Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOSHLAR TARBIYASIDA HAMKORLIK ZARUR

×

 2017-05-23 11:16:33    81

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi hamda viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan “Voyaga etmaganlar o’rtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g’ayriijtimoiy hatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tug’diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash, bartaraf etishda voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha idoralararo komissiyalar, sohaga dahldor idora va tashkilotlarning hamkorligi hamda ular oldida turgan ustuvor vazifalar” mavzusida o’quv-seminar o’tkazildi.

Viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi majlislar zalida bo’lib o’tgan seminarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat boshqarma va tashkilotlarining voyaga etmaganlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodimlari, shahar va tumanlardagi hududiy idoralararo komissiya mas’ul kotiblari  hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminarni viloyat hokimi o’rinbosari Ilhomjon Nosirov ochib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati ustuvor ahamiyat kasb etayotgani, seminardan ko’zlangan maqsad va vazifalar haqida so’z yuritdi.

Shuningdek, seminarda “Mahalla” hayriya jamoat fondi viloyat bo’limi mutaxassisi D.G’ofurova “Milliy qadriyat, urf-odat va an’analar. Oilalarda sog’lom bola tarbiyasi” mavzusida, viloyat hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha mintaqaviy idoralararo komissiya mas’ul kotibi Q.Hasanov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 mart kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2833-sonli qaroridan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar to’g’risida ma’ruza qildilar.

Viloyat ichki ishlar, xalq ta’limi boshqarmalari, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi mas’ul xodimlari ham mavzuga oid ma’ruzalari, axborotlari bilan ishtirok etishdi.

Mazkur seminarda juda ko’plab muhim savollarga javob topdik, – deydi Dang’ara tuman voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha hududiy komissiya mas’ul kotibi Dilshodjon Shokirov. – Voyaga etmaganlar orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda komissiyalarning roli, boshqa dahldor idoralar bilan o’zaro hamkorlik masalalarida fikr almashildi.

Seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javob oldilar. Kelgusida bajarilishi zarur bo’lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.