Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Sektorlar faoliyati

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

ASOSIY STATISTIK AXBOROTLAR

<< Noyabr 2018 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar

Jami murojaatlar: 117
Ko'rib chiqilmoqda: 92 (78.6%)
Javob berilgan: 25 (23.4%)

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 180 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar

Matnda xatolik ko'rdingizmi?

Sichqoncha bilan belgilab

Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizom

 2017-07-28 13:30:55    991

PDF yuklash
Chop etish


 Farg’ona viloyati hokimining

“12” mart 2018 yildagi
№112 sonli farmoyishiga 2-ilova


 

Axborotdan foydalanuvchilarning Farg’ona viloyati hokimligi ochiq majlislarida ishtirok etish tartibi to’g’risidagi

NIZOM

 

Mazkur Nizom “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, axborotdan foydalanuvchilarning Farg’ona viloyat hokimligi ochiq majlislarida hozir bo’lish tartibini belgilaydi.


1-bob. Umumiy qoidalar.

 

1. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (jumladan, viloyat hokimligi)ning faoliyati to’g’risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi hisoblanadi.


2. Mazkur Nizom talablari Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan ochiq majlisda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


3. Farg’ona viloyati hokimligining majlislari ochiq tarzda o’tkaziladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.


4. Farg’ona viloyati hokimligi faoliyatiga oid axborotdan foydalanuvchilarning tanishib chiqishlari uchun binoning hamma kirishi mumkin bo’lgan xonalarida yoki maxsus ajratilgan joylarida ochiq majlislarni o’tkazish rejalari, shu jumladan majlislarning kun tartibi loyihalari, ular o’tkaziladigan sana, joy, vaqt hamda zarur axborotlar axborot stendlari yoki shunday maqsad uchun mo’ljallangan texnik vositalarga majlis o’tkazilishidan kamida uch kun oldin joylashtirilishi shart.


2-bob. Axborotdan foydalanuvchilarning ochiq majlislarda hozir bo’lishi.

 

5. Axborotdan foydalanuvchi Farg’ona viloyati hokimligining majlislarida hozir bo’lishi uchun Farg’ona viloyati hokimligiga so’rov bilan murojaat qiladi. So’rov “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasida belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.

Axborotdan foydalanuvchining identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar ko’rsatilmagan so’rovlar anonim hisoblanadi va ko’rib chiqilmaydi.


6. So’rov kelib tushgan kuni Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan alohida maxsus jurnalda ro’yxatga olinadi va zudlik bilan ko’rib chiqiladi. Mazkur jurnal majlis kotibi tomonidan yuritiladi.


7. So’rovga asosan majlis kotibi axborotdan foydalanuvchini ochiq majlisda ishtirok etuvchilar ro’yxatiga kiritadi hamda bu haqda foydalanuvchiga ma’lum qiladi. Ochiq majlisning o’tkazilish sanasi, vaqti yoki joyi o’zgargan taqdirda, bu haqda foydalanuvchiga ma’lum qilinadi.


8. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisga shaxsini tasdiqlovchi xujjati asosida kiritiladi.


9. Axborotdan foydalanuvchi ochiq majlisga kelmagan taqdirda, majlis kotibi tomonidan bu haqda maxsus jurnalga yozib qo’yiladi.


10. Farg’ona viloyati hokimligi mavjud imkoniyatlaridan hamda axborotdan foydalanuvchilar sonidan kelib chiqib, ochiq majlis o’tkaziladigan zalda axborotdan foydalanuvchilar uchun joy tayyorlanadi. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlis o’tkaziladigan zalga maxsus jurnaldagi qayd etish ketma-ketligi asosida joylashtiriladi.

Axborotdan foydalanuvchilar sonining ko’pligi sababli, ularni ochiq majlis o’tkazilayotgan zalga joylashtirish imkoni bo’lmagan taqdirda, ular majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari mumkin bo’lgan xonaga joylashtiriladi.


11. Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlisning borishini video tasvir orqali moneliksiz kuzatib borishlari uchun ajratilgan xona jihozlab qo’yiladi.


12. Axborotdan foydalanuvchilar ochiq majlis boshlangunga qadar belgilangan joyga etib kelishi, ro’yxatdan o’tishi va belgilangan joyga o’tirishi lozim. Axborotdan foydalanuvchilar raislik qiluvchi tomonidan majlis boshlanganligi e’lon qilingandan so’ng kelgan taqdirda, kechikib kelgan hisoblanadi va ular majlisga qo’yilmaydi.


13. Axborotdan foydalanuvchi Farg’ona viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan ochiq majlisning reglamentida belgilangan tartibda majlisda savollar bilan murojaat qilish huquqiga ega.


14. Axborotdan foydalanuvchi tomonidan majlis davomida majlis kun tartibiga taalluqli bo’lmagan va ushbu majlisda muhokama qilinmagan masalalar bo’yicha fikr-mulohazalar bildirilgan yoki savollar bilan murojaat etilgan taqdirda, unga mazkur masala bo’yicha axborot olish tartibi tushuntiriladi.


15. Axborotdan foydalanuvchi majlis o’tkazilayotgan vaqtda tartibni buzmasligi shart. Axborotdan foydalanuvchi majlis o’tkazilayotgan vaqtda tartibni buzgan taqdirda, raislik qiluvchi tomonidan ogohlantiriladi.

Axborotdan foydalanuvchi tartibni takroran buzgan taqdirda, u raislik qiluvchi tomonidan majlis o’tkazilayotgan zaldan chiqarib yuboriladi. Mazkur holat yuzasidan majlis kotibi dalolatnoma tuzadi va dalolatnoma raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.


16. Axborotdan foydalanuvchilarga ochiq majlisni fotosuratga, video tasvirga olishga, ovoz yozish vositalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.

17. Majlis bayonnomasida ochiq majlisda hozir bo’lgan axborotdan foydalanuvchilarning ishtiroki haqida tegishli ma’lumotlar ko’rsatilishi lozim.


3-bob. Yakuniy qoida

 

18. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2015 yil 25 noyabrdagi 140-mh-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy Nizomga muvofiq ishlab chiqildi.