda. Jumladan, u tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish bo’yicha qonunchilikning so’zsiz ijro etilishini o’rganish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlar amalga oshirilishi qonuniyligining monitoringini olib borish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuv holatlarining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilish yuzasidan takliflar kiritish, davlat organlari va tashkilotlaridan o’z vakolatiga kiruvchi masalalar bo’yicha statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so’rash va olish huquqiga ega. 

Shu bilan birga, vakil davlat organlari va boshqa muassasalar mansabdor shaxslarini yozma ravishda ogohlantirishi, ularga aniqlangan qonunbuzilish holatlarini, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to’g’risida taqdimnoma kiritishi mumkinligi ko’zda tutilayapti. Vakil tadbirkorlik sub’ektlari manfaatlarini ko’zlab sudlarga davlat boji to’lamasdan arizalar va da’volar bilan murojaat qilishi, davlat organlarining tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalarini ko’rib chiqish bilan bog’liq yig’ilishlarida ishtirok etishi mumkin. 

Farmonda vakil devoni faoliyati tashkil etilishi belgilanib, uning tuzilmasi tasdiqlandi. Vakil va uning devoni faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zarur tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni hal etish ham nazarda tutilmoqda. 

Ushbu hujjatda, shuningdek, “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil to’g’risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Unda vakil faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari, asosiy printsiplari, uning huquq va majburiyatlari, tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini ko’rib chiqish tartibi, davlat organlari, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o’zaro hamkorlik tartibini belgilash rejalashtirilmoqda. 

Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mamlakatimizda mazkur yangi institutning tashkil etilishi iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishning asosiy omillaridan biri sanaladi hamda tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish doimo davlatimiz e’tiborida ekanligidan dalolat beradi.